Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari


Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi


Download 203.48 Kb.
bet7/35
Sana20.09.2023
Hajmi203.48 Kb.
#1683018
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Bog'liq
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii

Tadqiqot natijalarining aprobatsiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 5 ta, jumladan, 2 ta xalqaro va 3 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o‘tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha jami 11ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etishga tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 6 ta maqola, jumladan, 3 ta respublika va 3 tasi xorijiy jurnallarda nashr etilgan.
Dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Dissertatsiyaning hajmi 123 betni tashkil etadi.
DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismda tadqiqotning dolzarbligi va zarurati asoslangan, maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti tavsiflangan, uning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo‘nalishiga mosligi ko‘rsatilgan, ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.
Ishning birinchi bobi “Muloqot jarayonida mansublik tushunchasining zamonaviy talqini”ga bag‘ishlangan va quyidagi qismlardan iborat: “Mansublik tushunchasining fanlar doirasida shakllanishi”, “Lisoniy mansublik paradigmasi”.
Inson shaxs sifatida, avvalo, oila muhitida, keyinroq boshqa ijtimoiy guruhlar tarkibidagi shaxslararo munosabatlar jarayonida va bu munosabatlarning xususiyatlariga bog‘liq holda shakllanadi. O‘z navbatida, shaxslararo munosabatlarda shaxs sifatida o‘zining boshqalarga nisbatan shaxsiy his-tuyg‘ulari, xulq-atvori, fahm-farosati, aql-zakovati kabi individual xususiyatlari, shuningdek, muayyan jamiyatda tartiblangan xulq-atvor me’yorlari va qadriyatlar stereotiplarini o‘zlashtirish darajasi, jumladan, muloqot xulqi bilan namoyon bo‘ladi.
Avvalo, tushunchaning atamasi muammosini tadqiq qilish joiz. Rus tilida “идентичность” termini bilan nomlanadigan “ijtimoiy guruhga mansublik” fenomeni mamlakatimiz tilshunosligida deyarli o‘rganilmaganligi bois uning atamasi muammosi ham hal etilmagan. Elektron tarjima lug‘atlarida va tarjima matnlarda atamaning “shaxs”, “shaxsiyat”, “muvofiqlik”, “o‘ziga xoslik”, “alohidalik” va “mansublik” tarzidagi xilma-xil variantlarini boshqa atamalar bilan aralash holda qo‘llanilishini kuzatish mumkin.
O‘rganilayotgan mavzuning mazmun-mohiyatini ifodalay olish imkoniyatini tahlil qilib, ushbu til hodisasini “ijtimoiy guruhga mansublik” atamasining ellipsis varianti o‘laroq “mansublik” atamasini qo‘llashni ma’qul deb topdik.
Mansub [arabcha – tegishli; aloqador] qarashli, tegishli, taalluqli, oid, kiradigan. Umurtqalilar sinfiga mansub jonivor. Galogenlarga mansub element. Yuqori tabaqaga mansub odam. tsh Devonbegilar avlodiga mansub bo‘lgan. Shernazarboy Islomxo‘jani ich-ichidan yomon ko‘rar, azaldan adovati bor edi. J.Sharipov, Xorazm.

Download 203.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling