Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-§. Atmosfera havosini muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining o‘rni va vazifalari
Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik. Mazkur javobgarlik, atrof muhitni ifloslantirganlik, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun va talablarni buzganlik uchun O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga asosan belgilanadi.
Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik intizomiy javobgarlik asoslari bilan biroz bog‘liq va o‘xshash. SHuning uchun ham fuqarolik javobgarligi mehnat intizomi va uni vijdonan bajarish majburiyatining buzilishi, tegishli shartnomalarni o‘z vaqtida bajarmasligi, mehnat intizomiga rioya qilmaslik bitimlarning amalga oshirilish holatlariga e’tibor bermaganlik oqibatida etkazilgan zarar, shuningdek, ekologik talablarga rioya etmaslik va ekologik qonunlarni buzish oqibatida vujudga keladi. Bunda asosiy talab etkazilgan ekologik zarar qoplanishi va to‘lanishi lozim bo‘ladi. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun va talablarni buzganlik uchun etkazilgan zararni to‘latish tartibi xo‘jalik sudlariga da’vo arizasi berish bilan bog‘liq bo‘ladi va ular tomonidan hal etiladi. O‘zbekiston xududida sanitariya qoidalarini qo‘pol ravishda buzib, havoni, suvni va boshqa tabiat boyliklarini232 ifloslantirsa hamda zarar etkazsa, O‘zbekiston Respublikasi «Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi 1992 yil 3 iyulda qabul qilingan1 qonun, hamda O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablari asosida javobgarlik belgilanib, amaldagi qonunlar bilan tartibga solinadi. 7-§. Atmosfera havosini muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining o‘rni va vazifalari O‘zbekiston Respublikasida barcha vazirlik va qo‘mitalar qatori IIV ham atrof muhit muhofazasi va tabiiy manbalardan foydalanish, ularni muhofaza qilishda bir qator ishlarni amalga oshiradi. Atmosfera havosini ifloslantirish ko‘proq transport vositalari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, atmosfera havosini muhofaza qilish, asosan Davlat yo‘l harakati xavfsizlik xizmati xodimlari (DYHXX) zimmasiga tushadi. SHu maqsadda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 14 noyabrda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi davlat avtomobil nazorati xodimlarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori katta ahamiyatga ega. Mazkur qaror DYHXX xodimlariga atmosfera havosini muhofaza qilishda alohida e’tibor berish, ularning ekologik-huquqiy madaniyati va ma’naviyati yuqori bo‘lishi hamda o‘z kasbini sevib, ardoqlashiga alohida e’tibor qaratdi. Demak, DYHXX xodimlari O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilayotgan va foydalanilayotgan harakatdagi manbalar uchun quyidagi GOSTlardan foydalanishni nazorat qilishlari lozim. – temir yo‘l transporti bo‘yicha 24028–80, 24585–81, 30574– 98; – avtomobil transporti va qishloq xo‘jalik mashinalari bo‘yicha 17.2.2.03–87; 21393–75; 17.2.2.02–98, 23734–98, 17.2.2.01– 84,17.2.2.02–86, 17–2.2.04–86. – aviatsiya transporti uchun 17.2.2.04–86. SHunisi e’tiborliki, RD 118.0027714.32–93 sonli «Atmosferaga zararli moddalar chiqarish uchun ruxsatnomalar 1 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. 1992. № 9. 355-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiniing axborotnomasi. 1995. № 6. 118-modda; 1999. № 5. 124-modda. 233 berish tartibi» rahbariy hujjatga asosan korxona va tashkilotlarga qo‘zg‘almas manbalardan chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar uchun Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan PDK me’yoriy loyihasiga muvofiq ruxsatnoma beriladi. Respublikamiz hududiga transport va harakatlanuvchi vositalarni olib kelinishi va olib ketilishini nazorat qilish DYHXX vakolati doirasiga kiradi. DYHXX bo‘limlari tasdiqlangan «Ekologik talonlar berish, avtomobil dvigatellaridan chiqayotgan ishlatilgan gazlar zaharliligini (tutun miqdorini), nazorat o‘lchov ishlarini amalga oshirib, olib kirilayotgan avtomobillarga sertifikat berish va tranzit avtoulovlarga ruxsatnomalar berish» nizomga asosan, respublikaga kirib kelish postlarida tranzit avtoulovlarga ekoruxsatnomalar, olib kirilgan avtomobillarga ularni ro‘yxatga olish vaqtida eko sertifikatlar beradilar. Demak, DYHXX xodimlari atmosfera havosini muhofaza qilishlarida «Ekologiya postlari», «Ekotransnazorat» posti va boshqa organlar bilan hamkorliklarini kuchaytirishlari lozim. DYHXX xodimlarining «Toza havo» tadbirini muntazam o‘tkazishi atmosfera havosini muhofaza qilishga oz bo‘lsa da yordam beradi. Xullas, ichki ishlar organlari tizimida atmosfera havosini muhofaza qilishda faqat DYHXX xodimlari emas, balki sanitariya militsiyasi, yong‘inga qarshi kurash va qo‘riqlash xizmati, profilaktika nozirlari ham tegishli yordam ko‘rsatishlari lozim. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling