Mulk huquqi 1-§. Tabiat resurslariga nisbatan mulk huquqi va uning asosiy belgilari


-§. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining tizimi va vakolatlari


Download 1.58 Mb.
bet7/63
Sana24.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1114828
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
2-§. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvi organlarining tizimi va vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasida ekologik muammolarni hal etish bir qancha davlat organlarining birgalikda ish olib borishini taqozo qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasiga asosan, «O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi». Mazkur ko‘rsatma shundan dalolat beradiki, yuqoridagi organlar o‘z huquqiy vakolatlari39
jarayonida ekologik muammolarni hal etishda davlatning ekologik siyosatini amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunida ekologiya sohasidagi davlat boshqaruviga katta e’tibor berilib, II bob «Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarining tabiatni muhofaza etishga taalluqli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari» (7–11- moddalar) deb nomlanadi.
Davlat boshqaruv organlarining ekologiya sohasidagi vakolatlariga qarab umumiy va maxsus tizimga bo‘lish mumkin.
Umumiy davlat boshqaruvi organlariga quyidagilar kiradi: a) Prezident va uning devoni; b) Oliy Majlis; v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi; g) mahalliy hokimiyat idoralari; d) Vazirlar Mahkamasi.
Prezident ekologiya sohasidagi ishlarni amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasida ko‘rsatilgan yoki o‘z vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni hal etadi. SHuningdek, Prezident o‘z vakolati doirasida: 1) ekologiya sohasidagi qonunlarni imzolaydi va shunga oid farmon, farmoyish va qarorlar qabul qiladi; 2) ekologik xavfsiz muhitni ta’minlash uchun zaruriy chora-tadbirlar ko‘radi; 3) Oliy Majlis tasdig‘iga Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining raisi lavozimiga nomzod taqdim etadi; 4) ekologik inqiroz yoki talofat ko‘rgan hududlar yoki butun hudud bo‘yicha favqulodda holat joriy etadi; 5) respublikaning ichki va xalqaro ekologik siyosatiga doir vakolatlarni amalga oshiradi va hokazo. «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasiga asosan, Oliy Majlis quyidagi vakolatlarga ega: 1) tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini belgilash; 2) davlat ekologiya dasturlarini tasdiqlash; 3) tabiatni muhofaza qilish sohasidagi respublika qonun hujjatlarini ishlab chiqish va qabul qilish; 4) hududlarni favqulodda ekologik holat, ekologik ofat va ekologiya falokati mintaqalari deb e’lon qilish, bunday mintaqalarning huquqiy rejimini va jafo ko‘rganlarning maqomini belgilash; 5) tabiatni muhofaza qilishga taalluqli qonunlar ijrosini muvofiqlashtirib borish; 40
6) tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun haq to‘lashning eng ko‘p va kam hajmini, shuningdek to‘lovlarni undirib olishdagi imtiyozlarni belgilash va boshqalar. Amaldagi qonunchilikka asosan, atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanishning davlat boshqaruvini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa normativ hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi amalga oshiradi. Vazirlar Mahkamasi tabiatni muhofaza qilish sohasida: 1) tabiatni muhofaza qilishga doir yagona siyosat yuritish; 2) tabiat resurslaridan foydalanishni tartibga solish; 3) tabiiy resurslarga nisbatan tabiat kadastri yuritilishi tartibini belgilash va bunday kadastr yuritilishini ta’minlash, respublika ahamiyatiga molik tabiiy resurslarning zaxiralarini tasdiqlash; 4) ekologik jihatdan tang vaziyatlar, tabiiy ofatlar va falokatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish; 5) tabiiy ofatlar va yirik avariyalarning oqibatlarini tugatish chora-tadbirlarini amalga oshirish; 6) tabiiy resurslardan foydalanganlik, atrof-tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilar, zararli ta’sir etuvchi boshqa narsalar joylashtirib tashlaganlik uchun haq to‘lash tartibini, shuningdek tabiiy resurslardan foydalanish, chiqindilar joylashtirish limitlarini belgilash; 7) ekologik ta’lim va tarbiya tizimini yaratish hamda uning amal qilishini ta’minlash; 8) tabiatdan alohida tartibda foydalaniladigan hududlarning chegaralarini, tabiatni muhofaza qilish va xo‘jalik faoliyati rejimlarini tasdiqlash; 9) tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasida davlatlararo munosabatlarni rivojlantirish; 10) O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa tadbrlarni amalga oshirish ham O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolat doirasiga kiradi.
SHuningdek, tabiatni muhofaza qilish sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining ham vakolatlari mavjud: 1) o‘z hududida tabiatni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, mintaqaning (hududning) ekologik dasturini tasdiqlash; 41
2) tabiiy resurslarni hisobga olish va ularning ahvoliga baho berish, ekologik jihatdan zararli bo‘lgan ob’ektlarni ro‘yxatga olish; 3) tabiatni muhofaza qilishga doir tadbirlarni moddiy-texnik ta’minlash; 4) tabiiy resurslardan foydalanish huquqini beruvchi, sanoat chiqindilarini yoki ro‘zg‘or chiqindilarini to‘plash yoki ko‘mib tashlashga ruxsatnomalarni belgilangan tartibda berish yoki ularni bekor qilish; 5) tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to‘lovlar undirish; 6) tabiatni muhofaza qilish ustidan nazorat o‘rnatish, atrof muhitga zarar etkazayotgan mahalliy ahamiyatga molik ob’ektlar faoliyatini vaqtincha yoki butunlay to‘xtatish va qayta ixtisoslashtirish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish. 7) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish. («Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 10-moddasi).

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling