Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Download 1.58 Mb.
|
Ma’muriy-huquqiy javobgarlik. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun va talablarni buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ko‘rsatilgan. Ushbu qonunda atmosfera havosini muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 85, 86, 87, 88-moddalarda aniq ma’muriy javobgarlik hollari ko‘rsatilgan.
Mazkur ekologik huquqbuzarlikning ob’ekti, atrof-muhit, ifloslantirilayotgan ob’ektlar yoki asosan atmosfera havosi hisoblanadi. Sub’ekti esa, korxona, muassasa, tashkilotlar yoki yuridik va jismoniy shaxslar bo‘lishlari mumkin. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 85-moddasiga binoan, quyidagi holatda ma’muriy javobgarlik qo‘llaniladi: 228 – ifloslantiruvchi moddalarni atmosferaga yo‘l qo‘yiladigan normativdan ortiq darajada chiqarib tashlash; – atmosfera havosiga yo‘l qo‘yiladigan eng yuqori normativdan ortiq darajada zararli fizik ta’sir o‘tkazish; – maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatisiz atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar chiqarib tashlash; – hujjatlariga muvofiq zarur bo‘lgan taqdirda maxsus vakolat berilgan davlat organlarining ruxsatini olish lozim bo‘lgan hollarda bunday ruxsatni olmay turib atmosfera havosiga zararli fizik ta’sir ko‘rsatish, xuddi shuningdek, noqulay meteorologik sharoit davrida atmosferaning ifloslanganlik darajasi ortib ketishiga sabab bo‘luvchi ifloslantiruvchi moddalarni chiqarishni qisqartirish chora-tadbirlarini to‘liq hajmda bajarmaganlik va bunday moddalarni bir yo‘la chiqarib tashlashlarning oldini olish chora-tadbirlarini amalga oshirmaslik – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. SHuningdek, mazkur kodeksning 86-moddasida boshqacharoq sodir etilgan xatti-harakat uchun ham ma’muriy javobgarlik aniq ko‘rsatilgan. Jumladan, atmosferaga chiqariladigan zararli moddalarni tozalash uchun o‘rnatilgan inshootlar, uskunalar, apparaturalardan, shuningdek, chiqarib tashlanadigan zararli moddalar miqdori va tarkibini nazorat qiluvchi vositalardan foydalanish qoidalarini buzish yoki ulardan foydalanmaslik – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa - mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi MJTKning 87-moddasida chiqindilarida ifloslantiruvchi moddalar normativdan ortiq bo‘lgan transport va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish tartibi buzilishi oqibatidagi sodir etilgan huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik ko‘rsatilgan. CHiqindilarida ifloslantiruvchi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtida shovqin va boshqa fizik ta’sir darajasi belgilangan normativdan ortiq bo‘lgan avtomobillar, samolyotlar, kemalar va boshqa harakatlanuvchi vositalar va qurilmalarni tayyorlash hamda foydalanishga chiqarish – 229 mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. CHiqindilarida ifloslantiruvi moddalar, shuningdek ishlab turgan vaqtida shovqin darajasi belgilangan normativdan ortiq bo‘lgan harakatlanuvchi qurilmalardan foydalanish – eng kam ish haqining o‘ndan bir qismidan ikkidan bir qismigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. MJTKda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaganlik uchun ham ma’muriy javobgarlik aniq belgilangan. Ushbu kodeksning 88-moddasida ana shu talablarni buzganlik uchun javobgarlik mavjud. Unga ko‘ra, qurilish ishlarini va boshqa ishlarni bajarish chog‘ida yonilg‘i moddalar va binokorlik materiallarini to‘plash, maxsus texnik qurilmasiz ochiq alanga oldirib yoqish, bitum eritishda atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya qilmaslik – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling