Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 203.48 Kb.
bet4/35
Sana20.09.2023
Hajmi203.48 Kb.
#1683018
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Keyingi yillarda antroposentrik tamoyillar asosida sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika, lingvokulturologiya kabi bir qator fan sohalari rivojlandi. Xususan, lisoniy shaxsning ijtimoiylashuvi, nutqiy vaziyatning diskursga ta’siri nuqtayi nazaridan “идентичность” (“mansublik”) tushunchasi shakllandi. Jahon va rus tilshunosligida ushbu tushuncha doirasidagi masalalar mansublik fenomeni nazariy asoslari2, milliy-etnik mansublik3, kasbiy mansublik4, shaxsiy mansublik5, mansublik inqirozi6 kabi turli aspektlarda o‘rganilmoqda.
Mamlakatimiz tilshunosligida mansublik atamasi qo‘llanmagan bo‘lsa-da, mazkur muammoning ayrim jihatlariga aloqador gender7, nutqiy etiket8, sud nutqi9 kabi masalalarning o‘rganilishi mazkur tadqiqot uchun zamin yaratdi. Ammo muloqotda muayyan ijtimoiy guruhga mansublik (keyingi o‘rinlarda “mansublik” atamasi qo‘llanadi) masalasi maxsus, to‘laligicha o‘rganilmagan. Mazkur tadqiqot so‘zlashuvchining ixtiyoriy (spontan) nutqi, badiiy va publitsistik, hatto rasmiy uslubga xos matnlarning ijtimoiy, milliy-etnik, gender, diniy, kasbiy, yoshga doir va boshqa mansublik xususiyatlarini ochib berishga xizmat qiladi.
Tadqiqotning dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog‘liqligi. Dissertatsiya Qo‘qon davlat pedagogika institutining ilmiy-tadqiqot ishlari rejasiga muvofiq “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari talqini” mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlari rejasi doirasida bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi – muloqot vaziyatida ishtirok etuvchilarning aktual, yoshga xos, hududiy, sinf (mulk)iy, diniy, madaniy, milliy, nasl-nasab, etatik mansublik xususiyatlarini va ularni ifodalash usullarini ochib berishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
mansublikka doir turli fanlardagi nazariyalarni ko‘rib chiqish va zamonaviy ilmiy diskursda noaniq bo‘lgan “mansublik” tushunchasini aniqlash;
tilshunoslikka oid tadqiqotlarda mavjud yo‘nalishlarni tahlil qilish va ushbu tadqiqot uchun eng istiqbollilarini aniqlash;
mansublikka oid tadqiqotlar o‘tkazishda yuzaga keladigan muammolarni o‘rganish;
aktual, yoshga xos, hududiy, sinf (mulk)iy, diniy, madaniy, milliy, nasl-nasab, etatik mansublik turlarini o‘rganish;
mansublikka oid tadqiqotlarning antinomik ziddiyatlarini muloqot xulqining belgilangan stereotiplari bilan ko‘rsatish;
tanlangan matnning mansublik xususiyatlarini turli til sathlarida ko‘rib chiqish;
matnning leksik va semantik mazmuni jihatidan mansublikka yo‘naltirilgan farqlarini ko‘rsatish;
matnning mansublikka xos lingvostilistik xususiyatlarini ko‘rsatib berish;
turli diskurslarda so‘zlashuv nutqiga doir aktlarning mansublik xususiyatlarini aniqlash.

Download 203.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling