Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat qilish tartibi


Download 1.58 Mb.
bet45/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63
5-§. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat qilish tartibi Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi va nazorat qilish tartibi mamlakatimizdagi atmosfera havosiga e’tiborli bo‘lish hamda uni huquqiy muhofaza qilishga qaratilgandir.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilingan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 7-moddasidan 11-moddasigacha davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining tabiatni muhofaza qilishga taalluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari aniq ko‘rsatilgan. Mazkur qonunda ifoda etilgan barcha organlarning vakolatlari bevosita atmosfera havosini muhofaza qilish masalasiga ham tegishlidir.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorat qilish tartibi, O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida ham o‘z aksini topgan. Mazkur qonunning 5-moddasiga ko‘ra, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
Respublikaimizda atmosfera havosidan foydalanish talab darajasida emas. Har yili havoga 4 mln. tonnagacha zararli moddalar purkalyapti. SHuning uchun ham atmosfera havosidan foydalanish va ungan bo‘lgan munosabatni qattiq nazorat qilish lozim.
Samoviy hududdan foydalanish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, samoviy hududdan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratini olib borish O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklatiladi. Fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasidagi boshqaruv va nazoratni O‘zbekiston Respublikasi Aviatsiya ma’muriyati amalga oshiradi.
Davlat aviatsiyasi faoliyati sohasidagi boshqaruv va nazoratni o‘z vakolatlari doirasida Mudofaa vazirligi, 224
Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq davlat boshqaruvining boshqa organlari amalga oshiradilar.
SHuningdek, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga binoan, atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini olib borish masalasiga ham alohida e’tibor berilgan. Mazkur qonunning 28-moddasiga asosan, atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek, maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir.
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Atmosfera havosining holatini kuzatish, axborot to‘plash, umumlashtirish, tahlil etish va istiqbolini belgilash atrof-tabiiy muhitning davlat monitoringi yagona tizimi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Ana shunday qonun va huquqiy normalar mavjud bo‘la turib ham atmosfera havosini muhofaza qilish ishida ayrim muammolar ham yo‘q emas. Masalan, butun respublika va Surxondaryo aholisini bezovta qilayotgan Tojikiston Alyuminiy zavodining havoni zaharlash bilan bog‘liq ekologik ta’sirini ko‘raylik. U erdagi ftorli birikmalar ta’siriga bir e’tibor bering. Umumdavlat kuzatuv mahkamasining ma’lumotlariga ko‘ra, Tursunzoda rayonida ana shu birikmalarning o‘rtacha yig‘ilib qolishi yoz oylarida normadagidan 2,4 baravar ortiq bo‘ldi. Bu birikmalar asosan O‘zbekistoning Sariosiyo rayoniga yoyilmoqda. Bu rayonda havoning bulg‘anishi normadagiga nisbatan 4,8 baravar ko‘p bo‘ladi. Aholi tahlikaga tushib qoldi.
Zavodda elektroliz vannalarning bir qanchasi to‘xtatib qo‘yildi, aybdorlarga jarima solindi. Sariosiyo rayonida bolalarning kasalga chalinishi 2,8 baravar ko‘paydi. Kattalar orasida kasalga chalinish 2,2 baravarga oshdi. Odam organizmining kasalliklarga bardosh berishi susaydi, go‘daklarning sut tishi chirishi kasalligi ikki marta va engil flyuoroza kasaliga chalinish 8,8 baravar ko‘paydi. 225
Tursunzoda rayonida bolalarning kasalga chalinishi 12 % , nafas yo‘llarining kasallanishi 1,4 baravar ko‘paydi, tug‘ma majruhlik 9 baravar ortdi. Bu juda xavfli ko‘rsatkichdir.
Tarkibida ftorli vodorod bo‘lgan korxona chiqindilari tokzorlarga, mevali daraxtlarga, pillaning mahsuldorligiga ham salbiy ta’sir etayotganini tadqiqotlar ko‘rsatib turibdi.
Tibbiyot xodimlarining xulosasi bo‘yicha, zaharlangan havo odamlarga xavfli ta’sir ko‘rsatmoqda. Jarqo‘rg‘on rayoni Tojikiston Alyuminiy zavodidan 130 kilometr olislikda, lekin kasallikka chalinish soni hayratomuz darajada farq qiladi.
Jumladan, qon aylanish a’zolarining kasallanishi ming kishi hisobiga Sariosiyoda – 364,4 nafar bo‘lsa, Jarqurg‘onda – 6837, nafas olish a’zolarining kasallanishi Sariosiyoda 308,5 bo‘lsa, Jarqo‘rg‘onda – 162,29, asab sistemasi kasalliklari tegishlicha 248,3 va 139,5; endokrin kasalliklari 43 va 11,5; yuqumli hamda parazitar kasalliklar bo‘yicha 196,1 va 5 kishini tashkil etar ekan. Bu zavoddan chiqayotgan ftor birikmalarining ta’siri Sariosiyo rayonida sutda – 15 marta, anorda – 8, kartoshka va piyozda – 20, olmada – 23 marta ko‘p.
SHuningdek, respublikamizning boshqa viloyatlarida ham atmosfera havosini ifloslanish darajasi juda yuqori.
Masalan, Olmaliq sement zavodi bir kecha kunduzda 19 tonna zaharli gaz va changlarni atrofga chiqaradi. CHirchiqdagi sanoat korxonalari, TashGRES, YAdro fizikasi instituti, SoyuzNIXI kabi o‘nlab yirik ob’ektlar borki, ular nafaqat tuman, balki poytaxt va boshqa shaharlarning tabiatiga, eri va suviga, hayvonot olamiga, eng muhimi, insonlar salomatligiga haddan tashqari ziyon etkazmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga qaraganda, xastaliklarning 20 % u yoki bu darajada atrof muhitning ifloslanishiga bog‘liq. Bundan har yili 8–10 mln. so‘mdan ziyodroq zarar ko‘ryapmiz.
Respublikada 1104 ta sanoat korxonasi bor. Ular havoga 1 mln. 300 ming tonnadan ortiq zaharli modda chiqarmoqda. Ustiga-ustak ana shu chiqindilarning yarmidan ko‘pi tozalanmagan. Nega shunday bo‘lmoqda? Sababi shundaki, barcha sanoat korxonalarining 68 % gina tozalash inshootlariga ega, 43 % ga gaz-changyutgichlar o‘rnatilgan. Ammo ularning 22 % samarali ishlamayapti.
Qurilish industriyasi korxonalarida ahvol bundan ham yomon.
Ularga o‘rnatilgan gaz-changyutgichlarning besh % buzuq yoki samara bermayapti. O‘zbekiston Maishiy xizmat ko‘rsatish vazirligi, Neft mahsulotlari davlat qo‘mitasiga qarashli bir necha226
korxonalarda zaharli moddalar tozalanmasdan havoga chiqarilayotir.
Respublika Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ahvolni yaxshilash uchun qanday choralarni ko‘rmoqda?
Uchastkalarda, sexlarda ishni to‘xtatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilinmoqda, bunday hollarga yo‘l qo‘yayotgan korxonalarning rahbarlariga jarimalar solinyapti, atrof muhitni behad ifloslantirayotganlarning ishi prokuraturaga o‘tkazilayotir.
Demak, ko‘p narsa korxonalarning rahbarlariga bog‘liq. Ular sexlar, uchastkalarni qayta qurish, tozalash inshootlarini o‘rnatish choralarini ko‘rishlari zarur.
Respublikada ishlab chiqarish qoldiqlaridan qoniqarsiz foydalanilmoqda. Masalan, Olmaliq kimyo zavodida 42 mln. tonnadan ortiq fosfogips to‘planib qolgan. Samarqand kimyo zavodida ana shunday modda 25 mln. tonnani tashkil etadi.
Andijon gidroliz zavodida 45 mln. tonna lignin, YAngiyo‘l biokimyo zavodida ko‘plab chiqindilar to‘planib qolganligi aniqlangan. Ligindan o‘g‘it sifatida foydalanishga urinib ko‘rildi, ammo bu o‘zini oqlamadi. Olimlar esa yangi usullarni taklif eta olmayaptilar.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar haqidagi ma’lumotlarni o‘z vaqtida olish atmosfera havosini muhofaza qilishni ta’minlaydi. «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 6-moddasiga ko‘ra, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar atmosfera havosini muhofaza qilish tartibini, uning holati ustidan nazorat usullarini aniqlab beradi, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha o‘zga talablarni belgilaydi.
Inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar (sanitariya normalari) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, atrof-tabiiy muhit ob’ektlari uchun atmosfera havosini muhofaza qilish, iqlimni va ozon qatlamini saqlash sohasidagi standartlar esa O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
SHuni ta’kidlash lozimki, atmosfera havosini muhofaza qilish uchun Tabiatni muhofaza qilish respublika va viloyat qo‘mitalari olg‘a qadam tashlab, aniq fikrni aytishlari lozim.
Albatta buni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni asosiy manba bo‘ladi. Hozirgi paytda bu masalada xorijiy mamlakatlar tajribasidan kengroq foydalanish zarur. U erlarda ishlab chiqarish xarakteri bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday xususiy227
mulkchilik tashabbusi ham jiddiy ekologik ekspertizadan o‘tadi.
Bundan tashqari, AQSH, Angliya, Germaniyada shunday jazo choralari mavjudki, agar ma’lum korxona (zavod) atrof muhitni nazorat qiladigan vazirlik yoki idoraning ko‘rsatmasiga bo‘ysunmasa, bu korxona batamom tugatiladi.
SHunday ekan, biz havoni tozaligini ta’minlash uchun bor imkoniyatlarni qo‘llab, nazoratni kuchaytirishimiz lozim. 6-§. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun va talablarni buzganlik uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonuni va Havo kodeksining 93-moddasida atmosfera havosini muhofaza qilish haqidagi qonunlarni va ekologik talablarni buzganlik hamda ularga amal qilmaslik uchun ma’muriy, jinoiy javobgarliklar belgilangan.
Qonunda (ustavga muvofiq) atmosfera havosi haqidagi qonunlarni buzganlik uchun intizomiy va fuqaroviy javobgarliklar ham mavjud. Jumladan, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasiga asosan, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida etkazilgan zarar o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart. Zarar o‘rnini qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling