Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari


Download 203.48 Kb.
bet10/35
Sana20.09.2023
Hajmi203.48 Kb.
#1683018
TuriReferat
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35
Bog'liq
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii

Ummatali ariqdan yuvinib belbog‘iga artinarkan, ko‘cha eshigiga tikilib o‘tirgan xotiniga yotig‘i bilan gapira boshladi.
Ko‘p qarayverma. Tentaging kelmaydi. Besh-o‘n kun kelmaydi, xotiring jam bo‘lsin. Xotini yalt etib qaradi.
– Voy, o‘lmasam, melisaga tushib qoldimi? Indamay qarab o‘tiraverdingizmi?
Yo‘q, yo‘q, – dedi xotirjamlik bilan Ummatali. – Hech gap bo‘lgani yo‘q. O‘g‘ling sog‘-salomat. Arzimagan ish bilan band. Akbaralining singlisini nikoh kiyimi bilan olib qochdi, xolos.
Voy sharmanda, voy sharmanda!
Ikki tizzasiga shapatilab urib javrayotgan xotinining tepasiga kelgan Ummatali yupatishga tushdi. (Said Ahmad “Ufq”)
Odatda, vazminlik, voqelikni xotirjam qabul qilish erkaklarga xos. Yotig‘i bilan, xotirjamlik bilan gapirishiga ishora katta yoshdagi ko‘pni ko‘rgan erkakning vazmin tabiatini ifodalashga xizmat qilgan. Ayollar esa nisbatan hissiyotga beriluvchan, emotsional his-tuyg‘ularini yashirib o‘tirmaslikka moyil bo‘ladilar. Ayol nutqidagi voy, o‘lmasam, voy sharmanda kabi his-hayajon undovlarining qo‘llanishi, “ikki tizzasiga shapatilab urib javrayotgan” holati katta yoshdagi oddiy qishloq ayolining gender tabiatini aks ettiradi.
Aksariyat uyda o‘tiradigan yosh ayollarda esa “tilni tiya olmaslik” qusuri kuzatiladi. Bunday ayollar nutqida ijtimoiy muhitdan qoniqmaslik, salbiy munosabat ko‘p ifodalanadi. Bu esa turli ko‘ngilsiz situatsiyalarga olib kelishi, tabiiy. Bunday holat bekor vaqtning yetarliligi, o‘zi uchun qiziqarli bo‘lgan mashg‘ulot bilan shug‘ullanmaslik holati bilan tavsiflanadi.
– Hamma urush-janjalsiz kun ko‘ryapti-ku! Sen nega tinch o‘tirolmaysan?
– Voy, bolamizni jerkib bersa jim qarab o‘tiraymi?
– Bola bitta senda bormi?Bola degani urishadi-yarashadi...
– Kattalar ham urib-siltasa nima qilay?
– Kim? Ota-onammi? Yaxshi bo‘lsin deyishadi. O‘z-o‘zidan urishmas...
– Siz ham ular tomon bo‘ling. Hamma yaxshi, bitta men yomon! Kun yo‘q menga bu yerda! Doim kim yomon – men yomon!.. Shu bilan uning jag‘i yopilmaydi. (Internetdan)
Ushbu situatsiyada gender mansublik + oila mansubligi uyg‘unlashmaganligi, ya’ni kelinning boshqa oilada olgan tarbiyasi, xulq-atvorini kelin bo‘lgan oilasidagi muhit bilan muvofiqlashtira olmaganligi ijtimoiy mansublik nomutanosibligiga sabab bo‘lmoqda.
Mansublik kategoriyasining nutqiy faoliyatga, muloqot tizimiga ta’sirini sotsiolingvistik tahlil qilish jamiyatda maishiy turmush, ta’lim, tibbiyot, sud tizimi, siyosiy faoliyat, savdo, sport kabi institutsional mansubliklar harakatlanishini kuzatishga asoslanadi. Ushbu turkumda diniy mansublik ham muhim ahamiyatga ega. Diniy mansublik masalasini tahlil qilish bizga tilning ham, dinning ham chuqur xususiyatlarini ochib berish, uning nutqiy faoliyatga ta’sirini o‘rganish uchun imkon beradi.
Maqol va matallar xalqimizning o‘ziga xos jihatlarini ixcham tarzda aniq va yorqin ifodalab, etnik qatlamning turmush tarzi, kasb-kori, urf-odati, ma’naviy madaniyati, jumladan, diniy-ma’rifiy xususiyatlarini bevosita o‘zida aks ettiradi. O‘zbek tilida xalq turmush tarzining bevosita ifodachisi sifatida halollik, yaxshilik, poklikni ulug‘lovchi hamda egrilik, nopoklik, zulm va yomonlikdan qaytaruvchi paremalar ham talaygina. Bunday birliklarda xalqning diniy mansubligiga xos islomiy tushunchalari yaqqol namoyon bo‘ladi.
Yaxshilik qil, suvga sol – baliq bilar,
Baliq bilmasa, Xoliq bilar.
O‘zi kelgan mehmon – atoyi Xudo.
So‘rab-so‘rab, Makkani topsa bo‘lar.
Xudo bor qilganni bandasi xor etolmas.
Zolimning joyi – jahannam.
Yomg‘ir bilan yer ko‘karar, duo bilan el ko‘karar.
Gunohning ofati – tavba19.
Frazeologizmlar olamning lisoniy tasvirini obrazli ifodalovchi til birliklari sifatida nutqimizda faol qo‘llanadi. Tabiiyki, ayrim frazeologizmlar turli diniy aqida, tushuncha, rivoyat asosida ham shakllanadi: Uning eriga mening ko‘zim tekkan emish. (I.Rahim)20.

Download 203.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling