Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet47/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63
Jinoiy-huquqiy javobgarlik. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining atmosfera havosini muhofaza qilish bilan bog‘liq sodir etilgan jinoiy huquqbuzarlik uchun 2 moddadan iborat jazo tizimi ko‘rsatilgan.
Atrof-tabiiy muhit (atmosfera havosini)ning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish uchun ham jinoiy javobgarlik ko‘rsatilgan.
Jumladan, JKning 194-moddasiga asosan, maxsus vakolatga ega mansabdor shaxslar tomonidan zararli ekologik oqibatlarni keltirib chiqargan halokatlar yoki atrof-tabiiy muhitning radiatsiyaviy, kimyoviy, bakteriyaviy ifloslanganligi yoxud odam hayoti yoki sog‘lig‘i, tirik tabiat uchun xavfli bo‘lgan boshqacha tarzda ifloslanganligi haqidagi yoxud aholi salomatligining holatiga doir ma’lumotlarni qasddan yashirilishi yoki buzib230
taqdim etilishi aholining ommaviy kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa – uch oydan olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘zbekiston Respublikasi JKda ko‘rsatilgan ikkinchi jinoyat turi atrof-tabiiy muhitni, jumladan atmosfera havosini ifloslantirganlik uchun jazo chorasini ko‘rsatilishidir.
Ushbu masala JKning 196-moddasida o‘z ifodasini topgan.
Zero, ushbu moddaga asosan, erlarni ifloslantirish yoki buzish, suv yoki atmosfera havosini ifloslantirish odamlarning ommaviy ravishda kasallanishi, hayvonlar, parrandalar yoki baliqlarning qirilib ketishi yoki boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha qilmishlar odam o‘lishiga sabab bo‘lsa – uch oydan olti oygacha qamoq yoki muayyan huquqdan mahrum qilib, uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling