Nomoddiy aktivlar3ni baholash usullari.
Qayta baholash natijasida asosiy vositalarning oshgan (pasaygan) summasi 0100 «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schotlar» (0110- 0190) debeti(krediti) bo‘yicha 8510 «Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schoti bilan korrespondensiyalanadi.
Xarid qilish chog‘ida qiymati chet el valutasida aniqlangan asosiy vositalarni baholash chet el valutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining, korxona tomonidan asosiy vosita obyektini sotib olish paytida amalda bo‘lgan kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Nomoddiy aktivlarni baholash usullari №7 «Nomoddiy aktivlar» nomli BHMSning 3-bandida belgilangan (O‘zR MV 25.03.2005- y. 35-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan, O‘zR AV 27.06.2005-y. 1485- raqami bilan ro‘yxatga olingan).
Tayyor mahsulotlarni baholash
Buxgalteriya hisobida va balansda tayyor mahsulotlarni baholash haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi bo‘yicha ko‘rsatiladi.
Tayyor mahsulotning haqiqiy tannarxini faqat hisobot davri (oyi) tugaganidan so‘ng hisoblash mumkin. Mahsulotlar harakati esa – har kuni sodir bo‘ladi (ishlab chiqarish, jo‘natish, sotish va h.k.). Shu boisdan, joriy hisob uchun mahsulotlarni shartli baholash zarur. Tayyor mahsulotlar harakatining joriy, har kunlik hisobi korxona tomonidan ishlab chiqilgan reja (normativ) tannarxi bo‘yicha yuritilishi ham mumkin.
Hisobot davrining oxirida reja tannarx tayyor mahsulotlarning guruhlari bo‘yicha farq summalarini aniqlash yo‘li bilan haqiqiy tannarx darajasiga yetkaziladi. Farq summalari mahsulotlarning hisobot davri (oy) boshiga qoldig‘i va hisobot davri (oy) davomidagi kirimidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Farqlar korxonada yo‘l qo‘yilgan oshiqcha sarflash yoki tejashni bildiradi va shuning uchun ham uning ishlab chiqarish natijalarini tavsiflaydi.
Farqlar ham tayyor mahsulotlar harakati aks ettirilgan schotlarga olib boriladi. Tejalgan summalar «qizil storno», oshiqcha sarflar summasi «qo‘shimcha yozuv» usuli bilan yoziladi.
Reja tannarxidan farq summalarini yozish («qizil storno» yoki «qo‘shimcha yozuv») hisobot davri (oy) oxiriga sotilgan va omborda qolgan tayyor mahsulotlarning haqiqiy tannarxini aniqlash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |