Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Download 1.58 Mb.
|
Intizomiy-huqukiy javobgarlik. Intizomiy javobgarlik ishchi va xizmatchilarni, mansabdor shaxslarni mehnat qilish jarayonida bajarishi kerak bo‘lgan majburiyatlarini bajarmaslik, qabul qilingan farmon, qaror, buyruq va ko‘rsatmalarga amal qilmaslikdan kelib chiqadi.
Intizomiy javobgarlik asosan, atmosfera havosini muhofaza qilish haqidagi huquqiy normalarni bajarmaganlik uchun korxona, muassasa va tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi. Atmosfera havosi haqidagi qonunlarni buzganlik uchun intizomiy javobgarlik u sodir etilib aniqlangandan keyin 1 oy ichida qo‘llanishi lozim. Agar ishchi, xizmatchi kasal yoki dam olishda bo‘lsa, bu vaqt hisobga kirmaydi. Intizomiy javobgarlikka tortilgan fuqaro berilgan jazodan norozi bo‘lsa, u 1 hafta ichida sudga yoki boshqa «Mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi komissiya»ga murojaat qilishi mumkin. Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzganlik uchun, tabiatni muhofaza qilish qoidalariga e’tibor231 bermaganlik va ularni bajarmaganlik uchun, tegishli reja va tadbirlarni amalga oshirmaganlik uchun korxona, muassasa yoki tashkilot rahbari mukofotdan to‘liq yoki qisman mahrum etiladi. O‘zbekiston Respublikasining 1995 yil 21 dekabrda qabul qilgan Mehnat kodeksiga asosan, atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun va talablarni buzganlik uchun quyidagi intizomiy jazolar qo‘llaniladi: 1) hayfsan; 2) o‘rtacha oylik ish haqining 30 % dan ortiq bo‘lmagan miqdordagi jarima. Ichki mehnat tartibi qoidalariga ko‘ra, xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 50 % dan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari ham nazarda tutilishi mumkin. Xodimning ish haqidan jarima ushlab qolish ushbu kodeksning 164-moddasi talablariga rioya qilingan holda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi; 3) mehnat shartnomasini bekor qilish (110-moddaning 2-qismi 3 va 4-bandlari). Ushbu moddada nazarda tutilmagan intizomiy jazo choralarini qo‘llash taqiqlanadi. SHunisi e’tiborliki, mazkur masala yuzasidan intizomiy jazo berilgani to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) yoki qaror xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling