Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet26/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63
Intizomiy-huquqiy javobgarlik mehnat intizomini buzish oqibatida suv resurslaridan oqilona foydalanmagan taqdirda yoki suv to‘g‘risidagi qonun talablari buzilganda paydo bo‘lishi mumkin. Suv va suvdan foydalanish, uni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasiga asosan, xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli: 1) hayfsan; 2) o‘rtacha oylik ish haqining 30 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 50 %dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin.
Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ushbu kodeksning128
164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshriladi; 3) mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari). Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llanishi taqiqlanadi.
Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik esa ko‘proq suv to‘g‘risidagi qonunlarni buzish yoki undan oqilona foydalanmaslik oqibatida keltirilgan yoki etkazilgan zarar natijasida kelib chiqadi.
Jumladan, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuning 114-moddasiga asosan, suvdan foydalanish huquqini boshqaga berish hamda davlatning suvga egalik huquqini oshkora yoki yashirin shaklda buzadigan boshqa xil bitimlar haqiqiy hisoblanmaydi. Mazkur qonuning 116-moddasiga binoan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan suv ob’ektlaridan qonunsiz foydalanish vaqtida qilingan xarajatlar qoplanmagan holda o‘z egasiga qaytarib beriladi.
SHuningdek, «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 117–118-moddalari «Suv to‘g‘risidagi qonunlarni bo‘zish natijasida etkazilgan zararlarni undirish» masalalariga bag‘ishlangan. Ushbu qonunning 117-moddasiga asosan, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, dehqon xo‘jaliklari va fuqarolar suv to‘g‘risidagi qonunlarni buzish natijasida etkazilgan zararlarni qonunlarda belgilangan miqdorda va tartibda qoplashlari shart.
Bundan tashqari, mazkur qonunning 118-moddasida zarar etkazgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlarning moddiy javobgarligiga ham alohida e’tibor berilgan. Jumladan, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zarar xarajatlarini to‘lashda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa xodimlar belgilangan tartibda moddiy javobgar bo‘ladilar.
Ta’kidlash kerakki, suv resurslaridan oqilona foydalanmaganlik, ular to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun deyarli ko‘p hollarda ma’muriy va jinoiy javobgarliklar qo‘llaniladi.
Suv resurslarini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari sifatida ma’muriy-huquqiy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin. Ushbu huquqiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida aniq ko‘rsatilgan. Mazkur kodeksning 72-moddasiga ko‘ra, suvlarni ifloslantirish yoki bulg‘atish, suv to‘plash inshootlarida suvni muhofaza qilish rejimini buzish – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor129
shaxslarga esa – bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Korxonalar, kommunal va boshqa ob’ektlarni suvning ifloslanishi va bulg‘anishi yoki uning zarrali oqibatlari oldini oluvchi inshootlar va qurilmalarsiz foydalanishga topshirish, shuningdek suv ob’ektlarining tabiiy holatini buzuvchi boshqa harakatlar qilish mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Suv quduqlari qazishning belgilangan qoidalari va texnologiyasini buzish, ishlatilayotgan va kuzatuv quduqlarini yo‘q qilib yuborish yoki shikastlantirish, suv o‘zi chiqadigan quduqlarni tartibga soladigan qurilmalar bilan jihozlash, shuningdek ishlatishga yaroqsiz quduqlarni konservatsiyalash yoki yo‘q qilish choralarini ko‘rmaslik, sifatli er osti suvlari hosil bo‘ladigan tegrada er osti suvlarining ifloslanishi yoki ularning sifati yomonlashishi manbai bo‘lib qolishi mumkin bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jalik inshootlari va boshqa ob’ektlarni joylashtirish – fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu moddaning birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Mazkur kodeksning 74-moddasida ham suv resurslaridan foydalanish va uni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan.
Suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish, gidrotexnika ishlarini o‘zboshimchalik bilan bajarish, suvdan foydalanish limitlari va rejalarini buzgan holda suv olish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qo‘rilmalari bo‘lmagan ustki suv manbalaridan suv olishni amalga oshirish – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. 130
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
SHuningdek, ushbu kodeksning 75-moddasida «Suvlarning davlat hisobini yuritish qoidalarini buzganlik» uchun ma’muriy javobgarlik ko‘rsatilgan. Suv ob’ektlaridan olinadigan va ularga quyiladigan suv miqdorining dastlabki hisobini yuritish va oqib kelib qo‘shilayotgan suvlar sifatini aniqlash qoidalarini buzish, shuningdek davlat suv kadastri yuritishning belgilangan tartibini buzish – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Zero, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 76-moddasida «Suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish, ulardan foydalanish qoidalarini buzganlik» uchun ham ma’muriy javobgarlik belgilangan. Jumladan, suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalarini shikastlantirish – eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Suv xo‘jaligi inshootlari va qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida suv va suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzganlik uchun jinoiy-huquqiy javobgarlik ham belgilangan.
Ushbu kodesning 203-moddasiga binoan, suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Keyingi paytlarda suv huquqiy javobgarligini qo‘llash taklif qilinyapti. Unga ko‘ra, suvdan foydalanuvchilar ma’lum paytgacha suvdan foydalanish huquqidan mahrum etilishi mumkin. 131
Xullas, suv manbalarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, ular to‘g‘risidagi qonunlarni o‘z vaqtida bajarish va ularga amal qilish suv bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini oladi va unga qarshi kurashishga yordam beradi. 6-§. Suv resurslaridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining o‘rni va vazifalari Suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining bajaradigan vazifalari ancha katta. Ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasi «Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 4-moddasida ko‘rsatilgan yagona davlat suv fondi: daryolar, ko‘llar, suv omborlari, boshqa er usti suv havzalari va suv manbalari, kanal va hovuzlarning suvlari, er osti suvlari va muzliklarini muhofaza qilish hamda mavjud suv resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlaydi.
Ichki ishlar organlari tizimidagi sanitariya militsiyasi suv resurslarining tozaligini ta’minlash, uni ifloslantirilishini oldini olish va boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.
Ichki ishlar organlari tizimidagi qo‘riqlash (muhofaza) bo‘limlari esa mavjud davlat va alohida ahamiyatga ega bo‘lgan suv ob’ektlarini (masalan suv omborlari) qo‘riqlaydilar. Ichki ishlar organlarining mazkur qo‘riqlash funksiyasi tegishli shartnoma, o‘zaro kelishuv asosida ham olib borilishi mumkin.
SHuningdek, profilaktika nozirlari ham o‘z hududlarida suv ob’ektlarini muhofaza etish, uni ifloslantirmaslik, sanitariya talablariga mosligi va boshqa masalalarga oid tadbirlarni ham olib boradilar.
YUqoridagi barcha holatlar O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1997 yil 15 maydagi 109-sonli «Karantin-qo‘riqlash tadbirlari va sanitariya nazoratini ta’minlovchi militsiya bo‘linmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi va 1999 yil 17 yanvardagi 11-sonli «O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida sanitariya nazorati to‘g‘risidagi» buyrug‘larida o‘z aksini topgan.
Umuman olganda, ichki ishlar organlarining barcha faoliyati «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 19-moddasiga, ya’ni «Suvlar va suv havzalaridan foydalanish132
shartlari»ga to‘liq mos kelishi va amaldagi ekologik qonunlar asosida bajarilishi lozim.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling