Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari
Download 203.48 Kb.
|
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii
UMUMIY XULOSALAR
1. Mansublik keng qamrovli va ko‘p o‘lchamli falsafiy kategoriya bo‘lib ijtimoiy guruhlardan biriga kirishni ifodalaydi. Bu tushunchaning ijtimoiy, moddiy, maishiy ifodalari ko‘p bo‘lsa-da, tavsifi hamda muloqotdagi reallashuvi til faktlari bilan bevosita bog‘liq. 2. Ijtimoiy guruhga mansublik tushunchasi jamiyat va shaxs munosabatlarini aks ettiruvchi murakkab hodisa sifatida nutqda o‘zining o‘zgaruvchan, xoslangan, dinamik mexanizmiga ega. Obyektiv va subyektiv ta’sirlar natijasida bir turdan ikkinchi turga ko‘chishi, gorizontal va vertikal yo‘nalishlarda o‘zgarishi orqali shaxsning muloqot jarayonidagi o‘rni va xatti-harakatini belgilab beruvchi psixofiziologik omil sifatida inson nutqiy faoliyatini yo‘naltira oladigan kuchli vositalardan biri hisoblanadi. 3. Jahondagi globallashuv sharoitida muloqot usullari hamda uslublarida yuzaga kelayotgan o‘zgarishlar, turli ijtimoiy guruhlarning mansublik belgisining transformatsiyalari, bir mansublik guruhi doirasidagi va turli mansublik guruhlari aro muloqot psixologiyasida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, turli yosh, demografik, etnik, kasbiy guruhlarga mansub bo‘lgan asosida tildagi o‘zgarishlar, til birliklarining yangicha ifodalari mansublik fenomeni doirasida ishlab chiqilmog‘i lozim. 4. Mansublikni o‘rganish turli guruhlarga oid til tashuvchilari tomonidan olam manzarasini idrok etishdagi farqlarni ochib beradi. Bu jarayon tildagi milliy-etnik, ijtimoiy, kasbiy, madaniy va boshqa jihatlardan aniqlangan hodisalarning verbalizatsiyasini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. 5. Diskursning turli talqinlarini hisobga olgan holda, “diskurs – suhbat turi” tushunchasi asosida har doim muayyan muhitda va muayyan nutqiy vaziyat taqozosiga ko‘ra shakllanar ekan, mansublik fenomenining diskurs tabiatiga ta’siri masalasini yoritish zaruriyati paydo bo‘ldi. 6. Olamning lisoniy manzarasi tarkibiy qismlarini ifodalovchi maishiy, oilaviy, siyosiy, diniy, ilmiy kabi muloqot yo‘nalishlarini belgilovchi diskurs va mansublik tushunchalari bir nuqtada kesishar ekan, mansublik – umumiylik, mohiyat, diskurs esa uning amaldagi ko‘rinishi – xususiylik, hodisa ekanligi ayon bo‘ladi. 7. Mansublik muammosini tahlil qilish muloqot jarayonida kommunikativ to‘siqlar paydo bo‘lishining sabablaridan biri sifatida shaxslararo muvofiqlikka to‘sqinlik qiluvchi omillarni ko‘rib chiqishga imkon beradi. Ijtimoiy mansublikka oid to‘siqlar jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga tegishlilikni belgilaydi. 8. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar ta’sirida til tashuvchilarining moʻtadil mansublik muhitidan o‘zgaruvchan va o‘zgacha madaniy yoki ijtimoiy doiraga o‘tishi olam manzarasining boshqacha variantini qabul qilishi va unga muvofiqlashuvining murakkab jarayonlari negizida muhojirlar toifasining til xususiyatlarini o‘rganish muammosi tilshunoslar uchun yangicha tadqiqot yo‘nalishini shakllantirdi. Bunday muhitda milliy va madaniy o‘zlikni anglash muammosini tadqiq qilish masalasi migrantlar mansubligi tushunchasini yuzaga keltirdi. 9. O‘zga tilni o‘rganish jarayonida mansublikka doir relyatsiyalar yanada aniqroq tasavvur qilinadi. Chunki o‘z ona tilisidagi mansublik relyatsiyalari til tashuvchisi tomonidan tabiiy qabul qilinadi. O‘zga til o‘rganilayotganda esa, til o‘rganuvchi voqelik haqida tasavvur hosil qilishi uchun uning ongida o‘z ona tilisiga qiyosan tasavvurlar uyg‘onadi, psixolingvistik chog‘ishtirish jarayoni kechadi va shu orqali tushunchaning o‘z tilidagi va o‘zga tildagi jihatlari to‘qnashadi. Shu tariqa, milliy madaniy xususiyatlar oydinlashadi. Kumulyativ funksiya leksik birliklarda aniqroq ko‘rinadi, chunki so‘z semantikasida madaniyatga xos ajralib turuvchi belgilarni aniq ifoda etadi. 10. Mansublikning quyidagi ko‘rinishlari turli diskurslarda faol: hududiy mansublik, yoshga xos mansublik, diniy mansublik, nasl-nasab mansubligi, etatik (davlatga) mansublik. Tabaqa jihatidan tahlil qilganda, bir-biriga teng bo‘lgan kommunikantlar orasidagi munosabat va teng bo‘lmagan kommunikantlar orasidagi munosabat ajratilishi mumkin. Download 203.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling