8-§. Er osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining vazifalari Er osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilish ichki ishlar organlari faoliyatida alohida o‘rin tutadi.
Zero, ichki ishlar organlari ushbu jarayonda faol ishtirok etib, er osti boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish ishiga katta hissa qo‘shadilar, atrof-tabiiy muhit va er osti boyliklari ifloslanishining oldini oladilar, foydali qazilmalardan o‘zboshimchalik bilan foydalanish, ularni qazib olish hollariga chek qo‘yadilar.
Er osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilishda barcha profilaktika nozirlari (ayniqsa, foydali qazilmalar mavjud joylardagi profilaktika nozirlari), sanitariya militsiyasi, yo‘llar harakatlanish xavfsizligi davlat xizmatining xodimlari, yong‘indan saqlash, qo‘riqlashda xizmatlarining mas’uliyati katta bo‘ladi.
Mazkur bo‘linmalarning oldidagi barcha vazifalar IIVning 1998 yil 10 aprelda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi IIV idoralarining sanitariya nazorati militsiya bo‘linmalari haqidagi nizomida» va «O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi 1999 yil 17 yanvar buyrug‘ida o‘z aksini topgan.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Er osti boyliklarining jamiyat hayotidagi ahamiyati nimada? 2. Er osti boyliklarini huquqiy muhofaza qilish va ulardan foydalanishga qanday talablar qo‘yilgan? 3. Er osti boyliklaridan foydalanish sohasida davlat boshqaruvining mohiyati nimada? 4. Er osti boyliklaridan foydalanish huquqining paydo bo‘lishi va bekor bo‘lish holatlari haqida so‘zlab bering. 5. Er osti boyliklaridan foydalanuvchilarning asosiy huquq va majburiyatlari nimalardan iborat? 6. Er osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun qanday huquqiy javobgarlik choralari nazarda tutilgan? 7. Er osti boyliklarini huquqiy muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining o‘rni va vazifalari haqida so‘zlab bering. 154155
VIII BOB
O‘SIMLIKLAR DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA UNDAN
FOYDALANISHNING EKOLOGIK-HUQUQIY TARTIBI
Do'stlaringiz bilan baham: |