Mulk qiymatini baholash mulk turlariga qarab turlicha yondashuvlar asosida baholash usullarini qo’llashni taqoz etish bilan birga zarur holatlar bo’yicha baholash tamoyillarining ham amal qilinishi ta’minlanadi


Materiallarni kirimga olish vaqtida baholash


Download 110.85 Kb.
bet3/7
Sana23.04.2023
Hajmi110.85 Kb.
#1384758
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Buxgalteriya balansidagi aktivlar va ularning turlari

Materiallarni kirimga olish vaqtida baholash
Tovar-moddiy zaxiralarni baholash metodlari quyidagi me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi:
­-№4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BXMS (yangi tahriri) (O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595-raqam bilan 17.07.2006-y. ro‘yxatga olingan);
­ -chet el valutasida ifodalangan operatsiyalarni buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi to‘g‘risida Nizom (2.09.2004-y. O‘zR MV 98-sonli Iqtisodiyot vazirligi 41-sonli, DSK 2004-57–sonli, MB 257-V-sonli, DavStatQo‘mita 8-sonli buyruqlari bilan tasdiqlangan, O‘zR AV 1411 raqam bilan ro‘yxatga olingan).
Tovar-moddiy zaxiralar (xomashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob baholari bo‘yicha: normativ yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxini hisoblash sharti bilan hisobga olinadi.
Materiallarni hisobdan chiqarish vaqtida baholash
№4 «Tovar-moddiy zaxiralar» nomli BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha baholanadi (yangi tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006-y. tasdiqlangan, O‘zR AV 1595 raqam bilan 17.07.2006-y. ro‘yxatga olingan)
Bozor munosabatlari rivojlangan mamlakatlarda tovar-moddiy zaxiralarni baholashning quyidagi usullari ham qo‘llaniladi: keyingi partiya kirimga – birinchisi chiqimga (NIFO), bazisli va boshqa.
Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini bosmaydi) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan (foydalaniladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining identi-fikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha baholanadi.
Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlariga olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljallangan buyumlar uchun, ular sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan qat’i nazar, mos keladi.
AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli bo‘yicha aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy tannarx mos ravishda davr boshiga bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan zaxiralarni tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir yangi partiyasi olinishiga qarab hisob-kitob qilinadi.

Download 110.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling