Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet35/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63
Intizomiy-huquqiy javobgarlik. Bu javobgarlik katta ekologik-huquqiy ahamiyatga ega bo‘lib, ko‘proq mehnat qonunlari yoki intizomini buzish oqibatida ro‘y beradi. O‘simliklardan noto‘g‘ri foydalanganlik uchun intizomiy javobgarlik (yoki ta’siriy chora) asosan korxona, muassasa, tashkilot xodimiga aynan shu ishxona ma’muriyati tomonidan qo‘llaniladi. SHunisi tashvishliki, bizning respublikaimizda shifobaxsh o‘simliklarni o‘stirish, ko‘paytirish, saqlash uchun shirkat xo‘jaliklari, dehqon, fermer va ijara xo‘jaliklar yoki biror e’tiborli tashkilot yo‘q. SHifobaxsh o‘simliklar faqatgina parklar, qo‘riqxonalarda, ko‘plab tog‘larning chotqol joylaridagina o‘sadi, xolos. SHuning uchun ham intizomiy-huquqiy javobgarlik qo‘riqxona, parklar, ayrim kooperativ (shirkat xo‘jaliklari, dehqon, fermer va ijara xo‘jaliklari) rahbarlari tomonidan qo‘llaniladi.
Intizomiy javobgarlik ba’zan xodimlar bajarishlari lozim bo‘lgan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasliklari oqibatida ham qo‘llanishi mumkin. Ta’kidlash kerakki, shifobaxsh o‘simliklarni ekologik-huquqiy muhofaza qilishda intizomiy javobgarlik kam qo‘llanilmoqda.
Intizomiy javobgarlik, unga tortish va qo‘llash choralari O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi talabi asosida amalga oshiriladi.
Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik asosan shifobaxsh o‘simliklardan foydalanishda, ularning tibbiyot sohasidagi ahamiyatini hisobga olib terilayotganda, saqlashda, quritib olinayotganda etkazilgan zarar asosida paydo bo‘ladi. Ushbu sohadagi javobgarlikning asosiy mazmuni etkazilgan zararni qoplash, ya’ni to‘lash (qaytarish) sharti bilan belgilanadi. Ular quyidagi hollarda aks etish mumkin: – o‘simliklarning asosiy manbai bo‘lgan adir, sahro va o‘rmonlarni yong‘in xavfidan saqlash, ularni ekologik muhofaza qilish qoidalarinibuzish; – shifobaxsh o‘simliklarga zararkunandalarcha munosabatda bo‘lish, ularni ildizi bilan qo‘porish, hali etilmagan paytida molga edirib yuborish, payhon qilish; – o‘simliklar kasalliklarining oldini olmaslik, tushuntirish ishlarini yo‘lga qo‘ymaslik, o‘simliklar karantini, shuningdek, fizikaviy, kimyoviy va biologik usullardan foydalanish qoidalarini buzish. 173
Bu qoidalarni buzuvchilar ko‘pincha dam olishga chiqqanlar, mevalar va shifobaxsh o‘simliklarni yig‘uvchilar bo‘lishi mumkin.
SHunday «sayyohlar» ham uchraydiki, ular o‘simliklarni sindirib gulxan yoqadilar, daraxtlarni kesib, o‘t-o‘lanlarni payhon qiladilar, dam olgan erlarini iflos qilib ketadilar. Bu esa o‘rmon kompleksining buzilishiga olib keladi. O‘simliklar dunyosidagi o‘zgarishlar hayvonot olamiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi: sayroqi qushlarning yo‘qolishi, zararkunandalarning paydo bo‘lishi, kemiruvchilarning ko‘payishi hududni epidemik jihatdan dahshatli holatga olib kelishi mumkin. Tabiatga mutlaqo zarar etkazmay uzoq vaqt dam olish uchun sayyohatni rejalashtirish va to‘g‘ri tashkil qilish katta ahamiyatga ega.
Alohida qayd etish o‘rinliki, respublikaimizda o‘simliklarning noyob turlari yo‘qolib ketishiga asosiy sabab chorva mollarini rejasiz ravishda boqishdir. CHorva mollari o‘simliklarni, ayniqsa daraxtlarni zararlaydi, ular ko‘p bo‘lgan joylarda o‘simliklarning gullashi, changlanishi, urug‘ hosil qilish jarayoniga zarar etadi.
Keltirilgan har qanday zararni moddiy o‘ndirish mumkin, ammo shifobaxsh o‘simliklarni va ularning tabiat go‘zalligidagi o‘rnini qaytarib bo‘lmaydi.
SHartnoma va bitimlarni buzish oqibatida o‘simliklar dunyosiga etkazilgan mulkiy zararni qoplash, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi talablari asosida amalga oshiriladi. 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida ekologik huquqbuzarliklar uchun ma’muriy huquqiy jazo qo‘llash ko‘rsatilgan. Jumladan, ushbu kodeksning 81-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining «Qizil kitobi»ga kiritilgan o‘simliklarni yoxud shunday o‘simliklarning ildizlari, poyalari, shoxlari, barglari, gullari, mevalari va urug‘larini o‘zboshimchalik bilan yig‘ish – fuqarolarga eng kam ish haqining ikkidan bir qismidan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, ikki baravaridan besh baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan etti baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Zero, mazkur kodeksning 89-moddasida o‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq sodir etilgan boshqa ekologik huquqbuzarliklar uchun ham jazo chorasi mavjudligi belgilangan. 174
O‘simliklarni himoya qilish vositalarini, ya’ni ularning o‘sishini tezlashtiruvchi vositalarni, mineral o‘g‘itlar va boshqa dorilarni tashish, saqlash va qo‘llash qoidalarini tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga yoki o‘simliklar, hayvonot dunyosini yo‘q qilib yuborilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tarzda buzish – fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan bir qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, bir baravaridan uch baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi. Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa yoxud tuproq, suv, atmosfera havosining ifloslanishiga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga zarar etishiga olib kelsa – fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa, uch baravaridan etti baravari miqdorida jarima solinishiga sabab bo‘ladi.
Qayd qilish o‘rinliki, hozirgi paytda har qadamda o‘simliklar dunyosiga nisbatan vahshiyona munosabatda bo‘lish hollari uchraydi-yu, ammo tegishli choralar qo‘llanilmaydi. Maqsadimiz jarima solish emas, bebaho o‘simliklar va nabotot olamini ko‘paytirish hamda o‘zligicha saqlab qolishdir.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling