Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


Download 1.58 Mb.
bet17/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
Sub’ektiv tomoni – sub’ektning qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida ekologik jinoyat sodir etishi. Zero, bunda ayb, qilmishning ijtimoiy xavfliligi, huquqqa xilofligi va jazoga sazovorlik darajalari yuqoridagi xatti-harakatlarni o‘zida ifoda etadi.
Ekologiya sohasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo belgilanishi quyidagi prinsiplarga tayanadi: a) yuridik javobgarlikka tortishning haqiqat mezoniga mosligi; b) qilingan ijtimoiy xatti-harakat uchun qonuniy jazo belgilashning muqarrarligi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida birinchi marta ekologiya sohasidagi jinoyatlar ko‘rsatilib, «Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi jinoyatlar» deb nomlandi (XIV bob). Mazkur jinoyatlar 12 turni o‘z ichiga olib, JKning 193–204-moddalarida o‘z aksini topgan.
Ular quyidagilar: «Ekologiya xavfsizligiga oid normalar va talablarni buzish» (193-m.); «Atrof-tabiiy muhitning ifloslanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan yashirish yoki buzib ko‘rsatish» (194-m.); «Atrof-tabiiy muhitning ifloslanishi oqibatlarini bartaraf qilish choralarini ko‘rmaslik» (196-m.); «Er, er osti boyliklaridan foydalanish shartlarini yoki ularni muhofaza qilish talablarini buzish» (197-m.); «Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast etkazish yoki ularni nobud qilish» (198-m.); «O‘simliklar kasalliklari yoki zararkunandalari bilan kurash talablarini buzish» (199-m.); «Veterinariya yoki zootexnika qoidalarini buzish» (200-m.); «Zararli kimyoviy moddalar bilan muomalada bo‘lish qoidalarini buzish» (201-m.); «Hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish» (202-m.); «Suv yoki suv havzalaridan foydalanish shartlarini buzish» (203-m.); «Alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning tartibini buzish» (204-m.) holatlariga bag‘ishlangan.
YUqorida ko‘rsatilgan moddalarda ushbu jinoyatlarni sodir etganlik uchun jazo choralari ham ko‘rstilgan. Unga ko‘ra, ekologiya sohasida sodir etilgan jinoyatlar uchun aybdor shaxs eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorida jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasi JKda ekologiya sohasida sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo choralari ancha kuchaytirilgan. 74
Xullas, ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklar (jinoyatlar) uchun jinoiy javobgarlikning qo‘llanishi katta ahamiyatga ega bo‘lib, u mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish va sodir etilganlari uchun odil jazo berishga qaratilgan. 7-§. Ichki ishlar organlarining ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va ularning oldini olish borasidagi vazifalari Ekologiya sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va ularning oldini olishda barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlar qatori, ichki ishlar organlarining ham faoliyati va vazifasi ancha kengdir. Ichki ishlar organlarining ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashish va ularning oldini olish bilan bog‘liq barcha ko‘rsatmalari O‘zbekiston Respublikasi IIVning bir qator buyruqlari va nizomlarida ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning «Karantin-qo‘riqlash tadbirlari va sanitariya nazoratini ta’minlovchi militsiya bo‘linmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish choralari to‘g‘risida»gi 1997 yil 15 may buyrug‘i ekologik muammolarni hal qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish borasida qo‘riqlash bo‘linmalarining hamda sanitariya militsiyasining oldiga bir qator vazifalar qo‘ydi.
SHuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIVning «O‘zbekiston Respublikasi IIV tizimida sanitariya nazorati to‘g‘risida»gi 1997 yil 17 yanvar buyrug‘i ham atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda ichki ishlar organlarining ahamiyatini oshirdi. Unga asosan, sanitariya militsiyasi sanitariya-veterinariya organlariga ko‘maklashishi va sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklarning oldini olishga yordam berishi aniq ko‘rsatilgan.
Xullas, ichki ishlar organlari mazkur jinoyatlarning oldini olish va ularga qarshi kurashish uchun ekologik-huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borishlari, fuqarolarning ekologik ongi, ma’naviyati va madaniyatini oshirishga ko‘maklashishlari hamda ushbu ishni huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar bilan hamkorlikda olib borishlari maqsadga muvofiqdir.

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling