Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet42/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63
Ma’muriy-huquqiy javobgarlik o‘rmon to‘g‘risidagi qonunlarni va o‘rmondan foydalanish huquqini buzganlik uchun tegishli organlar tomonidan qo‘llaniladi. U O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga asosan amalga oshiriladi. Mazkur kodeksda o‘rmon bilan bog‘liq 5 ta huquqbuzarlik uchun javobgarlik ko‘rsatilgan. 1. Kesiladigan o‘rmon fondidan foydalanish tartibini buzganlik uchun: Kesiladigan o‘rmon fondidan foydalanish, yog‘och tayyorlash va tashib olib ketish tartibini, shuningdek o‘rmon kesish chiptasi (orderi)da yoki o‘rmon chiptasida belgilangan boshqa talablarni buzish – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJKning 78-moddasi). 209
2. Daraxtlar, butalar va boshqa o‘rmon o‘simliklari yoki nihollarini g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoxud yo‘q qilganlik uchun: Daraxtlar, butalar, boshqa o‘rmon o‘simliklari va nihollarni g‘ayriqonuniy ravishda kesish, shikastlantirish yoki yo‘q qilish – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJKning 79-moddasi). 3. O‘rmonlarni tiklash, ularning holatini va turi tarkibini yaxshilashga, ularning mahsuldorligini oshirishga, shuningdek, etilgan yog‘och zaxiralaridan foydalanishga oid qoidalar va yo‘riqnomalarni buzish – mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJKning 80-moddasi). 4. O‘rmon uchun foydali faunani yo‘q qilib yuborganlik uchun: O‘rmon uchun foydali faunani yo‘q qilib yuborish – fuqarolarga eng kam ish haqinig uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJKning 83-moddasi). 5. O‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun: O‘rmonlarda yog‘in xavfsizligi talablarini buzish – fuqarolarga eng kam ish haqininig uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (O‘zR MJKning 84-moddasi).

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling