Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat


Deduktiv xulosa chiqarish


Download 99.87 Kb.
bet11/20
Sana25.02.2023
Hajmi99.87 Kb.
#1229514
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
feya

Deduktiv xulosa chiqarish. Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati - unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy xususiyatga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish, deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida mulohazalarning shaklini o‘zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos mulohazaning tarkibi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat tavsiflari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Bevosita xulosa chiqarishning quyidagi mantiqiy usullari mavjud:
I. Aylantirish (lot.–obversio) shunday mantiqiy usulki, unda berilgan mulohazaning miqdorini saqlagan holda, sifatini o‘zgartirish bilan yangi mulohaza hosil qilinadi.6 Bu usul bilan xulosa chiqarilganda qo‘sh inkor sodir bo‘ladi, ya’ni avval asosning predikati, keyin bog‘lovchisi inkor etiladi. Bu usul bilan quyidagi ikki formula asosida xulosa chiqarish mumkin:

S – P
S –↰ ↰ P

S – P
S – P

Inkor qilish jarayonida (-ma; -siz; -mas) kabi qo‘shimchalar yoki inkor qilinayotgan tushunchaga zid bo‘lgan tushunchalardan foydalaniladi. Oddiy qat’iy mulohazalarning hammasidan aylantirish usuli bilan xulosa chiqariladi.




№ Xulosa asosi bo‘lgan mulohaza

Xulosa bo‘lgan mulohaza

1

A. Hamma S-P

E. Hech bir S-Psiz emas

2

E. Hech bir S-P emas

A. Xamma S emas P dir

3

I. Ba’zi S-P

O. Ba’zi S-P siz emas

4

O. Ba’zi S-P emas

I. Ba’zi S - P sizdir

Aylantirishga misol:
A. Hamma shifokorlar oliy tibbiy ma’lumotga ega.
E. SHifokor bo‘lganlarning hech biri oliy tibbiy ma’lumotsiz emas.
E. Hech bir yolg‘onchi rostgo‘y emas.
A. Hamma yolg‘onchi bo‘lmaganlar rostgo‘ydir.
I.Ba’zi suralar uzundir.
O. Ba’zi suralar qisqa emas.
O. Ba’zi jumlalar tushunarli emas.
I. Ba’zi jumlalar tushunarsizdir.

Download 99.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling