Мулоҳаза ва хулоса чиқариш referat
Mulohazalar o‘rtasidagi munosabatlar
Download 99.87 Kb.
|
feya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qarama-qarshilik munosabati
- Zidlik (kontradiktor) munosabati
Mulohazalar o‘rtasidagi munosabatlar. Mulohazalar ham tushunchalar kabi taqqoslanuvchi (umumiy sub’ekt va predikatga ega bo‘lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo‘linadi. Taqqoslanadigan mulohazalar sig‘ishadigan yoki sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Mantiqda ikki mulohaza (r va q) dan birining chinligidan ikkinchisining yolg‘onligi zaruriy kelib chiqadigan bo‘lsa, ular o‘zaro sig‘ishmaydigan mulohazalar deyiladi. Sig‘ishmaydigan mulohazalar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida bo‘ladi. Sig‘ishmaydigan mulohazalar bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to‘liq yoki qisman ifodalaydi. Sig‘ishadigan mulohazalar o‘zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo‘ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo‘ladi. Bu munosabatlarni quyidagi misollarda taxlil qilamiz:
Masalan, 1-misol. A1. “Hamma o‘simliklar shifobaxshdir.” Bu umumiy tasdiq mulohaza bo‘lib, uni umumiy inkor, juz’iy tasdiq va juz’iy inkor mulohaza ko‘rinishlarida quyidagicha ifodalaymiz: E1. Hech bir o‘simlik shifobaxsh emas. I1. Ba’zi o‘simliklar shifobaxshdir. O1. Ba’zi o‘simliklar shifobaxsh emas. Tajribamiz va bilimimizga asoslanib, yuqoridagi mulohazalardan faqat I va O mulohazalarni chin deb baholashimiz mumkin. Mantiq ilmida mulohazalarning chinligini aniqlash uchun ular o‘rtasidagi munosabatlarga asoslaniladi: Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan umumiy mulohazalar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu munosabatga ko‘ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Bu mulohazalar (A1 va E1) bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa (A2), unda boshqasi xato bo‘ladi (E2). Zidlik (kontradiktor) munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha bo‘lgan mulohazalar (1- misolda: A1 va O1, E1 va I1; 2-misolda: A2 va O2, E2 va I2.) o‘rtasida mavjud bo‘ladi. YA’ni bir narsa yoki voqea haqida bir vaqtda aytilgan ikkita zid fikrning ikkalovi ham chin bo‘lmaydi, ularning biri chin, ikkinchisi xato yoki ikkalasi ham xato bo‘lishi mumkin. Download 99.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling