Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat


Ekvivalentlik mulohazalari


Download 99.87 Kb.
bet8/20
Sana25.02.2023
Hajmi99.87 Kb.
#1229514
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
feya

Ekvivalentlik mulohazalari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy bog‘lovchisi yordamida ikki oddiy mulohazaning o‘zaro bog‘lanishidan hosil bo‘ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik mulohazasi shartli mulohaza ko‘rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli mulohazaning ekvivalent mulohaza ekanligini aniqlash zarur bo‘ladi. Agar shartli mulohazaning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va etarli shart hisoblansa, unda bu mulohaza ekvivalent mulohaza bo‘ladi.
Ekvivalent mulohazaning mantiqiy bog‘lovchisi () yoki (↔) simvoli, ya’ni (moddiy) ekvivalentlik belgisi bilan ifodalanadi. Ekvivalent mulohazaning formulasi quyidagicha yoziladi: p ↔ q. Bu mulohazani ikki qismga ajratish mumkin: p → q & q → p. Masalan, Agar berilgan butun son juft son bo‘lsa, unda u ikkiga qoldiqsiz bo‘linadi.
Ekvivalent mulohazaning asosi va natijasi chin bo‘lganda yoki asosi ham, natijasi ham yolg‘on bo‘lganda,u chin hisoblanadi. SHartli va ekvivalent mulohazani bir-biridan farqlash uchun asos va natijaning o‘rni almashtirib ko‘riladi. Agar natija bo‘lgan mulohaza asos mulohaza uchun sabab bo‘lmasa, u xolatda ekvivalent mulohaza bo‘lolmaydi.4
Quyidagi shartli mulohazaning asos va natija qismlarini o‘zgartiramiz: “Agar insonning fikr doirasi keng bo‘lsa, unda u ko‘p mutoala qilgan bo‘ladi.” “Agar inson ko‘p mutoala qilgan bo‘lsa, unda uning fikr doirasi keng bo‘ladi.” Inson fikr doirasining keng bo‘lishi faqat ko‘p mutoala qilishiga emas, balki hayot tajribasiga, tafakkurlash qobiliyatiga ham bog‘liq. Demak, berilgan mulohaza ekvivalent mulohaza emas.
Ekvivalent mulohazaning chinlik tablitsasi




p

q


Download 99.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling