Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari


Download 203.48 Kb.
bet12/35
Sana20.09.2023
Hajmi203.48 Kb.
#1683018
TuriReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35
Bog'liq
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii

Jamol Kamol xuddi qanotli tuya ko‘rgandek prorektorga hang-mang bo‘lib tikilib qoladi.
Shekspir juda uzoqda – Londonda turadi, yetib kelolmasa kerak.
Baribir o‘zi kelmasa bo‘lmaydi, bizda tartib shunaqa! (Sh.Otabek, “Do‘rmon hangomalari”).
L.P.Sarakunning ta’kidlashicha, mansublik nafaqat ijobiy, balki salbiy vaziyatlarni ham yuzaga keltirishi mumkin.
E.Erikson uzoq vaqt davomida mansublik nazariyasini, jumladan, mansublik inqirozini o‘rgandi. E.Eriksonga ko‘ra, mansublik inqirozining ikki turi mavjud. Ulardan birinchisida odam qanday bo‘lishni xohlayotganini aniqlay olmaydi, lekin o‘zi uchun ba’zi maqsadlar va qadriyatlarni belgilab olishga harakat qiladi. Ikkinchi turda odamning juda ko‘p niyatlari bor bo‘lsa-da, ularning yo‘nalishlari bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, natijada, yo‘q deganda, ularning kamida bittasi orqa fonda yo‘qoladi.
Shuningdek, "mansublik inqirozi" tushunchasi inson hayotidagi muhim daqiqalarda duch keladigan vaziyatlarga nisbatan ham qo‘llaniladi: ish joyidan yoki avvalgi ijtimoiy maqomidan mahrum bo‘lish, ota-ona qaramog‘idan ajralish va mustaqil hayotni boshlash va h.k.26.
Badiiy matnlarda mana shunday murakkab sotsiopsixolingvistik jarayonlarning realistik tasvirlari ko‘plab uchraydi.
Hozir o‘qish emas, kitobni jo‘n varaqlash ham uni toliqtirar edi. “Tavba, – dedi Saidiy kitobni javonning ichiga uloqtirib, – odamlar buncha gapni qayerdan topib yozar ekan!”
Soraxon kirdi. Uning ko‘ziga Saidiy kasalday ko‘rindi.
Ha, nima qildi? – Soraxon og‘zidagi saqichini qirsillatib.
Saidiy anchadan keyin javob berdi?
Yashashdan charchabman...
Obbo, nima qilibsizki, charchaysiz... Yoting, cho‘ziling...
Yashashdan charchabman” degan so‘zga Soraxonning tushunmasligini Saidiy bilar edi, ammo bu fikrni uning fahmiga yarasha so‘zlar bilan aytishga erindi. (Abdulla Qahhor “Sarob” romani).
Buyuk so‘z ustasi Abdulla Qahhor mana shu kichik epizodda asar qahramoni Saidiy psixologik inqirozining butun bo‘y-bastini namoyish qilgan. Birinchidan, uning butun hayot maslagiga aylangan adabiyot, kitob o‘qish, ma’rifatga intilish e’tiqodining inqirozi sifatida o‘zi bir umr intilgan mansublik olamidan, ya’ni yozuvchilikdan quyiga – “kitobni uloqtirish” darajasiga tushdi. Ikkinchidan, asar qahramoni oilaviy guruhda ham o‘z maqsadlariga erisha olmagan edi. Er va xotinning mansublik kategoriyasidagi o‘zaro nomuvofiqligi oila inqiroziga, kichik guruh ikkala a’zosining ham baxtsizligiga olib kelgan edi. Soraxon tomonidan birgina charchabman so‘zining “jismonan charchamoq” ma’nosi o‘zlashtirilganligi, ikkinchi “ruhiy charchamoq” ma’nosini, ruhiy charchoq, yotish, cho‘zilish bilan bartaraf bo‘lmasligini idrok etish darajasida emasligi orqali ular orasidagi nomuvofiqlikning naqadar chuqur ekanligiga ishora qilinadi. Demak, leksemalarning farqiga bormaslik, ularni o‘z o‘rnida qo‘llay bilmaslik ham mansublik nomuvofiqligini ko‘rsatuvchi vositalardan biri bo‘lishi mumkin ekan. Bundan ko‘rinadiki, mansublik doirasidagi shaxslararo muvofiqlik shakllanishi uchun kommunikantlarning olam lisoniy manzarasini anglash darajasi ham bir xil bo‘lishi talab etilar ekan.
Jamiyatdagi uzoq muddatli inqirozlarda salbiy elementlarning ijobiy tomonga o‘zgarishiga umid qilgan shaxslar va ijtimoiy jamoalar yutqizishi mumkin. Bundan foydalangan salbiy energiya yetakchilari olomonni qo‘llab-quvvatlash yo‘lini topadi, bunday kuchlar mavjudligining ijtimoiy asoslari, aynan, salbiy mansublikdir. Ijtimoiy inqiroz qadriyatlarning eski tizimi bo‘shashishi bilan tavsiflanadi. Milliy o‘zlikni anglash jarayonida “muhim boshqalar”ning ta’siri kuchayadi. Agar “do‘stlar”ning ba’zi xususiyatlari yangi shakllangan g‘oyalarga mos kelmasa va ularning xatti-harakatlari endi oldingi tajribaga asoslangan kutishlarga mos kelmasa, mansublik tuyg‘usi kuchayishi yoki yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Mana shunday “o‘tish” holatlarida ijtimoiy guruhdagi ko‘plab shaxslarda mansublik inqirozi yuz berishi mumkin27.
Sen musulmon bo‘lsang bas, bizga tinchlik kerak. Ikki kunning birida kelib, dam otang bilan, dam Olim-u Elbek bilan urish-janjal qilasan. Bu yoqda men siqilib adoyi-tamom bo‘ldim, – Halima aya yig‘lab yubordi. – Axir o‘zing ham qirqqa borganda namoz o‘qishni boshlading-ku. Bular ham sekin-asta tushunib qolar.
Mening o‘ttiz besh yoshimgacha o‘risning zamoni edi. Qur’onning nimaligini bilmasdik. Hozir har xonadonda bor Qur’on, lekin olib o‘qiydigan odam – anqoning urug‘i!.. – haliyam hovuridan tushmay davom etardi Amir.
Senga nima, o‘g‘lim, – yana qo‘shilib ketganini bilmay qoldi Odil aka.
Har qo‘yni o‘z oyog‘idan osadilar. U dunyoda sen o‘z savob-u gunohing uchun ajr olganingdek meni ham qilib yurgan amallarimga qarab taqdirlaydi...
Nega endi menga baribir bo‘lar ekan? Sizlar menga begona emassizlar, sizlarga do‘zaxni ravo ko‘rmayman!
Sening bu urush-janjallaring qaysi do‘zaxdan kam? – Halima aya boshini ko‘tarib, to‘ng‘ich o‘g‘liga qaradi. – Bor, uyingga! (U.Hamdam. “Muvozanat”). Ko‘plar qatori ijtimoiy mansubligini yo‘qotgan Amir yangicha qarashlarga moslasha olmaydi, mustamlaka tuzumdan keyin diniy mansublikka erkinlik berilgani sababli ijtimoiy me’yorni unutadi, natijada undagi mansublik inqirozi kuchayib ketadi va uni endi ijobiy tomonga yo‘naltirib bo‘lmay qoladi. Bu holat uning muloqot xulqiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Jamiyatda insonlar bir-birlaridan yoshi, millati, kasb-kori, ta’lim darajasi, tarbiyasi kabi turli belgilari jihatidan muayyan ijtimoiy guruhga mansubligi nuqtayi nazaridan farqlanadilar.
Bu belgilarning bir qismi inson tug‘ilganidan unda mavjud bo‘ladi va hayot davomida ularni o‘zgartirish juda qiyin yoki aslo o‘zgartirib bo‘lmaydi. Masalan, gender va irqiy tashqi belgilar – terisining rangi, gavda va yuz tuzilishi, soch kabilar o‘zgarmasdir. Ta’lim, yashash va ish joyi, fuqaroligi, oilaviy mavqeyi, kasb-kori, qiziqishlari kabi hayot davomida ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit va shaxsiy tanlovlar asosida shakllanadigan ikkinchi guruh belgilar esa o‘zgaruvchan xarakterga ega bo‘lib, insonning qanday guruhga mansubligini ko‘rsatadi. Qizig‘i shundaki, aynan, ana shu farqlanish belgilari insonlarni bir-biridan ajratib turadi yoki bir ijtimoiy guruhga jamlash uchun asos bo‘la oladi.
Har qanday mansublik doirasining asosini lisoniy mansublik tashkil etadi, ya’ni so‘zlovchi o‘zi mansub bo‘lgan ijtimoiy qatlamning o‘ziga xos qirralarini nutqi orqali namoyon etadi. Shu ma’noda “boy” va “kambag‘al” tushunchalari ham ijtimoiy mansublik hodisasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qatlamlarni ifodalovchi atamalar sifatida namoyon bo‘ladi.
Boy 1. Mol-dunyosi, davlati, boyligi ko‘p; badavlat, davlatmand.
2. Iqtisodiy jihatdan mustahkam, hech narsadan kamchiligi, muhtojligi yo‘q; to‘kis, badavlat.
3. Boylarga murojaatda yoki ular haqida so‘z borganda, ularning nomi o‘rnida yoki nomiga qo‘shib ishlatiladi28.

Download 203.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling