Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


Download 1.58 Mb.
bet18/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar75
1. Ekologik huquqbuzarlik nima va uning qanday turlari mavjud? 2. Ekologik huquqbuzarlik uchun yuridik javobgarlik va uning xususiyatlari haqida gapirib bering. 3. Ekologik huquqbuzarliklar uchun qanday jazo turlari qo‘llaniladi? 4. Ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish yo‘llarini aytib bering. 5. Ichki ishlar organlarining ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish faoliyati haqida ma’lumot bering. 76
MAXSUS QISM
V BOB
ERNI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN FOYDALANISHNING
EKOLOGIK-HUQUQIY HOLATI
1-§. Erdan foydalanishning tarixi va uni ekologik-huquqiy muhofaza qilish Er shunday saxiyki, u o‘z bag‘rida inson uchun zarur bo‘lgan jami ne’matlarni yaratishga qodir. Erga mehr bilan munosabatda bo‘linsa, u ham himmatini ayamaydi. Er – odamzotning hayot manbai. Barcha oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar, foydali qazilmalar uning mahsulidir. Ko‘rinib turibdiki, erning iqtisodiy, ijtimoiy ahamiyati juda katta. SHuning uchun ham ota-bobolarimiz er haqida bir qancha maqollar to‘qigani bejiz emas. «Er – xazina, suv – oltin», «Er to‘q – sen to‘q», «Er to‘ydirar – o‘t kuydirar», «Er-suv – bitmas kon», degan hikmatlar shular jumlasidandir.
Inson ibtidoiy jamiyatdayoq tabiat boyliklaridan, erdan foydalana boshlagan. Quldorlik davriga kelib undan yirtqichlarcha foydalanish kuchaygan, bir qancha joylarda inson bilan tabiat o‘rtasidagi muvozanat buzilgan. Natijada YUnoniston, Kichik Osiyoda (Mesopotamiya, Eron va boshqa joylarda) o‘rmonlar o‘rniga cho‘llar, sahrolar paydo bo‘lgan.
SHu bois ko‘plab davlatlarda erni ekologik-huquqiy muhofaza qilish choralari ko‘rildi. Masalan, Avstraliyadagi qonunlarga ko‘ra, fermer (dehqon)lar erdan unumli foydalanib, tuproq eroziyasiga qarshi chora ko‘rishga majbur. Agar fermer buni bajarmasa, unda erlarning muhofazasi va ularni eroziyadan saqlash ishlarini davlat bajaradi va buning uchun ketgan xarajatlarni fermerdan undirib oladi.
Hindistondagi qonunlarga muvofiq, tuproq eroziyasiga qarshi chora ko‘rmagan dehqonning eri musodara etilib, 10 yildan keyingina qaytarib beriladi. Keyingi 30 yil mobaynida Hindistonda erni suv va shamol eroziyasidan asrash borasida bir qancha yaxshi ishlar amalga oshirildi. Bu erda «Landshaft arxitekturasi kontorasi» va «Tuproq eroziyasi bilan kurash» jamiyatlari tuzilgan. 77
Avstraliyada esa tabiat muhofazasi ishlarini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida Tabiatni muhofaza etuvchi milliy fond tashkil qilingan.
Insoniyat uchun katta hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan tabiat boyliklari, jumladan erdan to‘g‘ri foydalanish, uning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida bir qancha davlatlararo bitimlar tuzilgan.
Butun dunyoda 13,4 mlrd. gektar er mavjud. SHundan 1 mlrd. 457 mln. gektariga (10,8 %) ekin ekiladi, 2 mlrd. 987 mln. gektar (22,3 %) erdan o‘tloq va yaylov sifatida foydalaniladi.
Jahonda eng ko‘p haydaladigan erlar o‘rmon va dasht zonalarida bo‘lib, AQSH, Kanada, Hindiston, Xitoy va Braziliyada joylashgan. Jumladan, bizning respublikamizda ham sug‘oriladigan erlarda asosan paxta, g‘alla ekinlari o‘stiriladi.
Biz ongli mavjudotlarmiz, shuning uchun ham bebaho boyligimiz bo‘lgan erdan oqilona foydalanish, uni e’zozlash, hosildorligini oshirish va ekologik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarishimiz zarur va shart. 1963 yilda AQSH prezidenti A. Linkoln Gomstedlar qonunini chiqardi. Natijada er fermerlarga (dehqonlarga) 67 gektardan bo‘lib berildi. Bugun ham er dehqon qo‘lida. 1949 yildagi Xitoy inqilobidan keyin dehqonlarga 2–3 gektardan er berildi. Bugun Xitoy dehqoni 1 mlrd. 100 mln.dan ortiq aholini boqyapti. Ma’lumki, YAponiyaning er maydoni O‘zbekistonnikidan ancha kichik. Lekin ular 30 mln.li aholini bemalol boqib kelyapti. Bangladeshning maydoni respublikamiznikidan 4,5 marta kichik. Aholisi esa biznikidan 6 marta ortiq, ya’ni 110 mln. Maydoni O‘zbekistonnikidan 4,5 marta kichik bo‘lgan davlat shuncha aholini boqyapti.
Agar masalaning tarixiy tomoniga e’tibor beradigan bo‘lsak, respublikamiz hududida dastlabki obikor dehqonchilik o‘choqlari miloddan avvalgi ikki minginchi yillarda mavjud bo‘lgan. 1925 yilning dekabrida sobiq O‘zbekiston SSR Markaziy ijroiya qo‘mitasining favqulodda sessiyasi respublikaning hamma erida er-suv islohoti o‘tkazish to‘g‘risida dekret qabul qildi. Tabiatni qo‘riqlash borasidagi dastlabki komissiya 1956 yilda tuzildi. 1961 yilda Tabiatni muhofaza qilish jamiyati tashkil etildi.
Sobiq KPSS Markazqo‘mining 1988 yil 7 yanvarda qabul qilgan «Mamlakatda tabiatni muhofaza qilish ishini tubdan qayta qurish to‘g‘risidagi» qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida ham Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tashkil etildi. 78
Respublikada ekologik vaziyat jiddiy keskinlashganligini hisobga olib va tabiatni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish, ekologik qonunlarga va qoidalarga rioya qilishni kuchaytirish, loyiha echimlari, yangi texnika, texnologiya va materiallar ekologiya talablariga javob berishini mustaqil ekspertiza qilishni ta’minlash, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishda mahalliy Sovet idoralari, ilmiy kuchlar, mehnat jamoalari, davlat va jamoat tashkilotlarining kuch-g‘ayratlarini yaxshiroq uyg‘unlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti 1990 yil 20 iyunda O‘zbekiston SSR tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining huquqiy maqomini o‘zgartirish haqida qaror qabul qildi, mazkur qarorda, jumladan shunday deyiladi: 1. «O‘zbekistonda Tabiatni muhofaza qilish davlat komiteti bevosita O‘zbekiston Oliy Sovetiga bo‘ysundirilib, unga tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish masalalari bo‘yicha idoralardan ustun turuvchi boshqaruv organi vakolatlari berilsin. 2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat komiteti har qanday boshqaruv idoralaridan mustaqil suratda o‘z vazifalarini amalga oshiradi va tabiatni muhofaza qilib, tabiiy resurslarni takror hosil qilishning holati va ularni muhofaza qilish uchun hamda bu sohadagi yagona ilmiy-texnikaviy siyosat uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti oldida javobgar bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat komitetining raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti tomondan tasdiqlanadi, komitet raisining o‘rinbosarlari va uning hay’ati a’zolarining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat komiteti taqdimiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti tomonidan tasdiqlanadi».
Ta’kidlash lozimki, tabiatga keyingi 20–30 yil ichida katta zarar etkazildi. Endilikda ekologik tanglikdan darhol qutulishning iloji yo‘q. Respublikamizda tabiat boyliklarini saqlash, nazorat qilish, e’zozlash maqsadida milliy tabiat bog‘larini tashkil etmog‘imiz lozim. Bu borada ijobiy ishlar boshlangan. 1991 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan 570 ming gektar erda Ugom-CHotqol Milliy tabiat bog‘i (Bo‘stonlik tumani bilan Parkent va Ohangaron tumanlarining qisman tog‘li hududlari) tashkil etildi. 79
Keyingi paytlarda er huquqining mazmuni yana ham boyidi.
Bir qator huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Bundan ko‘zlangan maqsad fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilashga yordam berishdir. Respublikamizda er resurslariga alohida e’tibor berish va fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaligini rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 1991 yil 11 yanvarda chiqarilgan «Kolxozchilar, sovxozlarning ishchilari va qishloq joylarda yashovchi boshqa fuqarolarning shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida»gi farmon katta ahamiyatga egadir. Bu farmon asosan sobiq xalq deputatlari tuman, qo‘rg‘on, qishloq va ovul Sovetlari, jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklari rahbarlari 1991 yilning sentyabr oyiga qadar ajratib beriladigan tomorqa uchastkalarini rasmiylashtirish, ulardan oqilona foydalanish yo‘l-yo‘riqlarini belgilab berdi.
Aholinig shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarini kengaytirish davom ettirilmoqda. Ammo bu erlarning hammasini aholiga bo‘lib berish kerak, degan ma’noni bildirmaydi, balki mavjud er maydonlaridan oqilona foydalanish, ularni ko‘z qorachig‘idek saqlash hamda barcha ekologik talablarni bajarishni taqozo qiladi.
SHunday ekan, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson o‘z hayot manbai va makonini, ya’ni ona tabiatni va unumdor tuproqni, zilol suvni, musaffo havoni, shifobaxsh o‘simliklarni o‘rganishi, ularni e’zozlashi, zararli xususiyatlarini bilib, ularga qarshi kurash choralarini izlab topishi, bu boradagi ichki va tashqi omillarga qarshi tinimsiz kurash olib borishlari zarur.
Xullas, mustaqillik har birimizni kasbi korimiz, halol mehnatimiz bilan bir yoqadan bosh chiqarib, respublikamiz tabiatini, er va boshqa resurslarni tejashga, ulardan oqilona foydalanishga, kelajak avlodga qoldirishga undaydi.
Demak, erni ekologik-huquqiy muhofaza qilish deganda – uni asrash, undan oqilona foydalanish va tuproq unumdorligini oshirish, muhofaza qilishning huquqiy tizimi tushuniladi.
Albatta, bular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasining Er kodeksi, «Tabiatni muhofaza qilish», «Er kadastri» hamda er resurslarini ekologik-huquqiy muhofaza qilishga qaratilgan bir qator qonun, farmon, qaror va boshqa qonun osti huquqiy normativ hujjatlar kiradi. 2-§. O‘zbekiston Respublikasining er maydoni, 80

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling