Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet23/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63
Fuqaroviy-huquqiy javobgarlik asosan er egalari va erdan foydalanuvchilarning ko‘rgan va etkazgan zararlarini qoplash bilan bog‘liq.
Bu masala O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 86-moddasida quyidagicha ko‘rsatilgan. Er egalari, erdan foydalanuvchilar, er uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga etkazilgan zararning o‘rni (shu jumladan boy berilgan foyda) quyidagi hollarda to‘la hajmda qoplanishi kerak: – er olib qo‘yilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilgan hollarda; – davlat qo‘riqxonalari, zakazniklar, milliy tabiat bog‘lari, tabiat yodgorliklari, madaniy-tarixiy yodgorliklar, suv havzalari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar tevaragida, 108
daryolar, kanallar, suv tashlamalari, yo‘llar, quvurlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari bo‘ylab muhofaza, sanitariya va ihota zonalari belgilanishi munosabati bilan ularning huquqlari cheklanganda; – suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlari va dov-daraxtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa ob’ektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri hamda yuridik va jismoniy shaxslarning hosil kamayishiga va qishloq xo‘jaligi mahsulotining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa hatti-harakatlari oqibatida erlarning sifati yomonlashgan taqdirda.
Zararning o‘rni olib qo‘yilayotgan er uchastkalari ajratib beriladigan korxonalar, muassasalar va tashilotlar tomonidan, shuningdek faoliyati er egalari, erdan foydalanuvchilar, er uchastkalari ijarachilar va mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi erlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
Jinoiy-huquqiy javobgarlik boshqa huquqiy javobgarliklarga nisbatan ancha xavfli va og‘irroqdir.
Ushbu jinoiy huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga asosan qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197-moddasiga asosan, er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Xullas, ushbu qonunlarda ko‘rsatilgan jazo va ko‘rsatib o‘tilgan qonun talablarining asosiy maqsadi er bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni oldini olish, unga qarshi kurashish va fuqarolarni tarbiyalashdan iboratdir. 10-§. Er resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni ta’minlashda ichki ishlar organlarining vazifalari O‘zbekiston Respublikasida erdan foydalanish va uni ekologik muhofaza qilishda huquqni muhofaza qiluvchi barcha109
organlar qatori ichki ishlar organlarining ham alohida o‘rni bor.
Ichki ishlar organlari O‘zbekiston Respublikasi Er kodeksining 8-moddasida ko‘rsatilgan barcha toifadagi erlarni, jumladan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan erlar, aholi punktlari, sanoat, transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘rmon, suv va zaxira erlaridan oqilona foydalanish va ularni ekologik muhofaza qilish ishida faol ishtirok etadilar.
Ichki ishlar organlari, ayniqsa sanitariya militsiyasi, aholi punktlari, shahar, dam olish, rekratsiyaviy mintaqalar va boshqa jamot joylarining tozaligini nazorat qilishda o‘z vazifasini amalga oshiradi.
Mazkur masalada O‘zbekiston Respublikasi IIVning 1999 yil 17 yanvarda qabul qilgan «O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi 11-sonli buyrug‘i katta ahamiyatga ega. Unda sanitariya militsiyasining er resurslarini va boshqa ob’ektlarni muhofaza qilishdagi vazifalari aniq ko‘rsatilgan.
Umuman olganda, ichki ishlar organlari er resurslaridan to‘g‘ri va oqilona foydalanish maqsadida: er qonunchiligini tushuntirish, barcha toifa erlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza etish, sanitariya talablariga javob beradigan holatlarni belgilash, barcha toifadagi erlarda kimyoviy moddalar va boshqa chiqindilar tashlashning oldini olish, er to‘g‘risidagi qonunchilikning buzilishiga qarshi kurash ishlarini olib boradi. Bu ishda profilaktika nozirlari, qo‘riqlash xizmatlari, DYHXX xodimlari sanitariya militsiyasiga yaqindan yordam berishlari lozim.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling