Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
-§. Ekologiya sohasidagi boshqaruvning iqtisodiy chora-tadbirlari
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-§. Ichki ishlar organlarining ekologiya sohasidagi boshqaruvi va nazorat qilish faoliyatining huquqiy tartibi hamda uni takomillashtirish yo‘llari
- O‘zbekiston Respublikasi IIV devoni
6-§. Ekologiya sohasidagi boshqaruvning iqtisodiy chora-tadbirlari Mamlakatimizda ekologiya sohasidagi boshqaruvni takomillashtirish ko‘proq ekologik-iqtisodiy metodlarni amalga oshirish bilan bog‘liq. Ularga ekologik to‘lovlar, ekologik soliq, ekologik sug‘urta, tabiatni muhofaza qilish tizimidagi rag‘batlantirish kabilar kiradi. Tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar davlat tabiiy resurslardan maxsus foydalanganlik uchun va tabiat ob’ektlarini qayta tiklash hamda muhofaza qilish choralarini qo‘llash maqsadida soliq, ijara va normativ baholar shaklida ulardan foydalanuvchilardan undirib oladigan to‘lovlardir.
Tabiatdan maxsus foydalanganlik uchun to‘lovlar, ularning mohiyati va mazmuni, to‘lash, undirish tartibi hamda boshqa huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 34-moddasida o‘z ifodasini topgan. Atrof-tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik hamda ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini joylashtirganlik uchun to‘lov tabiatni muhofaza qilish jamg‘armasiga kelib tushadi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini pul bilan ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning joylardagi idoralari huzurida tabiatni muhofaza qilish respublika jamg‘armasi hamda mahalliy jamg‘armalari tashkil etiladi. Tabiatni muhofaza56 qilish jamg‘armalarini tuzish va ulardan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilab qo‘yiladi. Tabiatni muhofaza qilish jamoat jamg‘armalari aholining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan, shuningdek, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolarning ajratmalaridan hosil bo‘ladi. Jamoat jamg‘armalarini tashkil etish va sarflash tartibi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan tasdiqlanadigan tabiatni muhofaza qilish jamoat jamg‘armalari to‘g‘risidagi nizomlar bilan belgilab qo‘yiladi. («Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 35-moddasi). O‘zbekiston Respublikasida ekologik soliqlar Soliq kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 1997 yil 26 dekabrda tasdiqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 15 yanvarda 394-tartib raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan «Ekologiya solig‘ini hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi yo‘riqnoma bilan tartibga solinadi. Yo‘riqnomaning 110-moddasiga asosan, tovar ishlab chiqaruvchi, ish bajaruvchi, xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar ekologiya solig‘i to‘lovchilardir. Ekologiya solig‘i bir %li stavka bo‘yicha to‘lanadi. Soliq kodeksining 113-moddasiga binoan, quyidagilar ekologiya solig‘idan ozod qilinadilar: – «Nuroniy» jamg‘armasi va uning korxonalari – bo‘shatib olinayotgan mablag‘lardan jamg‘armaning ustavda belgilangan vazifalarini bajarish uchun foydalangan taqdirda; – ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 % nogironlar bo‘lgan yuridik shaxslar (savdo, vositachilik, ta’minot, sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar bundan mustasno). O‘zbekiston Respublikasida atrof-tabiiy muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslar sifatining yomonlashuvi oqibatida zarar etishi hollarini nazarda tutib, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mol-mulki hamda daromadlari, fuqarolarning hayoti, salomatligi va mol-mulki ixtiyoriy hamda majburiy sug‘urta qilinadi. Ekologiya sug‘urtasining tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yilgan. SHunisi e’tiborga sazovorki, tabiatni muhofaza qilish tizimida rag‘batlantirish katta ahamiyatga ega. «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 37-moddasi aynan shu masalaga bag‘ishlangan. Unga asosan, tabiatdan oqilona57 foydalanish, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishni rag‘batlantirish quyidagilar orqali amalga oshiriladi: – korxona, muassasa, tashkilot va fuqarolar tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirganlari taqdirda ularga soliq to‘lashda imtiyozlar berish; – tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiat muhofazasini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun imtiyozli shartlarda qisqa va uzoq muddatli kreditlar (ssudalar) berish; – asosiy ishlab chiqarish fondlari uchun yuqori amortizatsiya normalari belgilash; – atrof-tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizish hamda chiqindilarni joylashtirish barqaror sur’atda pasaytirib borilgan taqdirda bunday moddalarni chiqarganlik va oqizganlik hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lovlarni kamaytirish; – tabiatni muhofaza qilish jamg‘armalari mablag‘larining bir qismini ifloslantiruvchi moddalar chiqarish va oqizishni kamaytirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va ayrim shaxslarga foizli qarzlar sifatida shartnoma asosida berish. 7-§. Ichki ishlar organlarining ekologiya sohasidagi boshqaruvi va nazorat qilish faoliyatining huquqiy tartibi hamda uni takomillashtirish yo‘llari 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasida «Tabiatni muhofaza qilishdan maqsad: – inson salomatligi uchun, ekologik muvozanatni saqlash uchun, respublikani samarali va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish manfaatlari yo‘lida tabiatdan oqilona va uni ishdan chiqarmaydigan qilib foydalanish uchun qulay shart-sharoit yaratish; – jonli tabiatning turlari va genetik fondi boyligini saqlab qolish; – ekologiya tizimlari, landshaftlar va noyob tabiat ob’ektlari xilma-xilligini saqlab qolish; – ekologiya xavfsizligini ta’minlash; – tabiat ob’ektlari bilan bog‘liq madaniy merosni asrab qolishdir», deb ta’kidlanishi barcha huquqni muhofaza qiluvchi58 organlar qatori ichki ishlar organlari zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida»gi 1997 yil 25 iyun farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi to‘g‘risida»gi qarorida huquqiy va ekologik-huquqiy muammolarni hal etishda ichki ishlar organlarining faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgani va IIV bir qator vazifalarni bajarishi zarurligi ko‘rsatib berilgan. Ekologik muammolarni hal etish va ularning oldini olishda IIVning bir qator bo‘linmalari ijobiy ishlarni amalga oshirib, ekologik qonunlarning bajarilishini ta’minlamoqdalar. Xususan: O‘zbekiston Respublikasi IIV devoni – respublikamizda IIV faoliyatiga oid bir qator buyruqlar, nizom va yo‘riqnomalar qabul qiladi, ularning joylarda amalga oshirilishini ta’minlaydi; mahalliy militsiya nozirlari – mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga ekologik-huquqiy tartib o‘rnatish, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun talablari bajarilishini ta’minlash hamda ekologik-profilaktik huquqiy nazorat ishlarini amalga oshirishga ko‘maklashadilar; sanitariya militsiyasi – aholi punktlari, shahar, qishloq, dam olish, rekratsiya mintaqalari va boshqa jamoat joylarning toza-ligini doimiy nazorat qilish hamda sanepidstansiya, veterinariya xizmati xodimlariga ekologik huquqbuzarliklarning oldini olishda yordam beradi; DYHXX xodimlari – avtotransportdan foydalanganda atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, unga qarshi kurashish hamda avtotransport shovqinlarining normal holatda bo‘lishini ta’minlashga yordam beradilar; militsiya yong‘indan saqlash bo‘limlari – tabiat va xalq xo‘jaligi ob’ektlarining yong‘inga qarshi holatini baholash, tabiat ob’ektlari muhofazasiga ko‘maklashish, yong‘inga qarshi kurashish va uning oldini olish, tabiat ob’ektlarini muhofaza qilish ishlarini amalga oshiradilar; militsiya tergov bo‘linmalari – amaldagi qonunlarimiz asosida ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi59 kurashadilar, ularning oldini olishni va sodir etilgan ekologik huquqbuzarliklarning fosh etilishini ta’minlaydilar; militsiya qo‘riqlash xizmati – o‘zaro kelishuv yoki shartnoma asosida davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan va boshqa muhim tabiiy, tarixiy ekologik ob’ekt hamda komplekslarni qo‘riqlaydilar, muhofaza qiladilar. Ko‘rinib turibdiki, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ichida ichki ishlar organlariga ekologik muammolarni o‘z doirasida hal etishda katta mas’uliyat yuklangan va ularning mazkur sohadagi faoliyati ko‘p qirralidir. Hozirgi amaliyot va tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, ichki ishlar organlari ekologik muammolarni hal qilishda bir qator tadbirlarni amalga oshirishlari zarur. Avvalambor, ichki ishlar organlari o‘z faoliyatlarini to‘la bajarishi uchun huquqiy asosga, tayanch yoki huquqiy manbaga ega bo‘lmog‘i lozim. Qabul qilinishi kutilayotgan O‘zbekiston Respublikasining «Militsiya to‘g‘risida»gi qonuni ana shunday huquqiy manba bo‘lishi mumkin. Bizningcha, tabiatni muhofaza qilish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini yanada takomillashtirish uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: birinchidan, «Militsiya to‘g‘risida»gi qonunni qabul qilish va unda ichki ishlar organlarining ekologik-huquqiy faoliyatiga kengroq e’tibor berish; ikkinchidan, hozirgi ekologik tanglikni inobatga olib, IIBda «Ekolog-militsioner» shtatlarini joriy etish va ularning ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyatini takomillashtirish; uchinchidan, ichki ishlar organlari o‘z ekologik faoliyatlarini yanada yaxshilashlari uchun boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar, prokuratura, sud, adliya, milliy xavfsizlik xizmati, soliq, bojxona va boshqa organlar bilan hamkorliklarini yanada kuchaytirish hamda kengaytirish; to‘rtinchidan, ichki ishlar organlari ekologiya muammolarini hal qilish sohasida Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, «Ekosan» xalqaro jamg‘armasi, «Ekologiya posti» va shu kabi boshqa korxona, muassasa, tashkilotlar bilan yaqindan aloqa qilishi va bu sohadagi muammolarni birgaliqda hal etish; beshinchidan, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzurida tabiatni muhofaza qilish ishini amalga oshiruvchi alohida bo‘linma tuzish va uning huquqiy vakolatini kengaytirish; oltinchidan, ichki ishlar organlari xodimlari aholi, ayniqsa yoshlar, o‘rtasida ekologik-huquqiy suhbatlar, kechalar, 60 uchrashuvlar o‘tkazishi, ularning ekologik-huquqiy madaniyatini yanada oshirishga ko‘maklashishi; ettinchidan, ekologik qonunlar va boshqa tabiatni muhofaza qilishga oid huquqiy hujjatlarni oddiy, ommabop shaklda (tushuntiruvchi sharhlar, savolnomalar, ommabop kitob va boshqa ekologik-agrar huquqiy adabiyotlar) chop etishni kengroq yo‘lga qo‘yish. Xullas, ichki ishlar organlarining tabiatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy tartibga solish va uni takomillashtirish katta ahamiyatga ega. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling