Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet31/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63
Fuqaroviy huquqiy javobgarlik. Er osti boyliklarini ekologik-huquqiy muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishda ushbu javobgarlikning ta’siri katta. Bu javobgarlik O‘zbekiston respublikasi Fuqarolik kodeksining 985-moddasiga binoan, «... etkazilgan zarar, to‘liq miqdorda zarar etkazgan shaxs tomonidan to‘lanishi lozim. Zarar etkazgan shaxs, bu zararning o‘z aybi bilan etkazilmaganligini isbotlasa, zararni to‘lashdan ozod qilinadi.
Agar korxona, muassasa, tashkilot xodimlari er osti boyliklarini qazib olayotgan yoki boshqa ta’mirlash ishlarini olib borayotganda, ya’ni mehnat burchlarini bajarib turgan vaqtlarida ularning aybi bilan etkazilgan zararni to‘lashga majbur bo‘ladilar».
Umuman olganda, er osti boyliklariga, ularning sifati va samaradorligiga, ekologik holatiga etkazilgan zarar, har qanday holatda Fuqarolik qonunlariga asosan javobgarlikning mohiyatini belgilaydi.
Jinoiy-huquqiy javobgarlik – O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga asosan amalga oshiriladi.
Jinoyat kodeksining 197-moddasida er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa – eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravari miqdorida jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘rsatilgan. 152
Umuman olganda, er osti boyliklaridan foydalanish qoidalarini buzish quyidagi harakatlarda ifodalanadi va yuqorida ko‘rsatilgan javobgarliklarga sabab bo‘ladi: a) er osti boyliklarini o‘zaro shartnoma ruxsati yoki maxsus ruxsat etuvchi guvohnomasi bo‘lmagan shaxs tomonidan o‘zboshimchalik bilan ishlatish. Bunday shaxslarga qalbaki guvohnomasi bo‘lgan shaxslar, guvohnomasining muddati o‘tib ketgan shaxslar yoki g‘ayriqonuniy tarzda guvohnoma olgan shaxslar ham kiradilar; b) maxsus ruxsatnomasi bor oltin izlovchi shaxslarning o‘zlariga biriktirilmagan hududlarda er osti boyliklarini izlashlari; v) oltin izlovchi artellarning a’zolari tomonidan o‘zlariga tegishli bo‘lmagan hududlarda er osti boyliklarini izlashlari; g) xususiy shaxslar hamda maxsus ruxsatnomasi bor oltin izlovchi shaxslar tomonidan o‘lja qilish maqsadida er osti boyliklariga ishlov berish qat’iy taqiqlanadi; d) er osti boyliklarida ishlash qoidalarini buzish xarakterlari o‘zi tugallangan jinoyatni bildiradi; e) xususiy shaxslar tomonidan qazilma boyliklari topilganda yashirib qolish va o‘zlashtirish, boshqa oltin qidiruvchilar arteliga yoki boshqa shaxslarga topshirish ham jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Xullas, respublikaimizdagi er osti boyliklaridan oqilona foydalanish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur: 1) O‘zbekistonning mustaqilligini hisobga olib, er osti boyliklarini huquqiy tartibga soladigan huquqiy normalarni «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonun talabi darajasiga moslashtirish va ijrosini ta’minlash; 2) respublikamizda mavjud bo‘lgan har bir er osti manbaini yangidan hisobga olib, ularning geografik xaritasini tuzish; 3) har bir hisobga olingan er osti boyliklarini oqilona tarzda kelajak avlodning yaxshi yashashi uchun xorijiy mamlakatlar AQSH, Angliya, YAponiya, Xitoy, Fransiya, SHveysariya va boshqa mamlakatlarning ilg‘or texnologiyasidan keng foydalangan holda amalga joriy etish; 4) er osti boyliklaridan oqilona foydalanish maqsadida universitetlarning geologiya bo‘limi yoki fakultetida geolog-ekolog mutaxassislar tayyorlash va h. k.
Bundan tashqari, har bir turdagi er osti boyligi boshqa mamlakatlarga sotilayotganda, xalqimizdan ortganigina ayirboshlansa o‘rinli bo‘ladi. 153

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling