Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat
Umumiy tasdiq mulohazalar
Download 99.87 Kb.
|
feya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy inkor mulohazalar
- Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy mulohaza turlari.
Umumiy tasdiq mulohazalar. Ular bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham tasdiq bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hamma talabalar mantiq ilmini o‘rganadilar.” Bu mulohaza lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va “Hamma S – P dir” formulasi orqali ifodalanadi.
Umumiy inkor mulohazalar bir vaqtning o‘zida ham umumiy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi.” Bu mulohaza “Hech bir S – P emas” formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi. Juz’iy tasdiq mulohazalar bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham tasdiq fikrni ifodalaydi. Masalan, “Ba’zi talabalar mas’uliyatli.” U lotincha I harfi bilan belgilanadi va “Ba’zi S–Pdir” formulasi orqali ifodalanadi. Juz’iy inkor mulohaza bir vaqtning o‘zida ham juz’iy, ham inkor bo‘lgan fikrni ifodalaydi. Masalan, “Ba’zi talabalar tartibli emas.” Uning formulasi “Ba’zi S–P emas” bo‘lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi. Ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi mulohazalar. SHunday mulohazalar borki ularda nimadir ajratib ko‘rsatiladi yoki istisno qilinadi. “Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi.” Bu ajratib ko‘rsatuvchi mulohazadir. “Davrada yaqinlarimdan boshqa boshqa hamma bor edi” Bu istisno qiluvchi mulohazadir. Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy mulohaza turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv mulohazalar, mavjudlik (ekzistensial) mulohazalari va munosabat (relyativ) mulohazalari. Atributiv (sifat va xususiyat) mulohazalarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv mulohazalarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi mulohaza deb ta’riflasa bo‘ladi. Masalan, “Hamma daraxtlar o‘simliklardir” va “Hech bir o‘simlik hayvon emas”. Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ifodalagan mulohazalarga munosabat (relyativ) mulohazalari deyiladi. Masalan: “Butun bo‘lakdan katta”. “Ikki - uchdan kichik son”. Birinchi mulohazada “kattalik” munosabati butun va bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tasdiqlansa, ikkinchi mulohazada “uch” soni bilan “ikki” sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan. Atributiv va munosabat mulohazalari bilan bir qatorda yana mavjudlik (ekzistensial) mulohazalari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat mulohazalari (“Alisher Navoiy “Mahbub ul-qulub” asarining muallifi” ko‘rinishda bo‘lgan) va modal mulohazalar (Ehtimol, yomg‘ir yog‘adi)ni ko‘rsatish mumkin. Download 99.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling