Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir asosiy talablar


Download 1.58 Mb.
bet28/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63
2-§. Er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir asosiy talablar Er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir talablarni bajarish e’tiborga molik masaladir va u har qanday sharoitda er osti boyliklaridan oqilona foydalanishni va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilishni ta’minlaydi.
Er qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilishga doir asosiy talablar «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 35-moddasida aniq ko‘rsatilgan. Unga asosan, er qa’ridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilishning asosiy talablari quyidagilardan iborat:  er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish to‘la-to‘kis bo‘lishini va undan kompleks foydalanilishini ta’minlash;  foydali qazilmalarning o‘zboshimchalik bilan kavlab olinishiga va ular joylashgan maydonlarda imorat qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik;  foydali qazilmalar zaxiralarining davlat hisobi yuritilishini amalga oshirish;  foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash va geologik materiallarning davlat ekspertizasini o‘tkazish;  er qa’ridan asosiy foydali qazilma va u bilan birga joylashgan foydali qazilmalar hamda qo‘shilib chiqadigan foydali komponentlarning iqtisodiy jihatdan rentabelli zaxiralari mumkin qadar to‘liq chiqarib olinishini ta’minlash;  foydali qazilma konlarini suv bosishdan, suv chiqib ketib to‘lib qolishdan, yong‘indan hamda foydali qazilmalar sifatini va konlarning sanoat ko‘lamidagi ahamiyatini pasaytiruvchi `yoki ularni ishga solishni murakkablashtiruvchi boshqa omillardan muhofaza qilish;  er qa’rida konservatsiya qilib qo‘yiladigan foydali qazilmalar zaxiralarining, er qa’ridan foydalanish bilan bog‘liq ishlarni olib borishda kon qazishmalari, quduqlar va er osti inshootlarining saqlanishini ta’minlash; 136
 uglevodorodlar va ularni qayta ishlash asosida hosil qilingan mahsulotlarni, boshqa moddalar va materiallarni er ostida saqlashda, chiqindilarni saqlash va ko‘mishda, oqova suvlarni chiqarib tashlashda er qa’ri ifloslanishining oldini olish;  foydali qazilmalarni kavlab oluvchi korxonalarni va foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishni belgilangan tartibda o‘tkazish.
Er osti boyliklaridan foydalanish va mineral xomashyoni qayta ishlash bilan bog‘liq ishlarni bajarish loyihalari davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ekologiya ekspertizasidan o‘tkazish talab qilinmaydigan ishlar ro‘yxatini Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tasdiqlaydi.
Hayot talabi va ehtiyojlar shuni taqozo qilmoqdaki, foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda va unga yaqin joylarda imorat qurish holatlari sodir bo‘lmoqda. Mazkur maydonlarda imorat qurish bilan bog‘liq masalalar amaldagi «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunda o‘z aksini topgan. Jumladan, aholi punktlari, sanoat majmualari va boshqa xo‘jalik ob’ektlarini loyihalashtirish va qurishga imorat quriladigan uchastkaning er qa’rida foydali qazilmalar yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumot olinganidan keyingina ruxsat beriladi.
Aholi punktlari, sanoat ob’ektlari va boshqa ob’ektlarni joylashtirish uchun uchastkalar tanlashda bo‘lg‘usi imorat quriladigan uchastkaning er qa’rida foydali qazilmalar yo‘qligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining xulosasi kerak.
Alohida hollarda sanoat ko‘lamida o‘zlashtirishga topshirilmagan foydali qazilma konlari (keng tarqalgan foydali qazilmalarning konlari bundan mustasno) joylashgan maydonlarda imorat qurishga, shuningdek, bunday konlar joylashgan erlarda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan bog‘liq bo‘lmagan er osti inshootlarini joylashtirishga, konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari bilan kelishuvga muvofiq, er qa’ridan foydali qazilmalarni chiqarib olish imkoniyatlarini ta’minlanishi hisobga olingan holda, yo‘l qo‘yiladi (42-modda).
Amaldagi qonunchilik talablariga asosan, konchilik munosabatlari sohasida maxsus vakolat berilgan davlat boshqaruv organlari bilan kelishmasdan turib: – foydali qazilma konlariga tutash joylashgan, konlarni ishga solishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan maydonlarda; 137
– foydali qazilma konlariga tutash, ushbu konlarni ishga solishdagi portlatish ishlari va sodir bo‘ladigan siljishlarning xavfli va zararli ta’siri tarqalishi mumkin bo‘lgan maydonlarda imorat qurish mumkin emas.
SHuningdek, ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga molik er qa’ri uchastkalarini muhofaza qilish ham katta ahamiyatga ega. «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunning 43-moddasiga binoan, ilmiy, tarixiy, madaniy, estetik va boshqa ahamiyatga molik noyob tabiiy yoki sun’iy geologik jinslar, mineralogik hosilalar, paleontologik, arxeologik ob’ektlar hamda er qa’ri uchastkalari qonun xujjatlarida belgilangan tartibda alohida muhofaza etiladigan geologik ob’ektlar deb e’lon qilinishi mumkin.
Er qa’ridan foydalanilayotganda ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan ob’ektlar topilib qolsa, er qa’ridan foydalaniluvchilar er qa’rining tegishli uchastkasidagi ishlarni to‘xtatib turishlari hamda bu haqida litsenziya bergan organ va mahalliy davlat hokimiyati organlarini xabardor qilishlari shart.
SHunisi ajablanarliki, er osti boyliklari ko‘p bo‘lgan O‘zbekistonda ularni huquqiy muhofaza qilishga oid huquqiy adabiyot yoki ilmiy izlanishlar dearli yo‘q.
Respublikaimizda er osti boyliklaridan foydalanishda davlat nazorati talab darajasida emas. Bu vazifani bevosita shu soha bilan shug‘ullanayotgan, mineral xomashyo bazasini tashkil etayotgan va uning tabiiy geologik hamda iqtisodiy jihatlarini o‘rganayotgan geologiya tarmog‘i tashkilotlari zimmasiga yuklash maqsadga muvofiq.
O‘z navbatida, O‘zbekiston geologiya-qidiruv xodimlari respublika ravnaqi yo‘lida yoqilg‘i-energetika, qurilish industriyasi bazalarini mustahkamlash, qimmatbaho metallar va boshqa foydali xomashyo qazib oluvchi yirik sanoat kompleksi rayonlarida qazilma boyliklar zaxiralarini aniqlashni ko‘paytirish, suv ta’minotidagi bir qator katta muammolarni hal qilish yo‘lida izlanishlari lozim. CHunki bu masalaga respublikaimiz Prezidenti alohida e’tibor berib, 1991 yilda «O‘zbekiston Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risi»da alohida farmon qabul qildi. Bizningcha, bu tarmoqqa yangicha huquqiy maqom berilishi geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda barqarorlikka erishishni, eng muhimi esa, respublika ehtiyojlarini hisobga olgan holda, ekologik talablar asosida geologiya tarmog‘ining yuksalishini ta’minlaydi. 138
Xullas, er osti boyliklari va foydali qazilmalardan quyidagi shartlar asosida foydalanilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi: qazib olishda shu boyliklar va qazilma-resurslardan kompleks va oqilona foydalanilishini ta’minlash; atrof muhit, er osti boyliklari ifloslanishining oldini olish; foydali qazilmalarni kovlab olish chog‘ida holati o‘zgargan erlarni rekultivatsiya qilish; qayta tiklanadigan foydali qazilmalardan tabiiy qayta tiklanishiga erishiladigan darajadagina foydalanish va h.k. 3-§. Er osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishda davlat boshqaruvi Er osti boyliklaridan foydalanish va ularni ekologik-huquqiy muhofaza qilishda davlat boshqaruvi katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasining «Er osti boyliklari to‘g‘risida»1gi 2002 yil 13 dekabr qonunida ham ushbu masalaga alohida e’tibor berilgan. Jumladan, mazkur qonunning 7-moddasiga asosan, konchilik munosabatlari sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi konchilik munosabatlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organlari hisoblanadi. Konchilik munosabatlarini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy vazifalari: – mineral xomashyo bazasini rivojlantirishni ta’minlashdan; – foydali qazilmalarning asosiy turlarini qazib olishning hozirgi paytdagi va istiqbolga mo‘ljallangan hajmlarini belgilashdan; – er osti boyliklaridan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq va mineral xomashyoning ayrim turlariga narx belgilashdan; – er osti boyliklaridan foydalanish va uni muhofaza qilish, er osti boyliklarini geologik o‘rganish hamda mineral resurslardan oqilona foydalanish ustidan tekshiruv va nazorat tizimini tashkil etishdan iborat.
1
Qarang: Xalq so‘zi. 2003 yil. 23 yanvar139
Er osti boyliklaridan oqilona foydalanish va uni ekologik-huquqiy muhofaza qilish ustidan davlat boshqaruvi Vazirlar Mahkamasining asosiy diqqat-e’tiborida turadi, hamda u, qonunga asosan, bir qator vakolatlarga ega bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasining «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonuniga binoan, konchilik sohasida Vazirlar Mahkamasining quyidagi vakolatlari mavjud:  mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, er qa’rini muhofaza etish dasturlarini tasdiqlash hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qilish;  er qa’ri uchastkalarini foydalanishga berish va er qa’ri monitoringini amalga oshirish tartibini belgilash;  foydalanishga berilgan er qa’ri uchastkalarining davlat hisobi yuritilishini va er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini tashkil qilish;  foydali qazilmalar zaxiralarini tasdiqlash hamda foydali qazilmalar zaxiralari davlat balansi, foydali qazilma konlari, foydali qazilma belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri yuritilishi tartibini belgilash;  keng tarqalgan foydali qazilmalar ro‘yxatini tasdiqlash;  er qa’rini geologik jihatdan o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini tashkil qilish;  qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish (8-modda).
Er osti boyliklaridan foydalanish va uni ekologik-huquqiy muhofaza qilishda barcha organlar qatori mahalliy hokimiyat organlarining ham alohida o‘rni mavjud. Amaldagi «Er osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonunda, mahalliy davlat hokimiyati organlarining konchilik munosabatlari sohasidagi bir qator vakolatlarining ko‘rsatilishi katta ahamiyatga ega. Mazkur qonunning 9-moddasiga asosan, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga quyidagilar kiradi:  tegishli hududda mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va takror hosil qilish, er qa’rini muhofaza qilish davlat dasturlari ishlab chiqilishini va amalga oshirilishida ishtirok etish hamda ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;  keng tarqalgan foydali qazilmalar kavlab olinayotganda er qa’ridan foydalanish shartlarini kelishib olish; 140
 er qa’ridan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;  qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling