Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari
-§. Ekologiya sohasida davlat nazorati va uning huquqiy tartibi
Download 1.58 Mb.
|
4-§. Ekologiya sohasida davlat nazorati va uning huquqiy tartibi
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining asosiy elementi, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilishning davlat tomonidan nazorat qilinishidir. «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida» gi qonunda mazkur masalaga alohida51 e’tibor berilgan va qonunning VII bob, 28–32-moddalarida o‘z aksini topgan. SHu bilan birga, ekologiya sohasida davlat nazorati va uning huquqiy tomonlari bir qator huquqiy adabiyotlarda1 ham ko‘rsatilgan. Umuman olganda, quyidagi xususiyatlar «ekologik nazorat» tushunchasini belgilab beradi: birinchidan, ekologik nazorat respublikamizda tabiatni muhofaza qilishning asosiy bo‘lagi ekanligi; ikkinchidan, u mustaqil davlatimizning ekologik siyosatini o‘zida aks ettirishi; uchinchidan, ekologiya sohasida davlat boshqaruvining asosiy elementi ekanligi. «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 29-moddasiga asosan, ekologik nazoratning quyidagi vazifalari mavjud: – atrof-tabiiy muhit holatini hamda xo‘jalik yuritish va boshqa faoliyat ta’siri ostida bo‘ladigan o‘zgarishlarni kuzatib borish; – atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, tabiatni himoya qilishga doir qonunlar talablari va atrof muhit sifatining normativlariga rioya etish borasidagi dasturlar hamda tadbirlarning bajarilishini tekshirish. Ekologik nazorat tizimi atrof-tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat, idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazoratidan iborat. Umuman olganda, tabiatni muhofaza qilish sohasida ekologik nazoratning to‘rt turi farqlanadi: 1) mavjud tabiat ob’ektlari: er, suv, er osti boyliklari, atmosfera havosi, o‘rmon, o‘simlik va hayvonot dunyosining holatini nazorat qilish; 2) ishlab chiqilgan ekologik loyihalar, hujjatlarning barcha sohalarda qo‘llanilishini nazorat qilish; 3) tabiat boyliqlaridan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirishni nazorat qilish; 1 Qarang: Muxitdinov N. B., Ilyashenko L. V. Pravovoe obespechenie ratsionalnogo prirodopolzovaniya. Almatы, 1985; Baydeldinov D. L. Pravovoy mexanizm gosudarstvennogo upravleniya v oblasti ekologii. Almatы, 1998; Xolmo‘minov. J. T. Ekologiya huquqi: CHizmalar albomi. T., 2002. 52 4) amaldagi ekologik qonunlarga rioya qilinishini nazorat qilish. Ekologik nazoratning quyidagi shakllari mavjud: a) informatsion; b) oldini olish; v) jazolash; Amaldagi qonunchilikka asosan, ekologik nazoratning quyidagi turlari mavjud: 1) atrof-tabiiy muhit monitoringi. 2) davlat ekologik nazorati; 3) ishlab chiqarish nazorati; 4) tarmoq ekologik nazorati; 5) jamoat ekologik nazorati; O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunining 31-moddasida ko‘rsatilganidek, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, maxsus vakolatga ega davlat idoralari amalga oshiradilar. Ular quyidagilar: – O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi; – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; – O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi; – O‘zbekiston Respublikasi IIVning maxsus vakolatli tabiatni muhofaza qilish davlat idoralari hisoblanadi. Tabiatni muhofaza qilish sohasida maxsus vakolatli davlat idoralari tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazoratini amalga oshirishda idoraviy ekologiya xizmat bo‘linmalarini belgilangan tartibda jalb etishlari mumkin. Atrof-tabiiy muhit monitoringi – atrof-tabiiy muhit va boshqa ekologiya huquqi ob’ektlari holatini va ularning kishilar faoliyati natijasida o‘zgarib borish darajasini kuzatib borish va bu sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini belgilaydi. («Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 28-moddasi). Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling