Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
Download 1.58 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-§. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni ekologik-huquqiy muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining o‘rni va vazifalari
Jinoiy-huquqiy javobgarlik. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonun va talablarni buzganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilangan. Ushbu javobgarlik boshqa javobgarlik turlariga nisbatan xavfli va og‘irroq holatda huquqbuzarlik sodir etilganda qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 204-moddasiga asosan, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish ko‘p miqdorda zarar etkazilishi yoki boshqacha259 og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq ishlari bilan jazolanadi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hudud yoki ob’ektlarni qasddan nobud qilish yoki ularga shikast etkazish ko‘p miqdorda zarar etkazilishi yoxud boshqacha og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa – eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima yoki olti oygacha qamoq yoxud besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. SHuni ta’kidlash o‘rinliki, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning ish tartibini ta’min etish masalalariga doir korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fuqarolar, davlat idoralari o‘rtasidagi nizolar sudlar, jumladan Xo‘jalik sudi tomonidan qarab chiqiladi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi tabiiy zaxiralardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalariga doir nizolar er, suv, o‘rmon, er osti boyliklari, atmosfera havosini muhofaza qilish, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan tartibda hal etiladi. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga doir munosabatlar bilan bog‘liq mulkiy nizolar qonunlarda belgilangan tartibda sud yoki Xo‘jalik sudi tomonidan hal etiladi. 8-§. Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni ekologik-huquqiy muhofaza qilishda ichki ishlar organlarining o‘rni va vazifalari O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlarining xodimlari alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni ekologik-huquqiy muhofaza qilishda alohida o‘rin tutadilar. Ichki ishlar organlari o‘zlarining huquqlari doirasida o‘zaro kelishilgan yoki shartnoma asosida: davlat qo‘riqxonalari, davlat milliy tabiat bog‘lari, davlat buyurtma qo‘riqxonalari va davlat tabiat yodgorliklarini, suvni muhofaza qilish mintaqalari (tegralari), kurort tabiiy hududlari, rekreatsion tegralar, botanika bog‘lari, dendrologiya bog‘lari, qo‘riqlanma (oraliq) tegralari, hayvonot bog‘lari, baliq xo‘jalik tegralari va boshqa hududiy ob’ektlarni qo‘riqlaydilar. SHuning uchun ham ichki ishlar organlarida qo‘riqlash (xizmati) bo‘linmasining mazkur sohadagi vazifalari ancha keng. Qo‘riqlash xizmatining ishi o‘z vaqtida sanitariya militsiyasi, yong‘indan260 saqlash va DYHXX xodimlari bilan ham bog‘liq bo‘lib, o‘z huquq jarayonida ular bilan birgalikda ish olib boradilar. Ichki ishlar organlarining xodimlari alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni ekologik-huquqiy muhofaza qilish davrida O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va IIVning bir qator normativ huquqiy hujjatlariga amal qiladilar. IIVning «Karantin-qo‘riqlash tadbirlari va sanitariya nazoratini ta’minlovchi militsiya bo‘linmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risidagi» 1997 yil 15 may buyrug‘i, «IIV Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin-qo‘riqlash tadbirlarini ta’minlovchi bo‘limi to‘g‘risidagi» 1997 yil 15 may buyrug‘i, «IIIning karantin-qo‘riqlash tadbirlari va veterinariya nazoratini ta’minlovchi militsiya bo‘linmalari haqidagi nizom», «O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi 1999 yil 17 yanvar buyrug‘i va boshqa huquqiy hujjatlar shular jumlasidandir. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling