Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari


Download 203.48 Kb.
bet5/35
Sana20.09.2023
Hajmi203.48 Kb.
#1683018
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii

Tadqiqotning obyekti sifatida zamonaviy jamiyat vakillarining spontan va tartibga solingan nutqi olingan.
Tadqiqotning predmetini tilning rivojlanishida mansublik belgisining nazariy va amaliy ahamiyati, lingvistik qonuniyatlarning mansublik doirasida voqelanishi, kommunikativ jarayonning mansublik xususiyatlari tashkil etadi.
Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida qiyosiy tahlil, zidlash, tasniflash, suhbat, kontekstual, distributiv va struktural tahlil kabi bir qator usullardan foydalaniladi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mansublik subyektlararo dialog-muloqot makonida ham ijtimoiy, ham maishiy jihatlariga aloqador va lisoniy shaxsning hayotiy pozitsiyasini ta’minlovchi, o‘zini o‘zi shakllantiruvchi psixologik bazani yaratuvchi hodisa sifatida uning ijtimoiy guruhga xos nutqiy uslubida, til birliklarini qo‘llashida aks etishi dalillangan;
mansublik hodisasi shaxslararo munosabatning ikki ko‘rinishiga: rasmiy muloqot odamlarning jamiyatda bajaradigan rasmiy vazifalari; norasmiy muloqot odamning shaxsiy munosabatlariga va xulq-atvoriga asoslanishi, uning turi va shaklini, ichki semantik tuzilishini belgilashda kognitiv, konnotativ va hissiy jihatlar sintezlanishi muloqot xulqi, nutqiy etiket, sud-huquq, gender masalalari doirasida asoslangan;
til tashuvchilarining mo‘tadil mansublik muhitidan o‘zgaruvchan va o‘zgacha madaniy doiraga o‘tishi va unga muvofiqlashuv jarayonlaridagi subdiskursining "keraksiz", “(juda) tan olinmagan”, “o‘z uyidagidek his qila olmaslik” sifatlari migrantlar diskursi misolida ochib berilgan;
lisoniy mansublikning yoshga xos mansublik, hududiy mansublik, sinf(mulk)iy mansublik, diniy mansublik, madaniy mansublik, milliy-etnik mansublik, nasl-nasab mansubligi, etatik (davlatga) mansublik turlari aniqlangan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati lingvomadaniy, emotsional va kognitiv munosabatlar, inson tafakkurining atrof-olam bilan munosabati manzarasining lisonda ifodalanishi, mansublikning ifodalanishini nazariy jihatdan chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan monografik tadqiqotlar uchun asos bo‘la olishi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati shundaki, dissertatsiyaning xulosalari va materiallari pragmalingvistika, semasiologiya, leksikografiya, terminologiya va boshqa sohalar uchun muhim manba bo‘ladi, shuningdek, turli soha vakillarining nutqiy mahoratini oshirishda, o‘quv adabiyotlarini yaratishda, lug‘atlar tuzishda, magistrlik, doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlashda, oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlarida “Til nazariyasi”, “Matn tahlili”, “Matnning filologik tahlili”, “Tahliliy o‘qish”, shuningdek, magistratura ixtisosliklarida “Sotsiolingvistika”, “Pragmalingvistika”, “Sotsiopragmatika” hamda “Psixolingvistika”, “Gender tilshunoslik” fanlaridan ma’ruza matnlari tuzishda, umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun fan dasturlari, o‘quv dasturlari tayyorlashda maxsus kurslarni o‘qitishda xizmat qiladi.

Download 203.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling