Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik
- 6-§. Hayvonot dunyosini ekologik-huquqiy muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining vazifalari
Intizomiy-huquqiy javobgarlik hayvonot dunyosining ekologik ahamiyatini hisobga olib, undan turli maqsadlarda foydalanish yoki muhofaza qilish qoidalari buzilgan hollarda qo‘llaniladi. Intizomiy-huquqiy javobgarlik aynan hayvonot dunyosi muhofaza qilinayotgan, qo‘riqlanayotgan, ko‘paytirilayotgan, saqlanayotgan qo‘riqxona xodimlariga nisbatan qo‘llaniladi.
Intizomiy-huquqiy javobgarlik bevosita mehnat intizomi buzilishi oqibatida vujudga kelib, aynan shu xodim ishlayotgan korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan qo‘llaniladi. Intizomiy javobgarlik sodir etilgan huquqbuzarlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi talabi asosida qo‘llanilishi lozim. Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik hayvonot dunyosini ekologik-huquqiy muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. U etkazilgan zararni qoplash yoki to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonuni 40-moddasiga muvofiq, qonunga xilof ravishda tutilgan hayvonot dunyosi ob’ektlari, ulardan olingan mahsulot, qonunga xilof ravishda foydalanilgan tutish quroli va vositalari, shu jumladan transport vositalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yiladi yoki musodara qilinadi. Qonunga xilof ravishda tutilgan hayvonlarni va ulardan olingan mahsulotni aybdor shaxslardan olib qo‘yish imkoni bo‘lmagan taqdirda, ularning qiymati qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlar va tartibda undiriladi. Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi talablari asosida qo‘llaniladi. Hayvonot dunyosidan foydalanish va uni muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbiri sifatida ma’muriy-huquqiy javobgarlik ham belgilanadi. Mazkur javobgarlik turi ma’muriy-ekologik huquqbuzarlikni sodir etgan sub’ektlarga nisbatan qo‘llaniladi. Ushbu javobgarlik turi 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida aniq ko‘rsatilgan. Ushbu kodeksining 90-moddasiga muvofiq, ov qilish, baliq tutish yoki baliq zaxiralarini muhofaza etish qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishninig boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish – shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilish yoki fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor189 shaxslarga esa, ikkidan bir qismidan ikki baravariacha bo‘lgan miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Tegishli ruxsati bo‘lmay turib, taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki usullar bilan ov qilish va baliq tutish, shuningdek, ov qilishga yoki baliq tutishga oid boshqa qoidalarni muntazam ravishda buzish – shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga yoxud shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolarini musodara qilib yoki musodara qilmay, uch yilgacha ov qilish huquqidan mahrum etishga sabab bo‘ladi. Mazkur kodeksning 92-moddasida esa boshqacha sodir etilgan ekologik huquqbuzarlik uchun javobgarlik holati bayon etilgan. Unga ko‘ra, hayvonlar yashaydigan muhitni va ularning ko‘chish yo‘llarini muhofaza qilish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni vujudga keltirish, to‘ldirish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish qoidalarini, zoologik va botanik kolleksiyalar bilan savdo qilish qoidalarini, shuningdek hayvonot va o‘simlik dunyosi ob’ektlarini, zoologik va botanik kolleksiyalarni boshqa joyga jo‘natish va chet elga olib ketish qoidalarini buzish, xuddi shuningdek, hayvonlarni o‘zboshimchalik bilan boshqa erga ko‘chirish, iqlimlashtirish yoki chatishtirish – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 93-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvonlar va o‘simlik turlarini saqlashga zarar keltiradi deb topilgan hayvonlar yoki o‘simliklarni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish – fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. E’tiborli tomoni shundaki, ushbu kodeksda noyob yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida turgan hayvonlarni qirilib ketishi, yo‘q qilib yuborish, o‘lja qilish yoxud shunday hayvonlarning soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan harakatlar uchun javobgarlik va jazo choralari ham ko‘rsatilgan. O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan hayvon turlariga mansub yoki yo‘q bo‘lib ketish xavfida turgan190 hayvonlarni yo‘q qilib yuborish, o‘lja qilish yoxud ularning tuxum, uvildiriq qo‘yadigan inlarini, boshpanalarini yo‘q qilish, inlari, uyalari va boshqa yashash joylarini buzish yoxud shunday hayvonlarning qirilib ketishiga, soni kamayib ketishiga yoki yashash muhiti buzilishiga sabab bo‘ladigan boshqa harakatlar sodir etish yoxud bunday hayvonlarni ovlash ruxsatnomasida ko‘rsatilgan shartlarni buzgan holda o‘lja qilish – shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib yoki musodara qilmay, fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, ikki baravaridan besh baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa – shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyolarni musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan etti baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi (94-modda). Hayvonot dunyosini muhofaza qilishning huquqiy chora-tadbiri sifatida sodir etilgan ekologik huqukbuzarlik uchun jinoiy- huquqiy javobgarlik belgilanadi. Albatta, jinoiy-huquqiy javobgarlik boshqa huquqiy javobgarlik turlariga nisbatan ancha og‘ir formada, ya’ni hayvonot dunyosini o‘lishiga, qirilib ketishiga, kamayib qolishi yoki boshqa holatlarda sodir etilgan ekologik huquqbuzarlik uchun qo‘llaniladi. Sodir etilgan bunday huquqbuzarlik uchun O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilgan Jinoyat kodeksining 202-moddasida aniq javobgarlik va jazo chorasi belgilangan. Unga ko‘ra, ovchilik, baliqchilik yoki hayvonot dunyosining boshqa turlarini ushlash qoidalarini buzish, noyob hayvonlarni tutishning belgilangan tartibi yoki shartlarini yoxud o‘simliklarning dori-darmon, oziq-ovqat va manzarali (dekorativ) turlarini yig‘ish yoki tayyorlash, shuningdek, maxsus qo‘riqlanadigan tabiiy hududlardagi hayvonot va o‘simlik olamidan foydalanish tartibini buzish ko‘p miqdorda zarar etkazilishiga sabab bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. O‘sha qilmishlar: a) hayvonlar, parrandalar, baliq, hayvonot va o‘simlik dunyosining «Qizil kitob»ga kiritilgan boshqa turlarini nobud qilish bilan; b) ko‘p miqdorda zarar etkazgan holda; 191 v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining elik baravaridan etmish besh baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. O‘sha qilmishlar: a) xavfli retsidivist tomonidan; b) shaxsning o‘z xizmat mavqeidan foydalanib; v) er, suv yoki havoda ishlatiladigan mexanizatsiyalashtirilgan vositalardan foydalanib; g) portlash qurilmalari, zaharli kimyoviy moddalar yoki boshqa yalpi qirib yuboradigan yoki nobud qiladigan usullarni qo‘llagan holda; d) uyushgan guruh tomonidan; e) juda ko‘p miqdorda zarar etkazgan holda sodir etilgan bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima yoki mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 6-§. Hayvonot dunyosini ekologik-huquqiy muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining vazifalari O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida ko‘rsatilganidek, jonli tabiat deyilganda tabiiy o‘simliklar, shu jumladan, o‘rmon, tabiatda yashaydigan hayvonlar va boshqa jonli organizmlar tushuniladi. Jonli tabiat ob’ektlaridan: – ularni qayta tiklanish qobiliyatini saqlash; – ularning xilma-xil turini va to‘dalarining barqarorligini saqlash; – atrof-tabiiy muhitning biologik jihatdan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik sharti bilan foydalaniladi. Demak, ichki ishlar organlarining sanitariya militsiyalari, profilaktika nozirlari, qo‘riqlash hamda yong‘indan saqlash xizmati hayvonot dunyosini ekologik muhofaza qilishda muhim ishlarni olib boradilar. Ichki ishlar organlarining bo‘linmalari O‘zbekiston Respublikasining «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish», «Sanitariya nazorati to‘g‘risida» va «Veterinariya to‘g‘risida»gi qonunlari talablarini amalga oshirishga yordam beradilar. 192 Ushbu faoliyatda ular O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1997 yil 15 maydagi 109-sonli «Karantin-qo‘riqlash tadbirlari va sanitariya nazoratini ta’minlovchi militsiya bo‘linmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi va 1999 yil 17 yanvardagi 11-sonli «O‘zbekiston Respublikasi IIVgi tizimida sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi qonunlari hamda 1997 yil 15 maydagi 109-sonli «O‘zbekiston Respublikasi IIIning karantin qo‘riqlash tadbirlari va veterinariya nazoratini ta’minlovchi militsiya bo‘linmalari haqidagi nizom»iga asosan qabul qilingan buyruqlariga bevosita amal qiladilar. Barcha bo‘linmalar, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib borib, hayvonot dunyosi va uning barcha turlaridan noqonuniy foydalanishga qarshi kurashadilar. SHuningdek, ichki ishlar organlari hayvonot dunyosida turli kasalliklarning oldini olish va ushbu kasalliklarga qarshi kurashish, noqonuniy ov qilish, ularni otib o‘ldirish, qirib yuborish, ular yashayotgan muhitni buzish, ular yashayotgan joylarda yong‘in xavfining oldini olish va boshqa bir qator vazifalarni amalga oshirishda bojxona, soliq, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari va keng jamoatchilik yordamida o‘z ishlarini olib boradilar. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling