Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. O‘rmonlarning inson hayoti va jamiyatdagi ekologik ahamiyati
- 2-§. O‘zbekiston Respublikasining o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlari, ularning ekologik-huquqiy ahamiyati
- 3-§. O‘rmonlardan foydlanish huquqi, sub’ektlari va ob’ektlari
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. Hayvonot dunyosining biosfera va inson xayotidagi ahamiyati nimada? 2. Hayvonot dunyosi qay tariqa huquqiy muhofaza qilinadi? 3. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi nima va uning qanday turlari mavjud? 4. Ov qilishning huquqiy tartibini so‘zlab bering. 5. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi qanday hollarda bekor bo‘ladi? 6. Hayvonot dunyosi to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun qanday yuridik javobgarlik nazarda tutilgan? 7. Ichki ishlar organlarining hayvonot dunyosini muhofaza qilishdagi vazifalarini aytib bering.193
X BOB O‘RMONLARDAN FOYDALANISH VA ULARNI MUHOFAZA QILISHNING EKOLOGIK-HUQUQIY TARTIBI 1-§. O‘rmonlarning inson hayoti va jamiyatdagi ekologik ahamiyati O‘rmon – inson uchun tabiatdagi eng foydali boylik manbai, uning insonga beradigan tuhfalari benihoya katta. U turli-tuman foydali hayvon va parrandalar, yovvoyi meva va zamburug‘lar, qimmatli mo‘ynalar, kasalliklarni davolaydigan o‘t-o‘lanlar armug‘on etadi hamda suv musaffoligi va havoni toza saqlashga, xalq xo‘jaligining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shadi. SHu bilan birga, u havo va tuproq haroratini muvozanatga keltirib turadi, dalalarni quriq, issiq shamollardan himoya qilib, tuproq buzilishining oldini oladi. SHu bois qadimgi Rimning mashhur jamoat arbobi Sitseron: «O‘rmonlarni yo‘qotuvchi kishilar jamiyatimizning dushmanidir», – degan edi. Keyingi paytlarda insoniyatning yashash shart-sharoitini yaxshilash uchun o‘rmonlar ayovsiz qirqiladigan bo‘ldi. Mana shu tufayli o‘rmonlarning bir qismi kesilib, 2 ming yil ichida 0,5 mlrd. gektar erda o‘rmon o‘rnida cho‘llar paydo bo‘ldi! SHuning uchun ham o‘z vaqtida A. Gumboldt: «Insondan avval o‘rmon bo‘lgan, odam o‘zi bilan cho‘l keltiradi», – deb bejizga aytmagan. O‘rmon boyliklari bitmas xazina. Misol uchun faqat yog‘ochning o‘zidan 20 mingdan ortiq turli xil materiallar va moddalar olinar ekan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bir kub metr yog‘ochdan 1,5 ming metr sun’iy ipak yoki 600 ta trikotaj kostyum yoxud 200 kilogramm qog‘oz olinar ekan. Ko‘rinib turibdiki, o‘rmon har tomonlama inson ehtiyojini qondirish uchun xizmat qiladigan, odamlarni va erni boqadigan, kiyintiradigan, davolaydigan ham tashnaligini qoidiradigan asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. SHuning uchun ham turk og‘alarimizning «serdaraxt qishloqda bemor kam bo‘ladi», degan maqolini eslashimiz zarur. Demak, inson hayoti tashqi muhit bilan chambarchas bog‘liq. U tashqi muhitning barcha omillari, tabiat va jamiyatning har tomonlama o‘zaro kompleks ta’siri ostida yashaydi.194 Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino: «Odamning salomatligi tashqi muhit sharoiti bilan chambarchas bog‘liq», – deb yozgan edi. SHuning uchun ham inson hayoti barqaror va sog‘lom kechishi uchun tabiatning asosiy omillari bo‘lgan er, suv, o‘rmon, er osti boyliklari, havo va erning yashil qoplami ma’lum mutanosiblikda saqlanishi zarur. Bu masalaga e’tibor berib, taniqli rus adibi S. P. Kostichev: «Agar yashil dunyo o‘z faoliyatini bir necha yil to‘xtasa, er sharida butun jonli maxluq, shu jumladan, inson ham halok bo‘lur edi», – deb yozgandi. «YAshil dunyo» inson hayoti uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi chuqurroq anglash maqsadida ayrim misollarga murojat qilaylik. YOzda bir o‘rmon bir kecha-kunduz davomida 220–275 kilogramm karbonat angidrid gazini yutib, 180–215 kilogramm kislorodni ajratadi. Bu miqdor 430–500 kishini o‘n soat davomida kislorod bilan ta’minlashga etadi. To‘rtta daraxt bir kishining bir kecha-kunduzda kislorodga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladi. YAna bir qiziqarli misolga e’tibor beraylik. Katta shahar sharoitida bir kub metr havoda 25 gramm chang, 36 ming bakteriya va boshqa moddalar mavjudligi aniqlangan. Olimlarimizning hisobiga ko‘ra, bir gektar qoraqarag‘ay daraxtzori 36 tonnagacha chang va boshqa moddalarni o‘zida saqlab qoladi. Bir gektar yosh qarag‘ay daraxtzori bir soatda o‘zidan 0,154 kg dan 0,392 kilogrammgacha uchuvchi fitonsid ajratadi yoki bir gektar o‘rmon 30 kilogrammgacha fitonsid ishlab chiqaradi. SHuning uchun ham o‘rmon havosi toza bo‘ladi. YAltalik olima M. N. Artemeva bir gektar bargli daraxtzor bir sutkada 2 kilogramm, ninabargli o‘simliklar esa 5 kilogrammgacha uchuvchi organik aralashma chiqarishini aniqlagan. Daraxtdan chiquvchi uchuvchi fitonsidlar ob-havodagi har xil zaharli mikroblarni o‘ldiradi. Bundan tashqari, yashil o‘simlik inson uchun zarur bo‘lgan kislorod manbaidir. Kislorodsiz tirik organizm yashay olmaydi. Bir odam o‘rta hisobda bir kecha-kunduzda 500 litr kislorod yutishi aniqlangan. Er kurrasida yashil o‘simliklar har yili 500 mlrd. tonna karbonad angidrid gazini yutib, 400 mlrd. tonna kislorod ishlab chiqaradi. Bir gektar maydondagi o‘rmon 3–6 tonna is gazini yutib, 245 tonnagacha kislorod ishlab chiqaradi. O‘rta yoshdagi bir daraxt ishlab chiqargan kislorod 3 odamga bir umrga etadi. Zararli hasharotlarga qirg‘in keltiradigan foydali hashoratlar o‘rmon va daraxtzorlarda odatdagidan ikki barobar ko‘p yashaydi. Er yuzidagi o‘rmonlarning umumiy maydoni 4100 mln. gektar atrofida, ya’ni bu quruqlikning 31 % dan salgina oshadi. 195 O‘rmonlardagi yog‘ochning miqdori 130–140 mlrd. metr kub. Mamlakatning o‘rmon bilan ta’minlanganlik darajasini aholi jon boshiga to‘g‘ri keluvchi o‘rmon maydoni juda yaxshi ko‘rsatadi. Albatta, bu jihatdan Kanada eng oldingi o‘rinda turadi. Kanadada jon boshiga 24,0; Norvegiyada – 2; Evropaning ko‘pchilik davlatlarida – 0,1–0,4 gektardan o‘rmon to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda o‘rmonlar maydoni 712,8 ming gektar bo‘lib, har bir kishiga 0,04 gektardan o‘rmon to‘g‘ri keladi. Biz o‘rmonga boymiz-u, lekin u kundan-kunga insonning jabriga uchramoqda, kamayib ketmoqda. Keyingi 100 yil ichida AQSHda 540 ming gektardan ortiq o‘rmon kesilgan. Madagaskarda mustamlakachilik davrida o‘rmonlarning 90 % qirqilgan. Asrimiz boshida Kuba xududining yarmidan ortig‘i o‘rmon edi, hozir esa o‘rmonlar mamlakat maydonining atigi 8 % ni tashkil etadi. Hozirgi paytda yashil boyliklarni muhofaza qilish va yangi yashil zonalar barpo etish ishi bilan 100 dan ortiq o‘rmon xo‘jaligi shug‘ullanmoqda. Endilikda bu tadbir har bir korxona, muassasa, tashkilot va fuqaroning burchi bo‘lmog‘i lozim. Tabiat shu qadar nozikki, katta shaharning kislorod muvozanatini saqlab turish uchun 1 kishiga 25 kvadrat metr yashil maydon bo‘lishi talab qilinadi. Daraxt va buta barglari, ko‘katlar shahar osmonidagi changning 72 %ni ushlab qoladi. To‘g‘ri tanlanib o‘tqazilgan daraxt va butazorlar shahar shovqinini ancha pasaytiradi. SHuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirgi paytda O‘zbekistonda o‘rmon resurslarini saqlab qolish va ko‘paytirish tobora keskinlashmoqda. Daraxtlar qoniqarsiz parvarish qilinayotganligi, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi etarli kurash olib borilmayotgani oqibatida o‘rmon xo‘jaligi korxonalari ishining samaradorligi pasayib ketmoqda. SHunisi ajablanarliki, xalq xo‘jaligida ishlatiladigan, o‘rmondan tayyorlanadigan yog‘och mahsuloti yiliga 370–410 mln. kub metrni tashkil etadi. O‘rmon nafaqat koni foyda, balki «O‘rmon – suv demakdir, suv esa hosil va hayot manbai», deb baholandi 1954 yil Hindistonda o‘tkazilgan o‘rmonshunoslar kongressida. Ko‘rinib turibdiki, o‘rmon tabiatning buyuk boyligi, u suv, er resurslarini saqlashda, butun hayvonot va nabotot dunyosini kamayib ketishining oldini olishda, atrof muhitni yaxshilashda, dadil aytish mumkinki, er yuzidagi butun turmushni sog‘lomlashtirishda, ekologik holat buzilishining oldini olishda juda katta o‘rin tutadi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, mamlakatimiz o‘rmon fondining umumiy maydoni 9 147 275 gektarni tashkil etadi. Jumladan, shu maydonning 3 002 541 ming gektari o‘rmon bilan196 qoplangan bo‘lib, unda 12 mln. kub metr yog‘och zaxirasi mavjud. Respublikamiz hududining 5,1 %ni daraxtzarlar tashkil etib, u har bir kishi boshiga 0,1 gektarga to‘g‘ri keladi. Respublikamizda jami 90 ta o‘rmon xo‘jaligi korxonasi mavjud bo‘lib, bulardan 72 tasi o‘rmon xo‘jaligi, 6 tasi davlat qo‘riqxonasi, 2 tasi dorivor va ozuqa o‘simliklari o‘stirish va qadoqlashga ixtisoslashgan xo‘jalik, 2 tasi o‘rmon ovchilik xo‘jaligi, 2 tasi Zomin va Ugom-CHotqol milliy istirohat bog‘lari va 2 tasi xo‘jalik hisobidagi o‘rmon uchastkalari, 1 ta ixtisoslashtirilgan o‘rmon xo‘jaligi, 2 ta bosh o‘rmon korxonasi va 1 tasi ishlab chiqarish o‘quv markazidir1. O‘rmonlar katta ahamiyatga egaligi, ularni o‘stirish uzoq muddat talab etishini inobatga olib, o‘rmon boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni asrash, ko‘paytirish ishiga umumdavlat ishi sifatida qarash shart. 2-§. O‘zbekiston Respublikasining o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlari, ularning ekologik-huquqiy ahamiyati O‘rmon to‘g‘risidagi barcha qonunlar fuqarolarimizning o‘rmon boyliklaridan ilmiy asoslangan holda kompleks foydalanishiga, ularni rejali ravishda uzluksiz ko‘paytirishga, bugungi kun va kelajak avlodlarning manfaatlari yo‘lida samarali muhofaza qilishga, o‘rmon boyliklarini tejab-tergab, oqilona, vijdonan munosabatda bo‘lish uchun yuksak mas’uliyat ruhida tarbiyalashga xizmat qilmog‘i lozim. 1978 yil 26 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining «O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarini muhofaza qilishni yanada yaxshilash choralari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilingan edi. Bu qarorning asosiy mohiyati o‘rmon boyliklarini har tomonlama muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish, o‘rmon xo‘jaligi yuritish madaniyatini yaxshilash, o‘rmonlarni ko‘paytirib borish, qo‘riqlash va himoya qilishni kuchaytirish maqsadida O‘rmon kodeksini tezda tasdiqlashga qaratildi. Bu qonun 1978 yil 26 iyulda qabul qilinib, unda «O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon to‘g‘risidagi kodeksi» 1979 yil 1 yanvardan boshlab kuchga kiritilishi ko‘rsatilgan edi. Ushbu qonun VII bo‘lim 136 moddadan iborat bo‘lib, tarixiy nuqtai nazardan o‘rmon boyliklarining asosiy huquqiy manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 1 O‘zbekiston Respublikasi davlat o‘rmon qo‘mitasining 1998 yil hisobot hujjatlari. Delo №1. 1999 y. 197 Albatta, o‘rmon boyliklarini huquqiy muhofaza qilish maqsadida yana juda ko‘plab qarorlar qabul qilingan. Lekin biz hozirgi kun talabi asosida yangi vazifalar qo‘ygan qarorlarni ta’kidlab, boshqalariga keyingi paragraflarimizda e’tibor beramiz. O‘rmonlarni ko‘paytirish masalasi har doim dolzarb mavzu bo‘lib kelgan. Sobiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti o‘zining 1987 yil 26 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasida har yili o‘rmonlar va bog‘lar barpo etish ikki oyligini o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorida bunga alohida e’tibor berdi. Qarorda ko‘kalamzorlashtirish, daraxtzor maydonlarni kengaytirish, ularni eson-omon o‘stirish uchun O‘zbekistonning juda boy tabiiy imkoniyatlaridan etarlicha foydalanilmayotgaligi ta’kidlandi. SHunisi e’tiborliki, mustaqillik davrida barcha o‘rmon boyliklari bilan bog‘liq masalalarni yanada yaxshilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi haqidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu huquqiy hujjatda tabiatning holati, fuqarolarning eson-omonligi va sihat-salomatligi, birlashmalar, korxona va tashkilotlarning tabiatni muhofaza qilish tartib-qoidalariga rioya qilishlariga alohida e’tibor berish kerakligi uqtirib o‘tilgan. Sobiq Ittifoq davrida qabul qilingan bir qator huquqiy hujjat va olib borilgan ilmiy izlanishlar hozirgi davr talabiga javob bermay qoldi. Endilikda o‘rmon boyliklariga munosabat butunlay boshqacha bo‘lishi va mustaqil O‘zbekiston Respublikasi xususiyatlaridan kelib chiqishni taqozo qilmoqda. SHuning uchun ham hayot olimlarimizdan yangi zamon talabi asosidagi ilmiy ishlarni olib borishni, o‘rmon to‘g‘risida yangi qonunlar qabul qilishni taqozo qilmoqda. Nihoyat, 1999 yil 15 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi. U 43 moddadan iborat bo‘lib, ixcham, shuningdek, o‘rmon bilan bog‘liq muammolarni aniq o‘z ichiga olgan huquqiy manba bo‘lib hisoblanadi. O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu qonun hamda boshqa huquqiy normativ qonun osti hujjatlardan iborat. Er, suv, er osti boyliklari va hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq hamda o‘rmonlardan foydalanish sohasidagi munosabatlar tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 198 Qorakalpog‘iston Respublikasida o‘rmonga oid munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish, takroriy ko‘paytirishni ta’minlash hamda o‘rmonlar mahsuldorligini oshirish maqsadida, o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishdan iborat. O‘rmonlar asosan ekologik (suvni muhofaza qilish, qo‘riqlash, sanitariya-gigiena, sog‘lomlashtirish, rekreatsion), estetik va boshqa vazifalarni bajaradi, cheklangan darajadagi foydalanish ahamiyatiga ega. SHunday ekan, qabul qilingan «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonunning ahamiyati va uning quyidagi ekologik-huquqiy xususiyatlarini ta’kidlash mumkin: 1) «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonun O‘zbekiston Respublikasi xalqi hayoti, faoliyati va faravonligining asosi sifatida o‘rmondan oqilona foydalanish va uni huquqiy muhofaza qilish imkonini yaratdi; 2) o‘rmon boyliklariga nisbatan mulkchilik belgilandi, hamma o‘rmonlar davlat mulki – umumilliy boylik ekanligi ta’kidlanib, ulardan oqilona foydalanish tartibi ham belgilandi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi talablarini o‘zida mustahkamladi; 3) yangi ijtimoiy tuzum, bozor munosabatlarini mustahkamlash uchun yangi huquqiy zamin tayyorlab, o‘rmon sohasida alohida, ekologik tiklash, kupaytirish, muhofaza etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi; 4) qonun mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ekologik hayotida sodir bo‘lgan o‘zgarishlarni, ayniqsa agrar va ekologiya sohadagi islohotlarni, yanada chuqurlashtirishga asosiy huquqiy manba bo‘ldi; 5) 1978 yil 26 iyulda qabul qilingan O‘rmon to‘g‘risidagi kodeksdan batamom farq qilib, hozirgi sharoitdagi o‘rmonlardan foydalanish va uni huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha muammolarni o‘zida to‘laroq aks ettirdi; 6) yangi talab va bozor iqtisodiyoti sharoitda qabul qilingan ekologik va agrar qonunlar: «Tabiatni muhofaza qilish», «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar», «Suv va suvda foydalanish», «Er osti boyliklari», «Atmosfera havosini199 muhofaza qilish», «Hayvonot va o‘simliklar dunyosidan foydalanish va ularni muhofaza qilish», Er kodeksi kabi qonun hujjatlarini qo‘llash va ular bilan hamohang tabiat boyliklarini asrashga xizmat qiladigan bo‘ldi; 7) ushbu qonunning eng muhim jihati uzoqni, ya’ni XXI asr ekologik muammolarini o‘zida aks ettirganligi va barqarorligidir. Mazkur qonunning ahamiyati uning norma va prinsiplari uzoq muddatni hisobga olib qabul qilinganligidir. 3-§. O‘rmonlardan foydlanish huquqi, sub’ektlari va ob’ektlari O‘rmonlardan foydalanish huquqi tushunchasi ilmiy kategoriya bo‘lib, «o‘rmon fondi», «o‘rmon fondi erlari», «o‘simlik dunyosi» kabi bir qator tushunchalarning yuridik ma’nosi va mohiyatini, ularning o‘zaro munosabatini aks ettiradi. O‘rmon – tabiiy yoki sun’iy ravishda o‘rmon fondiga kiradigan, davlat tomonidan muhofaza etiladigan, tabiatdagi mavjud ekologik vaziyatni normallashtirib, bu muammolarni oldini oladigan va cheklangan darajadagi foydalanish ahamiyatiga ega bo‘lgan, o‘simlik, butazor, daraxtlar va boshqa tabiat ob’ektlarini o‘zida qamrab olgan yashil qatlam. O‘rmonlardan foydalanish huquqi o‘rmonlardan foydalanish turlari bilan ham bog‘liq. O‘rmon to‘g‘risidagi qonunning 25-moddasiga asosan, o‘rmonlardan foydalanish turlari quyidagilardan iborat: – daraxtzorlar va butazorlarni kesish; – o‘rmonlardan qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklarning dorivor xomashyosini tayyorlash (yig‘ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash (yig‘ish); – davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish; – davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish; – davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish. Qonun hujjatlarida o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin.Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga foydalanishga beriladi. 200 O‘rmondan foydalanish uchun haq to‘lanadi, ushbu qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. To‘lovlar miqdori va ularni undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. O‘rmondan foydalanish doimiy va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. O‘rmon fondi erlari doimiy egalik qilishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rmondan doimiy foydalanuvchilardir. O‘rmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli – uch yilgacha va uzoq muddatli – o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin (19-modda). Demak, o‘rmondan foydalanish huquqi sub’ekti bo‘lib, o‘rmondan foydalanish huquq layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar hisoblanadi. O‘rmondan foydalanish huquqining ob’ekti bo‘lib esa, o‘rmonlar, o‘simliklar dunyosi va nabotot olami hamda o‘rmon bilan ekologik bog‘liq bo‘lgan ob’ektlar kiradi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling