Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Atmosfera havosini tirik mavjudot hayotidagi ahamiyati
- 2-§. Atmosfera havosini muhofaza qilishning hozirgi holati
- 3-§. Atmosfera havosini muhofaza qilishning ekologik-huquqiy tadbirlari
- 4-§. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlar va davlat hisobini yuritish
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 1. O‘rmonlarning jamiyat va inson hayotidagi ekologik ahamiyati qanday? 2. O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonlardan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari nimalardan iborat? 3. O‘rmonlardan foydalanish huquqi nima va uning mazmuniga nimalar kiradi? 4. O‘rmon boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat boshqaruvi qanday olib boriladi? 212
5. O‘rmon boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish sohasida davlat nazorati nimalardan iborat? 6. O‘rmon to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun qanday yuridik javobgarliklar nazarda tutilgan? 7. Ichki ishlar organlarining o‘rmonlarni muhofaza qilishdagi o‘rni va vazifalarini aytib bering. 213 XI BOB ATMOSFERA HAVOSINI MUHOFAZA QILISHNING EKOLOGIK- HUQUQIY HOLATI 1-§. Atmosfera havosini tirik mavjudot hayotidagi ahamiyati Suv, zamin, quyosh va havo hayot manbaidir. Havoning ifloslanishi odam, hayvon organizmiga, o‘simliklar va boshqa tirik mavjudotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham Abu Ali ibn Sino, agar havoda tutun bilan chang bo‘lmaganda odamlar ming yil yashar edi, deb bejiz aytmagan. SHuni ta’kidlash lozimki, insonning yashashi uchun eng asosiy narsa havodir. Odam oziq-ovqat emasdan besh haftagacha, suvsiz besh kungacha chidashi mumkin. Havosiz esa, ko‘pi bilan besh minutga chidaydi. Ammo odamning normal yashashi uchun havoning o‘zigina etarli emas, u ma’lum tarkibga ega bo‘lishi, toza holatda saqlanishi zarur. Toza, musaffo havo deganda biz nimani tushunamiz? Hammamizga yaxshi ayonki, er yuzidagi butun mavjudot havo bilan tirik. Havo inson uchun suv va quyoshdek mo‘‘tabar va aziz! Ona sayyoramizda hayotning mavjudligi ham er atmosferasida yashash uchun eng zarur omil bo‘lgan kislorodning etarli miqdorda borligidir. Biz havodan nafas olganimizda kislorod nafas yo‘llari orqali organizmimizga singadi, modda almashuvi singari murakkab ichki bioximik jarayonlar yuz beradi. Odam bir kecha-kunduzda tashqi muhitdan 20 kub metr havo oladi. Uning o‘pkasi minutiga 16-20 martagacha havo yutib, havo chiqaradi. Ma’lumki, odamning o‘pkasi orqali bir minutda o‘rta hisobda 12 litr havo o‘tib turadi. Bir kecha-kunduzda esa 17 ming 290 litr havo o‘tadi. Bu esa 23 kilogrammni tashkil etadi. Demak, odam havoni ovqatga nisbatan 4-5 baravar ko‘p iste’mol qiladi. Abu Bakr Roziy ta’kidlaganidek, tabiatning beqiyosligini tan olmoq kerak. Kishining qanchalik sog‘lom, nosog‘lom bo‘lishi havo, iqlim va yashash tarziga bog‘liqdir. Tadqiqotchi olimlarning ma’lumotlariga qaraganda, Amerikaning eng yirik sanoat shaharlari – Los-Anjelosda havo atmosferasiga har kuni 9 ming tonna, Nyu-Yorkda 10 ming tonna214 miqdorda gaz isi chiqarib tashlanadi. Nyu-Djersi shahrining havo atmosferasi tarkibida 44 xil kimyoviy modda borligi aniqlangan. Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunda jahon mamlakatlarida 320 mln.dan ziyod avtomobil harakatda. Avtomobil motoridan havoga chiqadigan gazlar tarkibida esa 200 xil turli zaharli kimyoviy moddalar borligi o‘rganilgan. Atmosferaga chiqit chiqarilishini kamaytirish maqsadida chiqariladigan gazlarni tozalashning yuqori samarali vositalarini qurgan holda aspiratsiya sistemalarini markazlashtirish, shu jumladan eskirgan tozalash apparatlarini modernizatsiya qilish va yangilari bilan almashtirish, yangi texnologiya sxemalarini joriy etish, zararli moddalar hosil bo‘lishini kamaytirish metodlarini joriy qilish, mayda qozonxonalarni tugatish, atmosferani bulg‘atuvchi moddalar chiqarilishini boshqarish va nazorat qilishni avtomatlashtirilgan sistemalarini ishlab chiqish va joriy etish zarur, 2005 yilgacha atmosferaga chiqariladigan iflos gazlarni 60-65 % kamaytirish kerak. SHahar va sanoat markazlarida daraxtzorlarni ko‘paytirish, yashil xiyobonlar sonini oshirish zarur. Olimlarimiz katta ko‘cha bilan turar joy binolari orasida butalarni ikki qator qilib o‘tqazishni tavsiya qilayaptilar. Bizda paxta tozalash zavodlari havoni iflos qiladigan asosiy manbalardan biri hisoblanadi. Paxta zavodlaridan chiqadigan chang tarkibida 15 – 32 % silitsiy oksid, 39 – 58 % silikat bo‘ladi. Bular organizm uchun zararli. SHuning uchun mavjud paxta zavodlarida chang tutgich moslamalarni ko‘paytirish, ularning eng samarali xillarini yaratish lozim. CHunki havoning musaffoligi tabiat muvozanatining, inson salomatligining garovidir. SHu o‘rinda yozuvchi Pavlenkoning «Baxt» asarida shifokor tilidan roman qahramoniga aytilgan quyidagi so‘zlarni keltirish mumkin: «Sizning dardingiz oddiy doriga – havoga muhtoj. U qancha mo‘l bo‘lsa, shuncha yaxshi, uyquda ham, bedorlikda ham. Sof havo sizning u yog‘ingizdan kirib bu yog‘ingizdan chiqsin, har bir hujayrangizni yuvsin. Ochiq havoda ovqatlaning, uxlang ham. SHunday qilib cheklanmagan miqdorda havo qabul qiling», – deb bejizga aytmagan. 2-§. Atmosfera havosini muhofaza qilishning hozirgi holati215 Tirik mavjudodning yashash manbai bo‘lgan havoni (atmosferani) muhofaza qilish, uni sof holda saqlash hamma fanlarning asosiy vazifasidir. Odamlar tabiatni (havoni) muhofaza qilish tabiatshunoslik, biologiya, geografiya, fizika, kimyo va boshqa fanlarning vazifasi deb biladilar. Boshqa fanlar qatori tabiat boyliklarini, havoni muhofaza qilishda huquqshunoslik fanining ham ahamiyati benihoya ulkandir. Huquqshunoslik fanida havoni huquqiy muhofaza qilish masalasiga 1970 yillarning oxiri – 1980 yillarning boshiga kelib e’tibor berila boshlandi. Ko‘rinib turibdiki, biz tabiat muhofazasi, havoni (atmosferani) huquqiy muhofaza qilish masalasiga e’tiborsizlik bilan ancha kechikib muomalada bo‘lganmiz. Respublikaimiz miqyosida havoni huquqiy muhofaza qilish masalasiga alohida e’tibor berilmagan. Olimlarimiz tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar ko‘p-u, ammo olib borilayotgan ishlar talab darajasida emas. Hozircha biz ayrim jurnal va gazetalarda chiqayotgan maqolalar bilan cheklanib qolyapmiz. Respublikamiz misolida havoni huquqiy muhofaza qilish masalasiga bag‘ishlangan deyarli birorta ilmiy ishni ko‘rsatish qiyin. Oddiy bir misol, respublikaimizda transport vositalaridan chiqqan zaharli gazlar bir yilda har bir kishi hisobiga 203 – 208 kilogrammdan to‘g‘ri kelar ekan. Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi mamlakat miqyosida 450 dan ortiq shaharga havoni tekshirish uchun doimiy nazorat punktlari o‘rnatgan. Tekshirishlar natijasida havosining iflosligi bo‘yicha Toshkent shahri eng oldingi o‘rinlarda turishi aniqlangan. Ko‘rinib turibdiki, atrof muhitning ekologik holati va hududlar ekologik muvozanatining buzilishi ko‘p jihatdan atmosfera havosining tarkibiga hamda uning turli ishlab chiqarishlar ta’siridagi salbiy o‘zgarishlarga bog‘liqdir. Bu o‘zgarishlar sayyoraviy, regional va topologik (mahalliy) masshtabda ro‘y beradi. O‘zbekiston hududining o‘ziga xos tabiiy xususiyatlari uni ekologik xo‘jalik rayonlariga ajratishga va har bir rayon er usti atmosfera havosining ifloslanish potensialini aniqlashga imkon berdi. Atmosfera havosining ifloslanishini bunday ilmiy bashorat qilishda, asosan shamollarning takrorlanishi, qancha vaqt surunkali esishi, turbulentlik koeffitsienti va boshqa xil ko‘rsatkichlardan foydalanildi. SHunda er yuzasida atmosfera havosining ifloslanish potensiali (AHIP) respublika hududida 2,4 dan 3,3 gektargacha o‘zgarishi qayd qilindi. CHunonchi, bu ko‘rsatkich Ustyurda 2,4–2,7 gektar, Quyi Amudaryoda 2,6–3,0 gektar, Qizilqumda 2,7 gektar, Quyi Zarafshonda 2,7–3,0 216 gektar, CHirchik-Ohangaron rayonlarida 3,0–3,3 gektar, Mirzacho‘lda 2,7–3,3 gektar, Farg‘ona vodiysida 3,0–3,3 gektar, Samarqand rayonida 2,7–3,3 gektar, Qashqadaryo havzasida 2,7– 3,3 gektar, Surxondaryo havzasida esa 2,7–3,3 gektarga teng. CHirchiq-Ohangaron va Farg‘ona vodiysi rayonlarida atmosfera havosi ifloslanish darajasining kattaligiga sabab, bu erdagi hududiy ishlab chiqarish majmualari nisbatan rivojlanganligi, avtotransport harakatining ko‘pligi, tog‘-kon sanoatining salbiy ta’siri va qishloq xo‘jaligida zararli ximikatlardan ortiqcha foydalanishdadir. Ayni vaqtda, bu joylarda ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytirish yoki zararsizlantirish tadbirlari sust olib borilgan. 1990-yillar ma’lumotlariga ko‘ra, respublikada havoni bulg‘ayotgan 35 0 00 doimiy manba bo‘lib, ularning yarmiga yaqinigina chang va turli xil zararli gazlarni tutib qoluvchi va tozalovchi moslamaga ega, bu moslamalarning 4,1 qismi esa buzuq yoki samaradorligi juda past. Atrof muhitning me’yordan ortiq ifloslanishi yirik shaharlarga xos. O‘zbekiston Respublikasida Olmaliq, Farg‘ona, Bekobod, Andijon, Ohangaron, Angren, Toshkent, Samarqand, Navoiy shaharlari atmosfera havosi eng ko‘p ifloslangan shaharlar jumlasiga kiradi. O‘zbekistonda er usti havosining ifloslanishi 1983 yilda eng yuqori darajaga etib, so‘nggi yillarda ahvolning birmuncha yaxshilanganligi qayd qilingan. Sanoat shaharlarida havoni ifloslantiruvchi asosiy moddalar oltingugurt II-oksidi va azot oksididir. Atmosfera havosini buzuvchi omillardan yana biri, tobora rivojlanayotgan avtomobil transporti hisoblanadi. Avtotransportlarni yangi, ekologik bezarar yoqilg‘i turlariga o‘tkazish, tejamli dvigatellarga o‘tish, ko‘chalar chetiga ko‘plab daraxtlar ekish hamon atrof muhit holatini yaxshilashning muhim muammolari bo‘lib qolmoqda. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, qishloq joylarda atmosfera havosini ifloslantiruvchi asosiy omil qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan turli xil uchuvchan kimyoviy moddalar bo‘lsa, yirik shaharlarda esa shahar transportidir. CHunonchi, poytaxtimiz atmosfera havosining ifloslanishida shahar transportining hissasi 80 %dan ortadi. Umuman respublika bo‘yicha, atmosferaga hanuz yiliga 2,41 mln. tonnaga yaqin zararli moddalar chiqarib yuborilmoqdaki, bular atmosfera havosinigina emas, balki suv, tuproq, inson, o‘simlik va hayvonot dunyosiga ham ma’lum darajada zarar etkazmoqda. SHuning uchun ham, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ta’kidlaganidek, havo bo‘shlig‘ining ifloslanishi ham217 respublikada ekologik xavfsizlikka solinayotgan tahdiddir. Mutaxassislarning ma’lumotlariga qaraganda, har yili respublikaning atmosfera havosiga 4 mln. tonnaga yaqin zararli moddalar qo‘shilmoqda. SHularning yarmi uglerod oksidiga to‘g‘ri keladi, 15 % ni uglevodorod chiqindilari, 14 % ni oltingugurt qo‘sh oksidi, 9 %ni azot oksidi, 8 %ni qattiq moddalar tashkil etadi va 4 %ga yaqini o‘ziga xos o‘tkir zaharli moddalarga to‘g‘ri keladi. Atmosferada uglerod yig‘indisining ko‘payib borishi natijasida o‘ziga xos keng ko‘lamdagi issiqxona effekti vujudga keladi. Oqibatda Er havosining o‘rtacha harorati ortib ketadi. Arid mintaqasida joylashgan O‘zbekiston Respublikasida tez-tez chang bo‘ronlarini qo‘zg‘atib turuvchi, atmosferani chang-to‘zonga chulg‘atuvchi Qoraqum va Qizilqum sahrolaridek yirik tabiiy manbalar mavjud1. Bemalol aytish mumkinki, bu sohada maxsus qonunlar qabul qilingan, mahalliy ma’muriy organlar tomonidan esa ko‘plab qarorlar chiqarilmoqda, afsuski natijasi havo halokatini oldini olishga qodir emas. Albatta, bunday noxush holatlarning sababi, qonunning kuchi, ta’siri yo‘qligi, odamlarning ekologik tushunchalari past darajada ekanligidadir. SHuni ham aytish lozimki, respublikaimizda 2005 yilgacha bo‘lgan «Tabiatni muhofaza qilishga oid davlat dasturi» ishlab chiqildi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tuzilib, unda 26 nafar deputat faoliyat ko‘rsatayotir, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va uning viloyat bo‘limlari ishlab turibdi, lekin shaharlarimizda, musaffo osmonimizda kundan-kunga zaharli gazlar ko‘payib, ajal urug‘i sepilayotir. Balki buning sabablaridan yana biri hozir ham eski buyruqbozlik, xo‘jako‘rsinga ishlashlardir. O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining aholi o‘rtasida o‘tkazgan tadqiqotiga ko‘ra, odamlarning ekologiya, tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni bilmaydigan qismi 41 % ni tashkil qilar ekan. Respublikaimizda aholining 80 % o‘z sog‘lig‘ining buzilishini ekologik holatni, er, suv, havo tarkibini buzilishida deb bilmoqdalar. 1 Qarang: Karimov I. A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T., 1997. 129-b. 218 Xullas, mutaxassislarning ma’lum qilishicha, «beshinchi okean» deb ataluvchi sayyoramiz atmosferasining zaharli moddalar bilan ifloslanishi, keyingi yillarda keskin tus olgan. E’tibor beraylik, erda, osmonda, er osti boyliklarida ma’lum miqdorda chegara mavjud, ammo havo va suvda chegaraning ahamiyati yo‘q, keling havoni muhofaza qilaylik, o‘zimizni-o‘zimiz avaylab kelajakni saqlaylik, halokatni oldini olaylik. 3-§. Atmosfera havosini muhofaza qilishning ekologik-huquqiy tadbirlari Havoni muhofaza qilish maqsadida ekologik-huqukiy tadbirlarni belgilash va kuchaytirish ham davlatimizning ekologik siyosatini belgilaydi. O‘zbekistondagi mavjud ekologik vaziyat yaxshilanmoqdami? Aytish mumkinki, bu muammo, jumladan havoni muhofaza qilish ishi, ilgarigidek turibdi. Biz gaz va chang bilan ifloslangan havodan nafas olayapmiz, salomatlikka zararli bo‘lgan, tarkibi turli xil zararli moddalarga boy suvni ichmoqdamiz, ko‘z oldimizda daraxtlar ko‘rib qolmoqda, bolalar tez-tez kasal bo‘lib, inson umrining qisqarishi pasayib ketmoqda. Keyingi yillarda atmosfera havosining tozaligi ustida nazoratning kuchaytirilishi, korxonalarda texnologiya jarayonlarining takomillashtirilishi, havo tozalagich moslamalardan ko‘plab foydalanish, mutaxassislarning ekologik ongi va mas’uliyatining oshishi, «Ekosan» xalqaro ekologik va salomatlik jamg‘armasining hamda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining faol sa’y-harakati natijasida O‘zbekiston Respublikasida bir qancha ijobiy siljishlar ro‘y bermoqda. SHuni ta’kidlash lozimki, bu sohada juda katta ishlar qilinib, 1998 yil 7 mayda O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi qabul qilindi. Ushbu qonun IV bo‘lim, XV bob, 135 ta moddadan iborat bo‘lib, havoni muhofaza qilishga doir yangi huquqiy tadbirlarni belgiladi. Mazkur qonunning 3-moddasiga asosan, «O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi davlat manfaatlarini himoya qilish, havo kemalari parvozi xavfsizligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligi va fuqarolarining ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida aviatsiya faoliyatini hamda samoviy hududdan foydalanish bilan bog‘liq boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi». 219 Bundan tashqari, atmosfera havosini huquqiy muhofaza qilish Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining, Davlat boshqaruvi va nazorati bosh inspeksiyasining tegishli buyruqlari hamda boshqa qonunlar bilan huqukiy ekologik muhofaza qilinadi. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 20-moddasida atmosfera havosidan foydalanish shartlari va talablari aniq ko‘rsatib berilgan. Ushbu qonunda, «Atmosfera havosi deyilganda O‘zbekiston Respublikasi hududi ustidagi havo bo‘shlig‘i tushuniladi. Havodan foydalanishda muayyan hudud havosining sifatini o‘zgartirmaslik, uni belgilangan normativlardan ortiq darajada ifloslantirmaslik yoki siyriklashtirmaslik sharti bilan yo‘l qo‘yiladi. Xalqaro bitimga muvofiq, vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, xususiy shaxslar ozon qatlamiga zararli ta’sir etuvchi kimyoviy moddalar ishlab chiqarish hamda bunday moddalardan foydalanishni qisqartirishlari va kelgusida batamom to‘xtatishlari shart», – deb yozib qo‘yilgan. Mazkur qonun kishilarga yaxshi turmush sharoitlari yaratish – mehnat qilish, dam olish, sog‘ligini saqlash uchun zarur sharoit ta’minlash, moddiy ishlab chiqarish va madaniyatni yanada rivojlantirish uchun atmosfera havosining holatini yaxshi saqlash, uning tiklanishi va yaxshilanishiga qaratilgan. Qonunda mustaqil O‘zbekiston davlati atmosfera havosi ifloslanishining va unga ko‘rsatiladigan boshqa zararli ta’sirlarning oldini olish va bartaraf qilishga qaratilgan, ilmiy jihatdan asoslangan texnik, iqtisodiy, sotsial va boshqa kompleks tadbirlarni o‘tkazadi, shuningdek, bu sohada xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, deb aniq ko‘rsatilgan. Atmosfera havosini muhofaza qilishning asosiy manbai bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida 1996 yil 27 dekabrda qabul qilingan «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonun hisoblanadi. Unga asosan, atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‘lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasida atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston220 Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi. Qabul qilingan «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining asosiy vazifalari nimalardan iborat? Mazkur qonunning 3-moddasiga muvofiq, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: – atmosfera havosining tabiiy tarkibini saqlash; – atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish; – davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish. YUqoridagi qonunning 4-moddasiga ko‘ra, fuqarolar hayot va sog‘lik uchun qulay atmosfera havosiga ega bo‘lish, atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida o‘z vaqtida va ishonchli axborot olish, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda fizikaviy omillarning atmosferaga zararli ta’sir ko‘rsatishi orqali o‘zlarining salomatligiga hamda mulkiga ziyon etkazilgan hollarda zararni undirib olish huquqiga egadirlar. Fuqarolar atmosfera havosini avvaylashlari, uning ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillar zararli ta’sir etishiga olib keluvchi harakatlarni qilmasliklari shart. Albatta bu tadbirlar barcha tabiat boyliklari qatori, atmosfera havosidan oqilona foydalanish, uni ifloslanishdan saqlash uchun asosiy huquqiy tadbirlardir. Ekologik muammo naqadar dolzarb, shuning uchun ham atmosfera havosini huquqiy muhofaza qilish, uni ifloslanishiga qarshi chora-tadbirlar belgilash, musaffoligini ta’minlash masalasi «O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida»gi qonunning 12-moddasida o‘z aksini topgan. Unda barcha korxonalar havoga zaharli gazlar, chiqindilar, tutunlar va ximiyaviy moddalar chiqarganliklari uchun qonun oldida javobgarligi belgilangan. SHuning uchun ham «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 17-moddasi talablarini, ya’ni atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ta’mirlaydigan va ularga texnik xizmat ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar ishlatilgan gazlardagi221 ifloslantiruvchi moddalar miqdorining hamda ularning fizikaviy omillari zararli ta’sir ko‘rsatishining normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni ta’minlashiga oid vazifalarini ham o‘z vaqtida bajarishlari lozim. 4-§. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlar va davlat hisobini yuritish Atmosfera havosidan foydalanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar o‘z vaqtida atmosfera havosini muhofaza qilishlari va undan davlat standarti talabi asosida foydalanishlari shart va zarur. SHuning uchun ham, «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunga asosan, ular bir qator majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarishlari lozim. Ushbu qonunning 24-moddasiga ko‘ra, barcha korxona, muassasa va tashkilotlarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari quyidagilardan iborat. – faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalar chiqarish; – atmosferaga chiqarilgan chiqindilarni tozalash va zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish uchun inshootlar, asbob-uskunalar va apparaturalardan, shuningdek, ular ustidan nazorat qilish vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish; – xo‘jalik ob’ektlari tevaragida sanitariya muhofaza zonalari barpo etish; – chiqindilar chiqarishni hamda zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish; – chiqariladigan chiqindilar hamda fizikaviy omillar zararli ta’sirining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga rioya qilish ustidan nazorat o‘rnatish, ularning hisobini yuritish va belgilangan tartibda statistika hisobotini taqdim etish; – energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rish; – meteorologiya sharoitlari noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni kamaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda chora-tadbirlar ko‘rish; 222 – korxonalar va transport kommunikatsiyalarining ta’sir doirasida atrof muhitga hamda aholi salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatilishini baholash; – kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar hamda bug‘lanuvchi birikmalarni saqlash, foydalanish va ulardan bo‘shagan idishlarni zararsizlantirish shartlariga rioya qilish; – atmosferaga birvarakayiga yoki avariya tufayli chiqindilar chiqishi, yashirin xavfli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek, atmosfera havosining chegaralararo ifloslanishini kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish; – chiqindilarni yo‘q qilishni ta’minlash hamda ular to‘planib qolganida va qayta ishlanayotganida atmosfera havosini ifloslanishining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish. Atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish tuproq, suv va atrof-tabiiy muhitning boshqa ob’ektlari ifloslanishiga olib kelmasligi lozim. Mazkur qonunga asosan, atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun ma’lum to‘lov to‘lash tartibiga ham rioya qilish talab etiladi. Qonunning 25-moddasiga ko‘ra, atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar korxona, muassasa va tashkilotlardan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartib va miqdorda undirib olinadi. Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni chiqarganlik, unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatganligi hamda atmosfera havosidan foydalanganlik uchun to‘lovlar to‘lash korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni havoni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarishdan va etkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish tartibini aniq belgilash ham katta ahamiyatga ega bo‘lib, qonunda o‘z aksini topgan. Quyidagilar davlat tomonidan hisobga olinishi zarur: – atmosfera havosining holatiga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan yoki zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar; – foydalanilayotgan atmosfera havosining hajmlari; – atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalarning turlari va miqdori; – atmosfera havosiga fizikaviy omillar ko‘rsatadigan zararli ta’sirning turlari va hajmlari. Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi223 tomonidan belgilanadigan tartibda, yagona tizim bo‘yicha amalga oshiriladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling