Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari


Download 1.62 Mb.
bet6/17
Sana13.04.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1353724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Mulkchilik shakllarini o`zgartirish yo`llari va usullari

2-rasm
Mulkchilik shakllarining tasniflanishi14

Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo’lgan, bo’linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va trans’ort vositalari, yo’llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko’rsatish mumkin.
O’zbekistonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va mahmuriy-hududiy (munitsi’al) tuzilmalar mulkidan iborat bo’ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo’shlig’i, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, Respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, byudjet mablag’lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari Respublika mulki hisoblanadi.
Mahmuriy-hududiy (munitsi’al) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy byudjet mablag’lari, munitsi’al uy-joy fondi va kommunal xo’jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq tahlimi, madaniyat, sog’liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo’ladi.
Jamoa mulki – muayyan maqsad yo’lida o’zlarida bo’lgan ishlab chiqarish vositalarini umumlashtirib jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o’zlashtirishni bildiradi15. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to’lab korxona qurishi, aktsiya chiqarib, ularni sotish kabi yo’llar orqali ‘aydo bo’ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi. Jamoa mulkiga koo’erativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aktsiyadorlar jamiyatlari, xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi.
shirkat (Jamoa) mulkining quyidagi turlari mavjud:
shirkat (jamoa) mulki oilaviy mulkni, mahalla mulkini, shuningdek koo’erativlarning, ijara, jamoa korxonalarining mulkini, jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning, turli xo’jalik jamiyatlari va shirkatlarining, assotsiatsiyalar va yuridik shaxs hisoblangan boshqa birlashmalarning mulkini o’z ichiga oladi.
Kollektiv mulkning hosil bo’lishi va ko’’ayib borishi davlat korxonalarini ijaraga berish, mehnatkashlar kollektivlariga olingan daromadlardan davlat mol-mulkini sotib olish uchun foydalanish imkonini berish bilan, davlat korxonalarini aktsiyadorlar jamiyatlariga aylantirish bilan, fuqarolarning va yuridik shaxslarning mol-mulkini koo’erativlar va boshqa xo’jalik jamiyatlari hamda shirkatlarini tuzish uchun ixtiyoriy birlashtirish bilan ta’minlanadi.
Oilaviy mulk. Oila a’zolarining mulki oilaviy mulkdir. Bu mulk oila a’zolarining ehtiyojlarini qondirish, uy-ro’zg’or va yordamchi xo’jalikni yuritish uchun hamda daromad olish maqsadida qonunda ruxsat berilgan, o’zga faoliyat uchun kerakli ishlab chiqarish vositalarini va istehmol buyumlarini, yaratilgan mahsulotlarni o’z ichiga olishi mumkin.
Oilaviy mulk huquqi o’z subhektlarining har biriga aynan tegishli bo’lgan xususiy mulkdan iborat bo’lishi mumkin.
Mahalla mulki. Ijtimoiy o’z-o’zini boshqarishning boshlang’ich bo’g’inlari — mahallalar egalik qiladigan, foydalaniladigan va tasarruf etadigan mol-mulk, mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan xo’jalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari, moddiy va xayriya yo’sinidagi yordamlari, xalq de’utatlari mahalliy Sovetlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat.
Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining subhektidir. O’zi saylab qo’ygan organlar — mahalla mulkini to’la xo’jalik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi va tasarruf etadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling