Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati va xususiyatlari
- 2-§. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi va uning turlari
- 3-§. Ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish
- 4-§. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqining bekor bo‘lish asoslari
- 5-§. Hayvonot dunyosini muhofaza qilishning ekologik-huquqiy chora-tadbirlari
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. O‘simliklar dunyosini ekologik-huquqiy muhofaza qilishning ahamiyati nimada? 2. O‘simliklar dunyosi inson hayotida qanday o‘rin tutadi? 3. O‘simliklar dunyosidan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat boshqaruvining mohiyati nimada? 4. O‘simliklar dunyosidan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati nima? 5. O‘simlik dunyosi ob’ektlaridan foydalanish huquqining paydo bo‘lishi va bekor bo‘lish holatlari qanday? 6. O‘simliklar dunyosi ob’ektlaridan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlarini sanab bering. 7. O‘simliklar dunyosiga oid qonunlarni buzganlik uchun qanday yuridik javobgarlik nazarda tutilgan? 8. Ichki ishlar organlarining o‘simliklar dunyosini muhofaza qilishdagi vazifalari nimalardan iborat?177
IX BOB HAYVONOT DUNYOSINI MUHOFAZA QILISH VA ULARDAN FOYDALANISHNING EKOLOGIK-HUQUQIY HOLATI 1-§. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanishning huquqiy holati va xususiyatlari Hayvonot dunyosi tabiat boyliklarining bir qismi bo‘lib, jamiyatda va inson hayotida katta ekologik ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosi iqtisodiy ahamiyati nuqtai nazaridan muhim tabiiy resurs, oziq-ovqat mahsuloti, sanoatbop, texnikaviy va dorivor xomashyo va boshqa moddiy boyliklar olish manbai ekanligi ma’lum. SHuning uchun ham uni ekologik-huquqiy muhofaza qilish juda zarurdir. Bu ishda qonunlarimiz O‘zbekiston fuqarolarini hayvonot dunyosiga insoniy munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga, bu bebaho dunyoni muhofaza qilish hamda undan samarali va oqilona foydalanishga qaratilgan bo‘lmog‘i lozim. CHunki hayvonlarning O‘zbekiston faunasiga xos bo‘lgan talaygina turlari yo‘qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari (qulon, turon yo‘lbarsi, ola-bula sirtlon va boshqalari) esa butunlay yo‘qolib ketdi. SHu boisdan ham noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlarni ekologik-huquqiy asosda muhofaza qilish katta ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosi er yuzining hamma joylarida mavjud. Quruqlikda yashovchi hayvonlar jami hayvonot turining 93 %ni, suv hayvonlari esa 7 % ni tashkil etadi. Umuman olganda, er yuzida yashovchi hayvonlar turi o‘simliklarga qaraganda 4 baravar ko‘p bo‘lib, taxminan 2 mln. dan ortiqroqdir. SHuni alohida qayd etish lozimki, butun jonivorlarning 75 % hasharotlardir. Hasharotlardan keyin malyuskalar (8,8 % ), ulardan keyin jamiki umurtqalilar turadi (qushlar, baliqlar, quruqlikda va suvda yashovchilar, sut emizuvchilar). Umurtqalilarning 35600 turi mavjud bo‘lib, ularning yarmi baliqlardir. Sut emizuvchilar esa umurtqalilarning 0,1 % ni tashkil etadi. Ma’lumotlarga ko‘ra, keyingi 100–150 yil mobaynida hayvonlarning ko‘plab turlari yo‘q bo‘lib ketdi. Masalan, 1800 178 yilgacha sut emizuvchilarning 33 turi, qushlarning 30 turi yo‘q qilingan bo‘lsa, undan keyingi 100 yilda 73 turdagi sut emizuvchilar, 120 turdagi qushlar batamom yo‘qolgan. Keyingi 50 yilda esa hayvonot dunyosining undan ham ko‘prog‘i yo‘q qilib yuborilgan. Markaziy Osiyo hududi o‘z hayvonot va o‘simlik olamining xilma-xilligi, boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, O‘zbekistonda 650 dan ortiq turdagi umurtqali hayvonlar, shu jumladan sut emizuvchilarning 99 turi, qushlarning 410 turi, sudralib yuruvchilarning 57 turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 3 turi uchraydi. Ammo shunisi achinarliki, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga umurtqali hayvonlarning nodir va yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan 63 ta turi kiritilgan bo‘lib, ular orasida 22 ta turdagi sut emizuvchi hayvonlar, 31 turdagi qushlar, 5 turdagi sudralab yuruvchi hayvonlar va 5 turdagi baliqlar bor. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, iqtisodiy, ekologik, geografik va milliy xususiyatlar hisobga olinib, bir qator yangi qonunlar qabul qilindi. SHuni ta’kidlash joizki, hayvonot dunyosini muhofaza qilish tabiatning barcha ob’ektlari, boyliklarining ma’lum mutanosiblikda saqlanishi bilan bog‘liq. Oliy Majlisning qabul qilgan «Tabiatni muhofaza qilish» (1992 y.), «Suv va suvdan foydalanish» (1993 y.), «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar» (1993 y.), «Er osti boyliklari to‘g‘risida» (yangi tahriri 2002 y.), «Atmosfera havosini muhofaza qilish» (1996 y.), «O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish» (1997 y .), «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish» (1997 y.), Er kodeksi (1998 y.), «O‘rmon to‘g‘risida» (1999 y .), «Ekologik ekspertiza» (2000 y.), «CHiqindilar to‘g‘risida»gi (2002 y.) va boshqa bir qator qonunlar respublikamizda ekologik holatni yaxshilashga xizmat qilmoqda. Jumladan, respublikamizdagi mavjud hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997 yil 26 dekabrdagi sessiyasida qabul qilingan «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni katta ahamiyatga ega. Ushbu qonun quruqlikda, suvda, atmosferada va tuproqda tabiiy erkin holatda yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yoki vaqtincha turadigan yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, ilmiy yoki tabiatni muhofaza qilish maqsadida yarim erkin sharoitda yoki sun’iy yaratilgan yashash muhitida179 boqilayotgan hayvonot dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifasi, hayvonot dunyosining yashash sharoitlarini ta’minlash, ularning xilma-xil turlari hamda tabiiy galalari butligini saqlash maqsadida hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish, uni tiklash va takror etishtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 3-moddasida hayvonot dunyosiga nisbatan mulkdorlik masalasi ko‘rsatilgan, unga asosan, hayvonot dunyosi davlat mulki – umummilliy boylik bo‘lib, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi. SHunday ekan, hayvonot dunyosi ob’ektlariga nimalar kirishini bilib olish zarur. Ushbu qonunning 4-moddasida ko‘rsatilishicha, hayvonot dunyosi ob’ektlari quyidagilardan iborat: – kelib chiqishi hayvonlarga mansub bo‘lgan organizmlar – sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchi hayvonlar, ham quruqlikda, ham suvda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umurtqasizlar va ularning populyasiyalari; – yovvoyi hayvonlardan tashkil topadigan tabiiy hayvon galalari yoki ularning har qanday to‘dalari; – yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo‘qolib ketish xavfi ostida bo‘lgan turlari; – yovvoyi hayvonlar yashash faoliyatining mahsulotlari. Ta’kidlash o‘rinliki, amaliyotda har doim ham hayvonot dunyosini muhofaza qilishga, undan oqilona foydalanishga e’tibor berilmaydi. SHuning uchun ham, qonunning 30-moddasiga binoan, hayvonot dunyosini muhofaza qilish borasida quyidagi tadbirlarini amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: – hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takror etishtirish qoidalari va normalarini belgilash; 180 – hayvonot dunyosidan foydalanishda cheklashlar va taqiqlar belgilash; – hayvonot dunyosidan o‘zboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzilishlarining oldini olish; – hayvonlarning yashash muhiti, ularning urchish shart-sharoitlari va ko‘chib yurish yo‘llari muhofaza qilinishini tashkil etish; – xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish paytida hayvonlar nobud bo‘lishining oldini olish; – alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish; – kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini tutqunlikda urchitish; – hayvonlar kasalikka chalinganda, tabiiy ofatlar va boshqa sabablar oqibatida nobud bo‘lishi xavfi tug‘ilganda ularga yordam berish; – hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlarini asoslashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish; – hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha boshqa tadbirlarni o‘tkazish. Hayvonot dunyosidan foydalanuvchi sub’ektlar – yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar hamda jamoat birlashmalari hayvonot dunyosini hamda uning yashash muhitini muhofaza qilish sohasiga oid huquq va majburiyatlarni amalga oshirishlari zarur. Jumladan, fuqarolar va jamoat birlashmalari: – hayvonot dunyosini va uning yashash muhitini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar; – hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini ruyobga chiqarilishiga ko‘maklashadilar; – ekologiya sohasida jamoatchilik ekspertizasini o‘tkazadilar; – jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar; – hayvonot dunyosini muhofaza qilish sohasidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oladilar; – hayvonot dunyosi va uning yashash muhitiga etkazilgan zararni qoplash masalasini qo‘yadilar; – qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlarni amalga oshiradilar. SHu bilan birga, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvini olib borilishi ham katta ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va181 undan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ularning vakolatlari doirasida amalga oshiriladi. Zero, hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish ushbu muammo bilan bog‘liq ko‘pgina masalalarni hal etishga yordam beradi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoatchilik nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. 2-§. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi va uning turlari Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi, hayvonot dunyosidan foydalanuvchilarning qonuniy huquq va majburiyatlarini amalga oshirishlari, unga amal qilishlari, undan davlat mulki sifatida oqilona foydalanishlari va davlat tomonidan muhofaza qilish ishlariga bo‘lgan munosabatlari tushuniladi. Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishi mumkin. Ular hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish borasida o‘zlariga tegishli huquqni qonun hujjatlarida belgilangan shartlar va tartibda amalga oshirishlari lozim. Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan foydalanish umumiy va maxsus foydalanish tartibida amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan umumiy foydalanish jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bepul amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosi ob’ektlaridan maxsus foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladigan ruxsatnoma asosida haq evaziga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar qonunda ko‘rsatilgan huquq va majburiyatlarini talab darajasida amalga oshirishlari shart. Ana shunday holatlar «Hayvonot dunyosini182 muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 16-moddasida aniq ko‘rsatilgan. Jumladan, hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar: – hayvonot dunyosi ob’ektlaridan ularni berib qo‘yish shartlariga muvofiq foydalanish; – tutib olingan hayvonot dunyosi ob’ektlariga va ulardan olingan mahsulotga nisbatan mulkdorlik huquqiga egadirlar. Ov qilish yoki baliq ovlash xo‘jaligini yurituvchi yuridik shaxslar: – yuridik shaxslarga hayvonot dunyosi ob’ektlaridan belgilangan normalar doirasida foydalanish uchun ruxsatnomalar berishga; – yuridik va jismoniy shaxslar hayvonot dunyosi ob’ektlaridan ov qilish maqsadida belgilangan normalar doirasida foydalanishi uchun ular bilan shartnomalar tuzishga; – ov va baliq mahsulotini qayta ishlash hamda hayvonot dunyosi ob’ektlaridan buyumlar ishlab chiqarishga; – hayvonot dunyosi ob’ektlaridan ishlab chiqarilgan mahsulot va buyumlardan foydalanish hamda ularni sotishga; – sun’iy ravishda etishtirilib, tabiiy yashash muhitiga chiqarib yuborilgan hayvon turlaridan foydalanishga haqlidirlar. Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar: – hayvonot dunyosidan foydalanishning belgilangan normalari va muddatlariga rioya etishlari; – hayvonot dunyosining muhofaza qilinishini ta’minlashlari; – hayvonot dunyosidan tabiiy galalarining butligi buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan va foydalanishga berib qo‘yilmagan hayvonlarning saqlab qolinishini ta’minlaydigan usullar bilan foydalanishlari; – hayvonlarning yashash muhiti buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari; – hayvonlar miqdorini hamda ulardan foydalanish hajmlarini hisobga olishlari; – hayvonot dunyosini tiklash va takror etishtirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishlari shart. Hayvonot dunyosidan foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquq va majburiyatlarga ega bo‘lishlari mumkin. SHuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanish turlari va usullarining huquqiy holati hayvonot dunyosidan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishga katta yordam beradi. Hayvonot dunyosidan belgilangan huquqiy normalar asosida quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: 183 1) hayvonot dunyosi ob’ektlarini ularning yashash muhitidan ajratib olib va ajratib olmasdan qonun hujatlarida belgilangan tartibda ilmiy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi; 2) hayvonlarning foydali xususiyatlaridan – tuproq hosil qiluvchilardan, muhitning tabiiy sanitarlaridan, o‘simliklarni changlatuvchilardan, shuningdek, hayvonot dunyosi ob’ektlarining boshqa hususiyatlaridan foydalanish ularni yashash muhitidan ajratib olmasdan ularga yoki ular yashaydigan muhitga zarar etkazmasdan amalga oshiriladi; 3) hayvonlardan ularning mahsulotlarini olish maqsadida foydalanishga hayvonot dunyosi ob’ektlarini yashash muhitidan ajratib olmasdan va ularni nobud qilmasdan, shuningdek, ular yashaydigan muhitni buzmasdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi. SHuningdek, «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 24-moddasiga asosan, hayvonot dunyosi ob’ektlarining miqdorini tartibga solish kvotalar asosida amalga oshiriladi. Kvotalar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan hisobga olish ma’lumotlari va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi. Hayvonlarning ayrim turlarini muhofaza qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalari asosida ana shu turdagi hayvonlardan foydalanishga yoki foydalanishning ayrim turlariga cheklashlar yoxud taqiqlashlar belgilanishi mumkin. Aholi sog‘lig‘ini saqlash, qishloq xo‘jalik mollari va boshqa uy hayvonlarini kasalliklarga chalinishini, yuridik va jismoniy shaxslarga zarar etkazilishining oldini olish, hayvonot dunyosining turlari bo‘yicha xilma-xilligini saqlab turish maqsadida yovvoyi hayvonlarning ayrim turlari miqdorini tartibga solish tadbirlari o‘tkaziladi. Ayrim turdagi hayvonlar miqdorini tartibga solish tadbirlari hayvonlarning boshqa turlariga zarar etkazilishini istisno etadigan va ularning yashash muhiti saqlanib qolishini ta’minlaydigan usullar bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xulosalarini hisobga olib hamda er, suv va o‘rmon zaxiralarini muhofaza qilishni amalga oshiradigan tegishli davlat organlari bilan kelishgan holda amalga oshirilishi lozim. 184 Miqdori tartibga solinishi mumkin bo‘lgan hayvon turlari va ularning miqdorini tartibga solish tadbirlarini o‘tkazish qonun hujjatlarida belgilanadi. Ushbu masala «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 17-moddasida o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, hayvonot dunyosidan foydalanish turlari quyidagilardan iborat: – ov qilish; – baliq ovlash; – hayvonot dunyosidan ilmiy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy va estetik maqsadlarda foydalanish; – hayvonlar faoliyatining foydali xususiyatlaridan foydalanish; – hayvonlardan ularning faoliyati mahsulotlarini olish maqsadida foydalanish. Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlari ham nazarda tutilishi mumkin. Hayvonot dunyosidan foydalanish hayvonot dunyosi ob’ektlarini yashash muhitidan ajratib olib yoki ajratib olmasdan amalga oshiriladi. Xullas, hayvonot olamidan foydalanish huquqi mustaqil tartiblar majmui hisoblanib, u ekologik huquqning bir qismidir. Demak, hayvonot dunyosini ekologik-huquqiy muhofaza qilish va undan foydalanish deganda, qonunda belgilangan va uning ekologik ahamiyatini saqlashga, jamiyatning iqtisodiy, ilmiy, madaniy, estetik, tabiiy, tarbiyaviy va boshqa ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan davlat va ijtimoiy-huquqiy ekologik tadbirlarning uyg‘unligi tushuniladi. YAna shuni ham ta’kidlash lozimki, hayvonot dunyosini ekologik- huquqiy muhofaza qilish va foydalanishda, noyob hayvonlarni kelajak avlod uchun saqlab qolish va ko‘paytirishda xorijiy mamlakatlar, ayniqsa AQSH, Kanada, Angliya, YAponiya, Fransiya, SHveysariya kabi mamlakatlarning tajribalaridan foydalanishimiz maqsadga muvofiqdir. 3-§. Ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish Hayvonot dunyosidan foydalanish turlaridan ov qilish va baliq ovlashni huquqiy tartibga solish alohida ahamiyatga ega. «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasida ov qilish bilan bog‘liq masalalarning huquqiy izohi berilgan. Unga asosan, tabiiy erkinlik holatida yashaydigan yovvoyi hayvonlarni tutish maqsadida izlash, iziga tushish va quvlab borish, tutishga intilish yoki tutish (otish, tutib olish) ov qilish hisoblanadi. Ov185 sanoat, havaskorlik va sport maqsadlarini ko‘zlab ham olib borilishi mumkin. SHuningdek, qonunda baliq ovlash masalasiga ham katta e’tibor qaratilgan. Baliq va umurtqasiz suv hayvonlarini tutish baliq ovlash hisoblanadi. Baliq ovlash ham yuqoridagi maqsadlarda olib borilishi mumkin. Ta’kidlash joizki, har qanday vaziyatda ham ov qilish va baliq ovlash uchun yuridik va jismoniy shaxslarga belgilangan huquqiy normalar doirasida tegishli ruxsatnomalar bo‘lishi kerak. Ular ov qilish va baliq ovlashda belgilangan normalar doirasida foydalanishi, tegishli shartnomalar tuzishi, ov va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda hayvonot dunyosi ob’ektlaridan buyumlar ishlab chiqish va tegishli joylarga topshirish majburiyatlarini o‘z zimmalariga olishlari zarur. Ta’kidlash lozimki, mazkur qonunda ov qilish va baliq ovlashning man qilingan usullari ham yoritilgan. Ov qilish va baliq ovlashda umumxavfli qurollar va usullarni qo‘llash, falokatga uchragan va o‘zi uchun notabiiy sharoitda turgan hayvonlarni ov qilish man etiladi (20-modda). SHunisi e’tiborliki, ov qilish va baliq ovlash xo‘jaligini yuritish, xo‘jalik faoliyatini qonuniy takomillashtirish lozim. Mazkur qonunning 25-moddasiga binoan, ov qilish va baliq ovlash xo‘jaligini yuritish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan: – ov qilinadigan va baliq ovlanadigan er-suv maydonlari loyihalarining davlat ekologiya ekspertizasi; – hayvonlar miqdorini hamda ov qilinadigan va baliq ovlanadigan maydonlar holatini hisobga olish materiallari; – hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini beradigan kvotalar va ruxsatnomalar, hayvonot dunyosi ob’ektlarini va ular yashaydigan muhitni muhofaza qilish, ulardan foydalanish, ularni takror etishtirish tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida amalga oshiriladi. Ov to‘g‘risidagi hamda ov qilish va baliq ovlash xo‘jaliklarini yuritish to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Unga ko‘ra, ov qilish va baliq ovlanadigan maydonlarni loyihalashda ham ekologik holat va vaziyat inobatga olinishi hamda davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi maqsadga muvoffiqdir. Ushbu qonunga asosan, quyidagilar davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim: – barcha turdagi qurilishlar uchun maydon tanlash materiallari, amalga oshirilishi hayvonot olamining holatiga yoki uning yashash muhitiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan rejadan oldingi, loyihadan oldingi va loyiha hujjatlari; 186 – ov qilinadigan va baliq ovlanadigan maydonlarni tashkil etish loyihalari; – hayvonlarni yangi iqlimga moslash va duragaylash ishlarining loyihalari; – hayvonot dunyosi va uning yashash muhiti uchun xavfli bo‘lgan o‘simliklarni himoya qilish vositalari. Hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish sohasidagi davlat ekologik ekspertizasi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi (7-modda). Demak, yuqoridagi barcha holatlar ov qilish va baliq ovlashni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda qonuniy yordam beradi. 4-§. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqining bekor bo‘lish asoslari Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini bekor qilishga asos bo‘lib, hayvonot dunyosini va uning yashash muhitini muhofaza qilish hamda undan foydalanishga oid asosiy talablarni buzish yoki uni bajarmaslik, unga e’tibor bermaslik oqibatida vujudga keladi. «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 11-moddasida ana shu talablar quyidagicha ifodalangan: – hayvonlarning tur bo‘yicha xilma-xilligini va ular galalarining butligini tabiiy erkinlik holatida saqlab qolish; – hayvonlarning yashash muhitini, urchish shart-sharoitlarini va ko‘chib yurish yo‘llarini saqlab qolish; – hayvonot dunyosi ob’ektlaridan oqilona foydalanish, ularni tiklash va takror etishtirish; – aholi sog‘lig‘ini saqlash hamda jismoniy va yuridik shaxslarga zarar etkazilishining oldini olish maqsadida hayvonot dunyosi ob’ektlarining miqdorini tartibga solish. Demak, barcha hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar yuqoridagi talablarga rioya qilishlari shart. Bundan tashqari hayvonot dunyosidan foydalanuvchi sub’ektlar mazkur qonunda ko‘rsatilgan bir qator talablarni bajarmasalar, ya’ni: hayvonot dunyosining holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan faoliyat ko‘rsatsa (31-modda), xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatni amalga oshirish paytida yovvoyi hayvonlar kasallikka chalinishi va nobud bo‘lishining oldini olish187 qoidalarini buzsa va talablarni amalga oshirmasa (33-modda), hududni xo‘jalik maqsadlarida o‘zlashtirish paytida hayvonlarning yashash muhitini va ularning urchish sharoitlarini saqlash tadbirlarini bajarmasa (34-modda), yovvoyi hayvonlarning ko‘chib o‘tish yo‘llarini, yashash va urchish joylarini saqlab qolish talab va qoidalarini bajarmasa (35-modda), kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini muhofaza qilish qoidalariga amal qilmasa yoki buzsa (36-modda) ham hayvonot dunyosidan foydalanish huquqlari bekor qilinishi mumkin. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini bekor qilish ushbu qonunning 27-moddasiga asosan quyidagi hollarda amalga oshadi: – foydalanish zarurati qolmaganda yoki undan voz kechilganda; – foydalanishning belgilangan muddati tugaganda; – hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganda; – hayvonot dunyosi ob’ektlarini muhofaza qilish maqsadida ularni foydalanishdan ajratib olish zarurati tug‘ilganda; – foydalanish huquqi berilgan yuridik shaxs tugatilganda. Qonun hujjatlarida hayvonot dunyosidan foydalanish huquqini bekor qilish uchun boshqa asoslar ham nazarda tutilishi mumkin. Hayvonot dunyosidan foydalanish huquqi ruxsatnomalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish yo‘li bilan tugatiladi. 5-§. Hayvonot dunyosini muhofaza qilishning ekologik-huquqiy chora-tadbirlari Hayvonot dunyosini muhofaza qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida ham aniq ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu qonunning XI bo‘limi «Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik va tabiatni muhofaza qilishga oid nizolarni hal qilish» masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, 47-moddasi «Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik» deb nomlanadi. Albatta, hayvonot dunyosini ekologik muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun intizomiy, ma’muriy, fuqarolik va jinoiy javobgarliklar mavjud. SHuningdek, hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbirlari 1997 yil 26 dekabrda qabul qilingan «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunning 39-moddasida ham bayon etilgan. 188 Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling