Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari


Tuya bir tanga, qani bir tanga, tuya ming tanga, mana ming tanga


Download 203.48 Kb.
bet14/35
Sana20.09.2023
Hajmi203.48 Kb.
#1683018
TuriReferat
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Bog'liq
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii

Tuya bir tanga, qani bir tanga, tuya ming tanga, mana ming tanga. Bu maqol bozorning arzon-qimmatligidan tashqari, insonning imkon darajasi haqida ma’lumot beradi. Zamonki bo‘ladi shu tuya bir tangaga sotiladi, biroq bir tanganing qadr-qimmati, kuchi-quvvati baland. Shu sabab tuya olishning imkoni yo‘q (Qani bir tanga!). Tag‘in bir davr keladiki, tuyaning narxi ming tangaga chiqib ketadi. Ammo siz shu ming tangaga bo‘lsa-da, tuya olish qurbiga egasiz (Mana ming tanga!) Ko‘chma ma’nosida: boylig-u kambag‘allik, omadlilig-u omadsizlik, tole-yu tolesizlik ko‘zda tutiladi.30
Ma’lumki, iboralar majoziy ma’no ifodalab, so‘z semalarining o‘ziga xos qirralarini yuzaga chiqaradi, nutqiy ta’sirchanlikni oshirishga xizmat qiladi. Masalan, “boy kasal” iborasi mazmunida boyning imkoniyati kengligi, yengilroq kasallik holatida ham parvarishda bo‘lishi, o‘zini avaylashi nazarda tutiladi.
Boy kasal – o‘zi og‘ir bo‘lmasa-da, parvarish talab qiladigan yoki shunday parvarish uchun bahona bo‘lgan kasallik; shunday kasallikka uchragan odam. Dard degan narsa anoyi bemorni topsa, tanasidan chiqmay o‘tirib oladi. Shuning uchun ham og‘rig‘ining tayini yo‘q bemorlarni “boy kasal” deyishadi. “Mushtum”31.
O‘ziga to‘q. Mahallamizdagi o‘ziga to‘q kishilar xayr-ehson qilishadi, yetimlarga va kam ta’minlangan oilalarga yordam qilishadi. Ko‘plab xayrli ishlarda homiylik qiladilar. (Internetdan)
Qo‘li uzun. Ortiq darajada imkoniyatga ega. Antonimi: qo‘li kalta (cheklangan imkoniyatga ega)32. Nutqimizda qo‘li uzun – qo‘li kalta iboralari yuqorida ifodalangan ma’nolarda faol qo‘llaniladi. Shuni ham ta’kidlab o‘tish joizki, qo‘li uzun iborasi faqat “boy” tushunchasini ifodalabgina qolmay, ko‘p ma’noli frazeologik birlik hisoblanadi.
Shaxsning ijtimoiy guruhga mansubligi o‘ziga xos belgilaridan biri – bu mavqe tushunchasidir. Insonning jinsi, yoshi, kasbi, kelib chiqishi, qarindoshlik, do‘stlik va boshqa mazmundagi aloqalariga, daromadlari miqdori va hokazolarga mos ravishda jamiyatda tutgan o‘rni “ijtimoiy mavqe” tushunchasining mazmunini belgilaydi. Shaxsning ijtimoiy mavqeyi – umr davomida erishiladigan (ya’ni tug‘ma bo‘lmagan), o‘zgaruvchan va “injiq” hodisani aks ettiruvchi tushunchadir. Shaxs mavqeyining o‘zgaruvchanligi shuni anglatadiki, masalan, ishchi bo‘lgan kishi ziyoli yoki aqliy mehnat sohibiga aylanishi mumkin. Mavqening “injiqligi” bankirni bankrotga, ishsizni uysizga aylantirib qo‘yishi mumkin. Shaxs ijtimoiy mavqeyining barcha qirralari kishining muayyan ijtimoiy xislatlar, vazifalar yoki o‘rinlarga ega bo‘lishi (almashtirishi, yo‘qotishi va b.) ijtimoiylashuv jarayonida shakllanadi, o‘zgaradi33.
Har qanday antropolingvistik hodisani o‘rganish jarayonida uni ikki tomonlama, ya’ni ijobiy-salbiy dialektik tamoyil asosida tadqiq qilishni talab etadi. Bu esa mansublik hodisalarini turli rakursda kuzatish va tadqiq qilish imkonini beradi.



Download 203.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling