Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat
Download 99.87 Kb.
|
feya
ANALOGIYA- (grek. – moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan juz’iylikka qarab, induksiyada juz’iylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada bir juz’iy holatdan boshqa juz’iy holatga qarab harakatlanadi.
Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob’ektiv o‘xshashlik ham mavjud. Ular inson ongida o‘z ifodasini topadi. Ob’ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan voqelikdagi turli narsa va hodisalar ham ma’lum ma’noda o‘xshash bo‘ladi. Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot o‘tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan Imom G‘azzoliy “Kimiyoi saodat” asarida dil(ko‘ngil)ni badan mamlakatining podshohi, aqlni esa uning vaziriga qiyoslab, “podshoh - Dil vazir -Aqlning maslahati birla ish qilsa, shahvat va g‘azabni vazir Aqlga bo‘ysundirsa, badan mamlakati (inson) saodatga erishadi. Agar Dil vazir Aqlni shahvat va g‘azab ilgida asir qilsa, badan mamlakati vayron bo‘lib, podshoh Dil ham asir bo‘lib, badbaxt va halok bo‘lg‘usidir”10- deb yozadi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asos, xulosa va asos bilan hamda xulosa o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo‘lib, keyingi tekshirishlarni talab qiladi. Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy xulosa chiqadi. Analogiya o‘zining ob’ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o‘rtasidagi aloqa va munosabatlardir. Modeldan prototipga o‘tkazilayotgan axborotning tabiatiga ko‘ra analogiyaning ikki turi farqlanadi: xususiyatlar analogiyasi va munosabatlar analogiyasi. Xususiyatlar analogiyasida ikki yakka predmet yoki bir turdagi ikki predmetlar sinfi o‘xshash belgilariga ko‘ra o‘zaro taqqoslanadi. O‘xshash belgilarga asoslanib, birida mavjud bo‘lgan belgining boshqasida ham bo‘lishi mumkinligi haqida xulosa chiqariladi. O‘xshatilayotgan predmetlarni A va V harflari bilan, belgilarni a, v, s harflari bilan ifoda qilsak, xususiyatlar analogiyasini quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: S1 - P1, R2, R3, R4, belgilarga ega. S2 - P1, R2, R3, belgilarga ega. _____________________________ Demak, S2 - R4 belgisiga ega. Misol: Oiladagi kelishmovchiliklar mehrni yo‘qotadi, oila a’zolarini beobro‘ qiladi, ro‘zg‘orni bebaraka qiladi, bolalar tarbiyasiga e’tibor kamayadi. Bu oila a’zolari bir-biri bilan doimo janjallashadi. Ular birbiriga mehrsiz, maxallada obro‘yi yo‘q, ro‘zg‘ori bebaraka. Demak, ular bolalar tarbiyasiga e’tiborsiz. Munosabatlar analogiyasida ikki predmet o‘xshashligi asosida emas, ikki predmet o‘rtasidagi munosabatni o‘rganish asosida boshqa ikki predmet o‘rtasidagi munosabat haqida xulosa chiqariladi. Munosabatlar analogiyasini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: A – V ga, S – D ga bo‘lgandek munosabatda. Bunda A – V model, S – D prototip bo‘ladi. Model va prototip o‘rtasidagi munosabat asimmetrikdir, ular turli predmet sohalariga taalluqlidir. Masalan, imom G‘azzoliy inson jismi va ruhi o‘rtasidagi munosabatni ot va chavandoz o‘rtasidagi munosabatga taqqoslab, ruh tanani boshqarishi va har ikkisining emishi bir-biridan farq qilishi haqida xulosa chiqaradi. Download 99.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling