Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
-§. YAgona davlat er fondi, uning tarkibi va ekologik-huquqiy ahamiyati
Download 1.58 Mb.
|
3-§. YAgona davlat er fondi, uning tarkibi va ekologik-huquqiy ahamiyati O‘zbekiston Respublikasining er resurslari boy va o‘ziga xos jihatga ega. Ekologiya huquqida mamlakatimizning er fondi toifalarini o‘rganish ham katta ahamiyat kasb etadi. YAgona davlat er fondi toifalarga bo‘linishining huquqiy holati O‘zbekston Respublikasining Er kodeksida ko‘rsatilgan. Zero, er fondining huquqiy asosi mazkur qonunning 8–10-moddalarida aniq aks etgan. Jumladan, kodeksning 8-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasida er fondi erlardan foydalanishning asosiy maqsadiga ko‘ra quyidagi toifalarga bo‘linadi: 1) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar – qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yoki ana shu maqsadga mo‘ljallangan83
erlar. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar sug‘oriladigan va sug‘orilmaydigan (lalmikor) erlar, haydaladigan erlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko‘p yillik mevali dov-daraxtlar va tokzorlar egallagan erlarga bo‘linadi; 2) aholi punktlarining (shahar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) erlari – shaharlar va posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari doirasidagi erlar; 3) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan erlar – ko‘rsatilgan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan erlar; 4) tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan erlar – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo‘lgan shuningdek ommaviy dam olish va turizm uchun foydalaniladigan erlar; 5) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik erlar – tarixiy madaniy yodgorliklar joylashgan erlar; 6) o‘rmon fondi erlari – o‘rmon bilan qoplangan, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan bo‘lsa ham o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan erlar; 7) suv fondi erlari – suv ob’ektlari, suv xo‘jaligi inshootlari egallagan erlar va suv ob’ektlarining qirg‘oqlari bo‘ylab ajratilgan mintaqadagi erlar; 8) zaxira erlar. Hayotning rivojlanishi va amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, ba’zi hollarda qonunda belgilangan er toifalari boshqasiga o‘tkazilishi ham mumkin. Mazkur holat amaldagi Er kodeksining 9-moddasi talablari asosida hamda talab darajasida belgilab qo‘yilgan huquqiy normalarga to‘la mos kelishi lozim. Erlardan foydalanishning asosiy maqsadi – erlardan er kadastri hujjatlarida aks ettiriladigan aniq maqsadlarni ko‘zlab foydalanishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibi va shartlaridir. Erlarni er fondining bir toifasidan boshqasiga o‘tkazish ulardan asosiy foydalanish maqsadi o‘zgargan taqdirda amalga oshiriladi. Erlarni er fondi toifalariga bo‘lish, bir toifadan boshqasiga o‘tkazish erga egalik qilish va uni foydalanishga berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan amalga oshiriladi. Er fondining toifasi erni egalik qilishga va foydalanishga berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan qabul qilinadigan er uchastkalarini berish to‘g‘risidagi qarorlarda, erga egalik qilish va erdan foydalanish huquqini tasdiqlovchi guvohnomalarda, shartnomalarda, davlat er kadastri84 hujjatlarida, er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olish hujjatlarida ko‘rsatiladi. Erlarni bir toifadan boshqasiga o‘tkazishning belgilangan tartibini buzish bunday o‘tkazish faktlarini g‘ayriqonuniy deb va ular asosida tuzilgan er uchastkalariga doir bitimlarni haqiqiy emas deb topishga, shuningdek er uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatiga olishni rad etishga asos bo‘la oladi. O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksiga asosan, er uchastkasi – er fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda er uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning davlat er kadastrida va davlat ro‘yxatiga olish hujjatlarida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismi. Er uchastkasining chegarasi rejalarda (chizmalarda) qayd etiladi va naturada (joyning o‘zida) belgilanadi. Er uchastkasining maydoni naturada (joyning o‘zida) chegara belgilanganidan keyin aniqlanadi. Er uchastkasi bo‘linadigan va bo‘linmaydigan bo‘lishi mumkin. O‘zining asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan va yong‘inga qarshi, sanitariya, ekologiyaga oid, shaharsozlik hamda boshqa majburiy normalar va qoidalarni buzmagan holda qismlarga bo‘lish mumkin bo‘lgan va bu ish amalga oshirilganidan keyin hosil bo‘lgan qismlarning har biri mustaqil er uchastkasi hisoblanadi. Foydalanish maqsadiga ko‘ra, mustaqil er uchastkalariga bo‘linishi mumkin bo‘lmagan er uchastkasi bo‘linmaydigan er uchastkasi hisoblanadi. YUqoridagi er fondi toifalarining o‘z nomi va foydalanish xususiyatidan ko‘rinib turibdiki, har bir kategoriya er fondi toifasining hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ahamiyati kattadir. Xullas, har bir toifadagi er fondidan qonunda belgilangan tartibda, belgilangan maqsadda oqilona foydalanish va uni huquqiy-ekologik muhofaza qilish zarur. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling