Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
-§. O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-§. O‘simliklar dunyosiga oid qonunlarni buzganlik va ulardan noto‘g‘ri foydalanganlik uchun ekologik- huquqiy javobgarlik
6-§. O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari Ekologiya huquqi fanida o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari masalasining yoritilishi nafaqat o‘simliklar dunyosi, balki ona tabiatimizning boshqa boyliklarini ham ko‘z qorachig‘idek asrashga, ulardan oqilona foydalanishga undaydi. Zero, huquq fanining umumnazariy-huquqiy talabi shuni taqozo qiladiki, huquqsiz – burch, burchsiz – huquq bo‘lmaydi. SHunday ekan, o‘simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ularni avaylab-asrab, oqilona foydalanish bir qator huquqlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasiga asosan, o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar quyidagi huquqlarga ega: – o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan ularni berib qo‘yish shartlariga muvofiq foydalanish; – o‘simlik dunyosi ob’ektlarining belgilangan tartibda olingan mahsulotini tasarruf etish; – o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish borasidagi buzilgan huquqlarning tiklanishi va o‘zlariga etkazilgan zararning qoplanishini talab qilish.
Ko‘rinib turibdiki, o‘simliklar dunyosidan foydalanish uchun qonuniy huquq berilgan. Ammo, hayotiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, berilgan huquq va imtiyozlar o‘z vaqtida bajarilmayapti, ularga amal qilish talab darajasida emas. Ana shu maqsadda, yuqoridagi moddaga asosan, o‘simlik dunyosi ob’ektidan foydalanuvchilar bir qator majburiyatlarni ham bajarishlari va ularga amal qilishlari lozim. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar: – o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishlari; – foydalanishga berib qo‘yilgan o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan oqilona foydalanishlari; – o‘simlik dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ularni takror etishtirish chora-tadbirlarini amalga oshirishlari; – o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish joylarida yong‘in xavfsizligiga rioya etishlari va yong‘inga qarshi tadbirlarni amalga oshirishlari, yong‘in chiqqan hollarda uni o‘chirish choralarini ko‘rishlari; – o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanganlik uchun haqni o‘z vaqtida to‘lashlari shart. 171 O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishlari ham mumkin. Xullas, o‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilar qonunda ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishlari, mavjud nabotot olamidan oqilona foydalanishlari va ularni ekologik muhofaza qilish uchun xizmat qilishlari kerak. 7-§. O‘simliklar dunyosiga oid qonunlarni buzganlik va ulardan noto‘g‘ri foydalanganlik uchun ekologik- huquqiy javobgarlik O‘simliklar eng ko‘p zararni odamlardan ko‘radi. SHuning uchun ham er yuzida yo‘qolib ketayotgan yoki nodir o‘simliklar jumlasiga kirgan turlar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Hozirgi kunda o‘simliklarning 25–30 mingga yaqin turi, ya’ni 8–10 % yo‘qolib ketish xavfi ostida turibdi. O‘simliklar turkumi ham jadal sur’atda yo‘qolib bormoqda. Ularning aksariyati faqat qo‘riqxonalar va dam olish maskanlarida saqlanib qolgan. Lekin shuni unutmaslik kerakki, o‘simlik turkumi to‘liq yo‘q bo‘lib ketgandan keyin amalda qayta tiklanmaydi, balki mangu yo‘q bo‘lib ketadi. Bizningcha, buning sababi inson bilan tabiat o‘rtasidagi muvozanatning buzilishi, tabiat boyliklariga, jumladan o‘rmon va o‘simliklarga shafqatsiz muomalada bo‘lish, qolaversa, odamlarning ekologik-huquqiy ma’naviyati va madaniyatining talab darajasida emasligi, profilaktik ishlar etarli darajada olib borilmaganligidadir. O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish, ular to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik va ulardan noto‘g‘ri foydalanganlik uchun ekologik-huquqiy javobgarlik masalasi «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunda aniq ko‘rsatilgan. Uning 28-moddasiga ko‘ra, o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. YUridik va jismoniy shaxslar o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida etkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart. Zararni qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod qilmaydi. 172 Qonunga muvofiq, nabotot olami va shifobaxsh o‘simliklardan noto‘g‘ri foydalanganlik va ular to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun quyidagi javobgarliklar mavjud. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling