Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet22/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63
Intizomiy-huquqiy javobgarlik – bu er to‘g‘risidagi qonunlarni va ekologik talablarni buzganlik uchun qo‘llanilib, asosan erdan foydalanuvchilarning bajarishi va amalga oshirish lozim bo‘lgan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasligidan kelib chiqadi. Intizomiy-huquqiy javobgarlik korxona rahbari tomonidan qo‘llaniladi. Bu javobgarlik, asosan mehnat qonunlari asosida amalga oshirilib, ko‘proq er boyliklaridan oqilona foydalanish va uning ekologik holatini saqlash paytida mehnat intizomining buzilishi oqibatida vujudga keladi.
Ma’muriy-huquqiy javobgarlik – bu intizomiy javobgarlikka nisbatan og‘irroq bo‘lib, er bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarliklar O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ko‘rsatilgan.
Ushbu qonunga asosan, erdan xo‘jasizlarcha foydalanish, ob’ektlar qurish paytida unumdor qatlamni olmaslik, er maydonlaridan boshqa maqsadlarda foydalanish, erni foydalanishdan chiqarishga, hosildorlikning pasayishiga, tuproqning buzilishi yoki yo‘q bo‘lib ketishiga olib keladigan boshqa harakatlarni sodir etish, shuningdek tanazzulga yuz tutgan106
qishloq xo‘jaligi erlarini konservatsiyalashning belgilangan tartibini buzish – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qishloq xo‘jaligi va boshqa erlarni yaroqsiz holga tushirish, ularni ishlab chiqarish chiqitlari va boshqa chiqindilar, kimyoviy va radioaktiv moddalar hamda oqova suvlar bilan isloflantirish – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan besh baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK, 65-modda).
Er berish tartibini buzish, xuddi shuningdek, fermer va dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yakka tartibda uy-joy qurish va turar joy binosiga xizmat ko‘rsatish, jamoa bog‘dorchiligi va polizchiligi uchun fuqarolarga er berishga to‘sqinlik qilish – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 66-modda).
Vaqtincha egallab turilgan erni o‘z vaqtida qaytarib bermaslik yoki uni o‘z o‘rnida foydalanish uchun yaroqli holga keltirish yuzasidan majburiyatlarni bajarmaslik – eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 67-modda).
Tasdiqlangan er tuzilishi loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsati bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib ob’ektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat er kadastri yuritish qoidalarini buzish, erdan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarni buzib ko‘rsatish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 68-modda).
Egalikdagi va foydalanishdagi erning chegara belgilarini, o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch107
baravaridan besh baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (MJTK 69-modda).
SHuningdek, o‘rmon fondi erlaridan foydalanish qoidalarini buzganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilangan. MJTKning 77-moddasiga ko‘ra: – tegishli ruxsat olmay turib imorat solish, yog‘ochni qayta ishlash, omborlar va boshqa inshootlar qurish maqsadida o‘rmon fondi erlaridagi daraxtni kundakov qilish, o‘rmon fondi erlarida pichanzorlar va yaylovlarni shikastlantirish, o‘zboshimchalik bilan pichan o‘rish va mol boqish, drenaj tizimlarini va yo‘llarni yo‘q qilish yoki shikastlantirish – fuqarolarga eg kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
SHuningdek, erdan, er osti boyliklaridan, suvdan, o‘simlik yoki hayvonot dunyosidan o‘z boshimchalik bilan foydalanish yoxud erga va boshqa tabiiy resurslarga egalik huquqini bevosita yoki yashirin shaklda buzuvchi bitimlar tuzish yoki boshqa harakatlar sodir etish, tabiatdan maxsus foydalanish huquqini boshqalarga berish, xuddi shuningdek er uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish – fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa – o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling