Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet57/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63
Karimov I. A. BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasidagi nutqi // Xalq so‘zi. 1993. 1 okt. 271
O‘zbekiston Respublikasida tabiatni huquqiy ekologik muhofaza qilish – bu yangi takomillashgan texnologiyalar asosida chiqindisiz ishlab chiqarishni joriy etish; tozalash inshootlarini to‘xtovsiz, ekologik xavfsiz ravishda ishlatish; er resurslaridan oqilona foydalanib, uni ifloslantirmaslik, o‘simlik, o‘rmon va hayvonot dunyosini ko‘z qorachig‘idek saqlash, havoni ifloslanishdan saqlash; tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish, tiklash demakdir. Bularning hammasi fuqarolar huquqiy ekologik ongi va madaniyatining shakllanishi hamda hayotga tatbiq etilishiga bog‘liq.
Demak, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish, ularni asrash va ularga insoniy munosabatda bo‘lish har birimizning burchimizdir. Keskinlashib borayotgan ekologik muammolarni faqat ekologik bilimlarni egallash va ekologiya to‘g‘risidagi qonunlarni amalga oshirish yo‘li bilangina hal qilish mumkin.
Ayniqsa, hozirgi paytda «Ekologiya huquqi» fani o‘tilayotgan oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunini, boshqa yangi qonunlarni, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorlar va Prezidentimiz e’lon qilgan barcha farmonlarni tushuntirish ekologik xavf-xatarni oldini oladi hamda fuqarolar va yoshlarning huquqiy ekologik savodxonligini oshiradi. Bu o‘rinda AQSH, Germaniya, Angliya, YAponiya, SHveysariya, Fransiya kabi mamlakatlarning ekologiya muammolarini hal qilishga qaratilgan tajribalaridan foydalanish zarur. 4-§. Ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyani olib borishda oilaning o‘rni hamda ahamiyati O‘zbekiston istiqlolning ilk kunlaridanoq huquqiy demokratik davlat, adolatli fuqarolik jamiyati qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarning mohiyatiga aynan shu maqsad singdirildi. Ushbu maqsadning amalga oshishi har bir fuqaro, har bir oilaning huquqiy ekologik ta’lim va tarbiya olib borishi hamda uni samarali tashkil etishi bilan bevosita bog‘liq. Bu vazifani ijobiy hal etish esa yoshlarimizdan huquqiy ekologik tarbiyalashning barcha tizimlari bo‘yicha katta mushohada yuritishni talab qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida, «Ota-onalar o‘z farzandlarini voyaga etgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdilar», deb ko‘rsatilishi ham har bir272
oilada yoshlar tarbiyasini hozirgi davr talabi darajasida olib borishni taqozo qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov xalq deputatlari Xorazm viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Bizning kelajagimiz, eng katta ishonchimiz, madad-tayanchimiz – bu o‘sib kelayotgan yosh avloddir.
Men o‘z taqdirimni ham, mamlakatimiz va mustaqilligimiz taqdiri va kelajagini ham ana shu yoshlar qiyofasida, ularning pok kalbi, erkin tafakkuri, mustahkam irodasi va dunyoqarashida ko‘raman... Demak, aholiniig barcha qatlamlarida mafkuraviy, madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni izchil ravishda olib borish – bu zamon talabidir»1, – deb ta’kidlaganlari bevosita yoshlarimiz o‘rtasida ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyani har bir oilada olib borish muammosiga ham tegishlidir.
Ko‘rinib turibdiki, har bir oila va ushbu oilada o‘sib-ulg‘ayayotgan yoshlarimiz mustaqil davlatimizning huquqiy va ekologik siyosati hamda uning mazmunini, ekologik-huquqiy muammolar hamda ularni hal qilishning huquqiy-iqtisodiy tomonlarini yaxshi bilishlari, ekologik-huquqiy bilimlarga ega bo‘lishlari va jamiyat faoliyatining ekologik-huquqiy sohasida faol qatnashishlari zarur.
Ushbu muammoni O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni ham o‘zida mujassamlashtirgan.
Mazkur huquqiy hujjatlar hamda qo‘yilgan bir qator talablar O‘zbekistondagi 4,5 mln. dan ortiqroq oila oldiga umumiy ta’lim va tarbiyaning asosiy bir bo‘lagi sifatida huqukiy ta’lim va tarbiyani ekologik ta’lim va tarbiya bilan qo‘shib olib borish masalasini qo‘ymoqda. CHunki dastlabki ta’lim va tarbiyani olib borish jarayoni oilada vujudga keladi. SHuning uchun ham oilalarimizda huquqiy hamda ekologik ta’lim va tarbiyani uzviy olib borish yoshlarimizni mavjud qonunlarni bilib olishga hurmat qilish va ularga amal qilishga undaydi.
Huquqiy ta’lim va tarbiya hamda ekologik ta’lim va tarbiya asosan: oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktablarda (gimnaziyalarda), litsey, kollej, institut va universitetlarda olib boriladi. «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» deganlaridek, yoshlarimizning huquqiy va ekologik ta’lim-tarbiyasi ko‘proq oilada olib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
1
Karimov I. A. Millat qudrati hamjihatlikda. // Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T. 7. T., 1999. 359–360-b. 273
SHuning uchun ham 1998 yildan boshlab amalda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 65-moddasida bolaning oilada yashashi va tarbiyalanish huquqi, 73-moddasida esa ota-onaning bolalarga ta’lim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari alohida ko‘rsatildi.
Jumladan, Oila kodeksining 73-moddasida «Ota-ona o‘z bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular o‘z bolalarini sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishlari shart», deb ta’kidlanishi bejiz emas.
Oilada ekologik-huquqiy ta’lim quyidagi talablarni o‘z ichiga oladi: 1) oilada bolalarni tabiat go‘zalliklaridan estetik zavq olish, sevish ruhida tarbiyalash; 2) oilada ota-onaning g‘amxo‘rligi va bevosita harakati ostida bolalarning ekologik-huquqiy madaniyatni oshirish; 3) oilada yoshlarimizga tabiat va jamiyat o‘rtasidagi huquqiy munosabat hamda insonning tabiatga ta’siri masalasini tushuntirish; 4) yoshlarimizga inson tabiatning ongli bir mahsuli ekanligi va barcha qonunlarga amal qilishi lozimligini ham tushuntirib borish.
Ekologik-huquqiy tarbiya jarayoni ko‘proq olingan bilim va tushunchalar, ekologik-huquqiy saviya hamda boshqa me’zonlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Oilada ekologik-huquqiy tarbiya esa quyidagilarni o‘zida ifoda etishi mumkin: 1) yoshlarga tabiat boyliklari bo‘lgan er, er osti boyliklari, suv, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, o‘rmon va havo (atmosfera)dan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza etish lozimligini tushuntirish; 2) oilada ekologik-huquqiy tafakkur va ekologik-huquqiy ongni hosil qilish, tabiatga nisbatan mas’uliyatli bo‘lish va mehr-muhabbat ko‘rsatish; 3) yoshlarga ekologik o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish kerakligini tushuntirish, aks holda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini uqtirish; 4) ota-onalar tomonidan yoshlar ongida ekologik-huquqiy ma’naviyat va madaniyatni shakllantirish. Tabiatga zarar etkazmaslik, etkazilgan zarar yoki sodir etilgan huquqbuzarlik uchun yuridik javobgarlikning mavjudligini tushuntirish; 5) oilada ota-onalar tomonidan yoshlarga sodir etilgan yoki sodir etilishi mumkin bo‘lgan ekologik-huquqiy274
huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda ularning oldini olish shart ekanligini ham tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
YAngicha ekologik-huquqiy tafakkurni, ma’naviyat va madaniyatni shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 29 mayda qabul qilgan «Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 235-sonli qarori katta ahamiyatga egadir.
Ta’kidlash joizki, oilada huqukiy ekologik ta’lim va tarbiyaning olib borilishi hamda uning adabiyotlarda yoritilishi talab darajasida emas. Boshlang‘ich ekologik va huquqiy ta’lim-tarbiyaning berish va mustahkamlashda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofikdir: – ota-onalarning yoshlar o‘rtasida ko‘proq ekologik, huquqiy ta’lim va tarbiya mavzularida tushuntirish ishlarini olib borishlari; – mahallalarda yaxshi ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya olib borayotgan har bir oila tajribalarini yoritish, ularni ma’naviy rag‘batlantirish; – oilada oila ekologiyasi, inson ekologiyasi, yoshlar ekologiyasi nima ekanligini farzandlarga kengroq tushuntirish; – tabiat qo‘ynida oilaviy bo‘lib dam olish, bolalarda tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish hamda tabiatni muhofaza qilish va ekologik qonunlar haqida so‘zlab berish; – oilada olib borilgan ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyani maktabgacha tarbiya muassasalarida, maktab, litsey va kollejlarda davom ettirish va rivojlantirish; – yoshlar o‘rtasida ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiyani yanada kuchaytirish maqsadida «Ekologik-huquqiy ta’lim va tarbiya» maxsus kurslarini ochish hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Xullas, oilada ana shunday tadbirlarni olib borish yoshlarimizda ekologik-huquqiy tafakkurning yangi zamonaviy holatini shakllantirishga, ekologik-huquqiy ma’naviyat, madaniyat va tafakkur asoslarini barpo etishga katta hissa qo‘shadi. Oilada bolalarga ekologik-huquqiy ta’lim-tarbiya berish ularning kelajakda mas’uliyatli, jonkuyar insonlar bo‘lib etishishiga asos bo‘ladi. 275

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling