Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jinoiy-huquqiy javobgarlik
- 8-§. O‘rmonlardan foydalanish va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining vazifalari
Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik mehnat intizomi va uni bajarilish majburiyatini buzganlikda, tuzilgan shartnoma talablarini bajarmaganlikda, qonunsizlik oqibatida davlatimizning ekologik tizimiga, jumladan o‘rmon boyliklariga etkazilgan zarar natijasida vujudga keladi.
Bu etkazilgan zararni to‘latish yoki qoplash huquqbuzarlik sodir etgan sub’ektga nisbatan da’vo arizasi orqali murojaat210 etiladi va xo‘jalik sudi yoki fuqarolik sudlari tomonidan mazmunan ko‘rilib hal etiladi. O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari va o‘rmondan foydalanish to‘g‘risidagi huquqlarni buzish oqibatida etkazilgan zararni qoplash, undirish va to‘latish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablari va boshqa qonunlar bilan tartibga solinadi. Jinoiy-huquqiy javobgarlik o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilanadi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoya kodeksida o‘rmon va ular bilan bog‘liq nojo‘ya xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasida, ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast etkazish yoxud ularni nobud qilganlik uchun jinoiy javobgarlik ko‘rsatilgan. Unga ko‘ra, olovga ehtiyotsizlik bilan munosabatda bo‘lish natijasida ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast etkazish yoki ularni nobud qilish yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch oygacha qamoq bilan jazolanadi. O‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarni qonunga xilof ravishda kesish ko‘p miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan etmish besh baravarigacha miqdorda jarima yoki bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch oydan olti oygacha qamoq yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga qasddan shikast etkazish, ularni payhon qilish, nobud qilish ko‘p miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Xullas, kasbi koridan qat’i nazar, har bir fuqaro, korxona, muassasa, tashkilot, shirkat xo‘jaligi, ijarachi dehqon, fermer xo‘jaliklari yurtimizning bebaho boyligi bo‘lgan o‘rmonlarni muhofaza qilishga, ekologik holatini to‘liq saqlanishiga o‘z hissasini qo‘shmog‘i lozim. 8-§. O‘rmonlardan foydalanish va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining vazifalari O‘rmon boyliklaridan foydalanish va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilishda ham ichki ishlar organlarining211 faoliyati keng. Ichki ishlar organlarining yong‘indan saqlash bo‘linmasi o‘rmon va o‘simliklar dunyosi mavjud bo‘lgan joylarda yong‘in xavfini oldini olish, unga qarshi kurashish, yong‘inga qarshi tegishli tadbirlar o‘tkazish va yong‘in chiqqanda tezlik bilan o‘chirish vazifasini bajaradi. Profilaktika nozirlari mavjud o‘rmonlar va u erdagi barcha tabiat boyliklarini ekologik muhofazasiga alohida e’tibor beradilar, o‘rmonlarni qirqish va ulardan noqonuniy foydalanishlarga qarshi tadbirlar olib boradilar. Sanitariya militsiyasi o‘rmon va daraxtlar o‘sadigan joylarda turli kasalliklar paydo bo‘lishi va uni tarqalishini oldini oladilar hamda unga qarshi kurashadilar. DYHXX xodimlari turli maqsadlarda noqonuniy (ordersiz) kesilgan daraxtlarni transport vositalari orqali olib ketish jarayonini nazorat qiladilar va ularni tegishli organlar yordamida davlatga qaytarilishini ta’minlaydilar. Ichki ishlar organlarining qo‘riqlash xizmati o‘rmon boyliklari mavjud bo‘lgan, davlat ahamiyatiga ega o‘rmon hududlarini qo‘riqlaydilar, muhofaza qiladilar va yong‘in xavfsizligini ta’minlaydilar. Xullas, ichki ishlar organlari o‘rmon boyliklarini muhofaza qilishda bevosita O‘zbekiston Respublikasining Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan barcha normativ-huquqiy hujjatlarga, ko‘rsatma va buyruqlarga bo‘ysunadilar hamda ularni amalga oshiradilar. SHuningdek, ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasining «O‘rmon to‘g‘risida»gi qonuni talablarini amalga oshirishda bir qator boshqa vazifalarni bajarishda va tadbirlarni o‘tkazishda ko‘maklashadilar. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling