Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari


Download 203.48 Kb.
bet9/35
Sana20.09.2023
Hajmi203.48 Kb.
#1683018
TuriReferat
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35
Bog'liq
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii

Hududiy mansublik.
Xayriddin xuddi o‘zining joni og‘riyotgandek yuzimni siladi.

  • Sabr qiling, jo‘rajon! Dardni bergan Xudo davosiniyam beradi.

Tajanglanib turganimni ko‘rib, yupatdi:
Xafa bo‘lmang, jo‘ra, nasib etsa, hammasi izga tushib ketadi. Tish og‘rig‘i, ko‘z og‘rig‘i – qutlug‘ dard. Uxlang, jo‘ra. (O‘.Hoshimov, “Tushda kechgan umrlar”).
Yoshga xos mansublik. O‘zbek mentalitetida o‘zidan yoshi katta odamga nisbatan garchi u begona bo‘lsa ham, qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi aka, opa, xola, amaki, tog‘a kabi so‘zlar orqali murojaat qilish odat hisoblanadi.
– Miyamni qoqib, qo‘limga berdingiz-ku, xola. Aytyapman-ku, men boshqa narsani so‘ramoqchiman.
– So‘rayver, bolam, so‘rayver.
Shomatov Rustamni tanirmidingiz?
– Anavi... kuyovnimi? Albatta, tanirdim. Yaxshi bola edi, rahmatli. (O‘.Hoshimov, “Tushda kechgan umrlar”).
Diniy mansublik.
Qori aka, uzr, gapingizni bo‘laman. Farzandi haqqiga duo olib berish ham otalik fazilatlaridan biri. Afsuski, birovlardan duo olish u yoqda tursin, o‘zi ham duo qilmay yuradigan johil otalarimiz ham borkim, Alloh ularga hidoyat bersin. (Internetdan).
Nasl-nasab mansubligi. Bunday murojaat birliklari, asosan, tarixiy mavzudagi badiiy matnlarda kuzatiladi.
– Kun isidi, amirzodam. Yoz ramazoni tinkani quritur. Iftorgacha toliqib qolmasinlar. Endi borib, salqinda mutolaa qilsinlar. Kamina Andijon qo‘rg‘onini mudofaaga tayyorlash bilan band bo‘lurmen. (P.Qodirov “Yulduzli tunlar”).
Davr o‘tishi bilan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar ta’sirida milliy mentalitetimizdagi nasl-nasabga bog‘liqlik tendensiyasi kuchsizlanib bordi va hozirgi zamonaviy muloqot jarayonlarida deyarli qo‘llanilmaydi.
Etatik (davlatga) mansublik.
Aziz vatandoshlar!
Atoqli ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning: “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir”, degan hikmatli so‘zlarini men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman. Keyingi yillarda masalaga mana shunday yondashuv bizning ushbu sohadagi faoliyatimiz mezoniga aylandi. Chindan ham, agar biz ta’limni o‘zgartirsak, ta’lim insonni o‘zgartiradi. Inson o‘zgarsa – butun jamiyatimiz o‘zgaradi (O‘zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev nutqidan).
Bunda vatandoshlar so‘zi orqali millatidan qat’i nazar butun O‘zbekiston fuqarolariga murojaat qilinmoqda.
“Nutq birliklarini tabaqa jihatidan tahlil qilganda, bir-biriga teng darajadagi kommunikantlar orasidagi munosabat va teng bo‘lmagan kommunikantlar munosabati tarzida ajratish mumkin14”.
Ma’lum nutqiy markerlar muloqotchilarning o‘zaro bir guruhga mansubligini aniqlab olishlari uchun ham qo‘l keladi:
He looked beyond Captain Boone at the gulf with the impersonal and expressionless dignity of a Chinese emperor.
"Thinkin' of buyin' that'ar gulf, buddy?" asked the captain...
"Why, no," said the Kid gently, "I reckon not. I never saw it before. I was just looking at it. Not thinking of selling it, are you?"
..."Where are you going to?" asked the refugee.
"BuenasTierras, coast of South America... "
"That sounds to me!" said the Kid, at last betraying interest. "What'll the expressage be to take me out there with you?"15.
(U ko‘rfazga kapitan Boonni chetlab o‘tib Xitoy imperatoriga xos bo‘lgan behis, befarq xotirjamlik bilan qaradi.
– Nima, ko‘rfaz sotib olmoqchimisiz, do‘stim? so‘radi kapitan...
– Xo‘sh, nega, yumshoq javob berdi Kichkintoy, yo‘g‘-a. Men avval uni hech qachon ko‘rmaganman. Men shunchaki unga qarayapman. Siz uni sotmoqchimisiz?...
– Qayerga ketyapsiz? – deb so‘radi qochoq.
– Buyenos Tiyerrasga, Janubiy Amerika qirg‘og‘ida...
– Menga bu yoqadi, dedi Kichkintoy va nihoyat suhbatga biroz qiziqish bildirdi. "Meni u yerga olib borishni qanchaga gaplashamiz?")
Ko‘rinadiki, suhbatdoshlar o‘zaro bir guruhga mansubligi, avvalo, noverbal holatda ishora bergan bo‘lsa (He looked beyond Captain Boone at the gulf with the impersonal and expressionless dignity of a Chinese emperor.), buni keyinchalik verbal ifodalar mustahkamlamoqda.
Lingvomadaniy yondashuv doirasida mansublikni o‘rganish tildagi milliy-etnik, ijtimoiy, kasbiy, madaniy va boshqa jihatlardan aniqlangan hodisalarning verbalizatsiyasini tahlil qilishni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa, turli madaniyatlarga oid til tashuvchilari tomonidan olam manzarasini idrok etishdagi farqlarni ochib beradi.
Zamonaviy tilshunoslikda antroposentrik tamoyillar asosida tadqiqotning ko‘plab yangi qirralari qatorida kognitiv yo‘nalish doirasida diskursni o‘ziga xos kategoriya sifatida tadqiq qilib, uning tayanch xususiyatlarini o‘rganish tilshunoslar e’tiboridagi muhim masalalardan biri bo‘lib qoldi.
Til tashuvchilarining yangi ijtimoiy-madaniy makonga ko‘chishi turli darajadagi munosabatlarni shakllantirishi turli-tuman obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liqdir. Aytaylik, dunyo muhojirlarining asosiy muammosi bo‘lgan o‘ziga munosib ish topish masalasida uning kasbiy mansubligi mos kelsa, o‘sha makonga moslashishi, “bu yer men uchun yaxshi”, “o‘z o‘rnimni topdim” kabi xulosalarga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yoki “donor makon” tilini bilsa, kommunikativlik kompetensiyasi yetarli bo‘lsa, muvofiqlashuv jarayoni oson kechadi.
Ishning ikkinchi bobi “Muloqot jarayonida qatnashuvchilar nutqining lisoniy tabiatini belgilovchi mansublik turlari” deb nomlangan, quyidagi qismlardan iborat: “Mansublik turlarini tasniflash tamoyil va mezonlari”, “Mansublik turlari tasnifi va ularning lingvistik xususiyatlari”.
Ma’lumki, tipologiyaning maqsadi mavjud turli xil obyektlarni ma’lum bir mezonlar asosida qurilgan ideal-tipik guruh, model yoki sxemalar asosida tartibga solishdan iborat. Endigina shakllanayotgan, o‘zining istiqbolli mavqeyini ochishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy-gumanitar diskursning mansublik kategoriyasi tizimli tipologiyasi muammosi ham jiddiy e’tibor talab qiladigan tavsif va tasnifini kutayotgan bir davrda bu borada turlicha yondashuvlar asosidagi tadqiqotlarni amalga oshirish tilshunosligimiz oldida turgan muhim masalalardan biridir.
Mansublik tushunchasining har bir ko‘rinishi o‘ziga xos relevant belgilar tizimiga ega bo‘ladi va bu belgilar umumiylik-xususiylik dialektikasi asosida voqelanadi.
Masalan, etnik mansublik belgilaridan biri sifatida har bir xalqning o‘ziga xos taomlari bo‘ladi. O‘zbek xalqining ana shunday palov-osh taomi YUNESKO Xalqaro tashkiloti tomonidan “O‘zbekiston nomoddiy madaniy merosi ro‘yxati”ga kiritilganligi milliy-etnik madaniy ramzlardan biriga aylanganligining isbotidir.
O‘zbek xalqining bu shoh taomi va u bilan bog‘liq urf-odatlar haqida “boshqa madaniy va etnik mansublik” vakillarining fikri turlicha bo‘lishi esa o‘ziga xoslikning kognitiv aspekti bilan bog‘liqdir.
Mansublik strukturasi va konseptual maydonida konnotativ kontekst elementi ham muhim o‘rin egallaydi. Shubhasiz, mansublik modalligi, tipologiyasi mezonlarining tabiatiga, ya’ni shakllari, o‘ziga xoslik ko‘lami bilan birga voqelik kechayotgan vaziyat va muhit omiliga ham bog‘liq bo‘ladi. Bularning barchasi ijtimoiy mansublik tipologiyasini yaratishda ijtimoiylashuv shakllari shaxsiyatning barcha qirralari shakllanishiga ta’sir qilishi nazarda tutilishi zarur.
Ijtimoiy mansublik borasidagi yetakchi nazariyalarni tahlil qilish va umumlashtirish jarayonida N.L.Ivanova va T.V.Rumyanseva mansublikning quyidagi asosiy funksiyalarini bayon qiladilar:
indikativ (hayotda o‘z o‘rnini izlash);
• strukturaviy (aniqlikning saqlanishi, determinizm va noaniqlik korrelyatsiyasi);
maqsadli (moslashish, xulq-atvor modelini qurish);
ekzistensial (prognozlash, o‘z ruhiy salohiyati)
Shunday qilib, mansublik fenomeni va funksiyalariga yondashuvlardagi farqlarga qaramay, funksional jihatdan shaxsga yaxlitlik, uzluksizlik va aniqlik berishi, bir xil odamlar va toifalar bilan o‘xshashlikni ta’minlashi muhimdir 16.
Mansublik turlari tasnifi bo‘yicha turlicha qarashlar mavjud.
Shuningdek, ushbu lug‘atda mansublik turlari quyidagicha tasniflangan:
aktual mansublik;
– yoshga xos mansublik;
– hududiy mansublik;
– sinf (mulk)iy mansublik;
– diniy mansublik;
– madaniy mansublik;
milliy mansublik;
– nasl-nasab mansubligi;
– subetnik mansublik;
– etatik (davlatga) mansublik17 .
Mavzu doirasidagi ilmiy manbalarni o‘rganish asosida mansublik turlarini quyidagicha tasnifladik:


etatik



milliy-etnik



madaniy

gender









sinfiy (mulkiy)

Mansublik



diniy







nasl-nasabga xos



yoshga xos



hududiy

Antroposentrik nazariyalarning kengayishi natijasi o‘laroq, o‘zbek tilshunosligida, xususan, qiyosiy-tipologik tilshunoslik doirasida nutqiy faoliyatning gender xususiyatlari tadqiqiga qiziqish tobora ortib bormoqda18.



Download 203.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling