Muloqot jarayonida lisoniy mansublik tavsifi va turlari
Download 203.48 Kb.
|
Avtoreferat Атаdjаnova 28 08 2023 2 2 Kompyuterchii
Mansubiyat [arabcha – qarindoshlik; aloqadorlik] kt. Mansublik, oidlik, taalluqdorlik. Garchi sizning qipchoq qavmiga mansubiyatingiz bo‘lsa ham, Musulmonqulni haydashda bizga unutmaslik xayrixohliklar va xizmatlar ko‘rsatdingiz. A.Qodiriy, O‘tgan kunlar.
Mansublik 1. Mansub holat. Sinfiy mansublik. 2. Mansub ekanlik. ..qaysi xalq, millat, dinga mansubligini surishtirmay, barchani baravar ko‘rishlarini jo‘shib gapirdi. K.Yashin, Hamza10. Mansublik. Insonning o‘z qiziqishlari, istaklari, manfaatlari bo‘yicha muayyan ijtimoiy guruhga birlashish – ehtiyojni belgilaydi11. Yuqoridagi izohlar antroposentrik tilshunoslik nuqtayi nazaridan ijtimoiy mavqedagi “mansublik” atamasiga nisbatan to‘g‘ri yondashganimizni ko‘rsatadi. Muloqot jarayonida kommunikantlar ishtirokiga ko‘ra etnik, gender, ijtimoiy, madaniy, xodimlik, huquqiy, millatlararo, sport, siyosiy, tarixiy (urush yoki biror voqelik qatnashchisi) mansublik turlarini farqlash mumkin. Mansublik fenomeni antroposentrik paradigmalardan biri sifatida falsafa, sotsiologiya, ijtimoiy psixologiya, lingvokulturologiya, tilshunoslik fanlari doirasida u yoki bu darajada tadqiq etib kelingan va o‘zining nazariy asoslariga ega. Dissertatsiyada dunyo ilm-fanida mansublik fenomeni haqidagi tushunchalar tahlil qilingan. Mansublik belgi emas, balki munosabatdir. U faqat ijtimoiy o‘zaro ta’sir jarayonida shakllanadi, mustahkamlanadi (yoki aksincha, qayta ta’riflanadi, o‘zgartiriladi). Bu so‘z, avvalo, shaxsga nisbatan qo‘llanishi mumkin, chunki faqat shaxslar subyektivlik sifatiga ega va shunga mos ravishda o‘zlariga ma’lum bir qiymatlarni bog‘lashi yoki bog‘lamasliklari mumkin. Guruhlarga nisbatan esa faqat majoziy, metaforik ma’noda qo‘llanadi. Shunday qilib, 80-yillarning o‘rtalaridan boshlab siyosatshunoslikda xalqaro munosabatlar subyektlari haqida bir-biri bilan raqobatlashuvchi "mansubliklar" ("islomiy", "xristian", "g‘arbiy", "sharqiy", "yevrosiyolik" va boshqalar) sifatida gapirila boshlandi. Zamonaviy shaxsning mansubligi ma’lum bir turmush tarziga ongli ravishda yo‘naltirilganligi, muayyan bir guruh qadriyatlariga mansubligini shakllantirishini "tanlash"i bilan bog‘liq. Ijtimoiylashuv jarayonida shaxs ko‘plab rollarga muvofiqlashishni o‘rganadi va shunga mos ravishda ko‘plab “mansublik”larga ega bo‘ladi12. Sotsiologlar tomonidan mansublik turlariga oid til birliklaridan ikki xil usulda – rasmiy va norasmiy tarzda foydalanilishi e’tirof etiladi. Shaxslararo munosabatlar turli shakllarda ko‘rinishi mumkin, masalan, ishga aloqador (rasmiy, ishonchli, nosamimiy) va shaxsiy (norasmiy, samimiy) shakllarda. Ishga (xizmatga) aloqador bo‘lgan munosabatlar mansabdor shaxslar tomonidan o‘rnatilgan yoki mazkur muhitda qabul qilinib, uzoq vaqt davom etgan an’analar natijasida shakllangan muayyan qoidalar, marosimlar va rasmiyatchilikka amal qilish bilan bog‘liqdir. Ishga aloqador munosabatlar majburiylik xususiyatiga ega. Tadqiqotimiz davomida mansublik va til munosabati xususidagi izlanishlar, asosan, tillararo va madaniyatlararo muloqot nuqtayi nazaridan olib borilganligini kuzatdik. Mansublikning tilda namoyon bo‘lishi haqida gapirganda, birinchi navbatda, "identifikatsiya belgisi" termini ostida qanday til birliklari va vositalari mansublik belgisi bo‘la olishiga e’tibor qaratiladi. Mansublik tushunchasi o‘zgaruvchan sharoitlarga bog‘liq. Demak, turli sharoitlarda, boshqa muhit, boshqa guruh doirasida faoliyat jarayonining o‘zgaruvchan sharoitiga ko‘ra nutqiy vaziyatning almashishi natijasida ifoda usullari ham o‘zgaradi. Y.Mirzaahmedovaning “Tilda genderni farqlovchi muloqot shakllari” dissertatsiyasida o‘zbek va boshqa tillarda erkak va ayollar muloqot xulqi, grammatik hamda lug‘aviy shakllanishi bilan bog‘liq stereotiplar, matnning grammatik-gender, leksik va semantik-gender, lingvostilistik-gender imkoniyatlari hamda feminlik va maskulinlikning mental xususiyatlari; gender aspektda mavzu tanlanishi, suhbatdoshlarning muloqot jarayonidagi iyerarxiyasi, verbal va noverbal ifoda – mimika, gavda harakatidagi gender farqlar, ushbu mazmunni ifodalashning sintaktik, leksik, morfologik imkoniyatlari mavjudligi kabi qator masalalar qamrab olingan13. Bunday tadqiqotlar ko‘p emas, dissertatsiyada bu xil ishlar bafurja tahlil qilingan. Ishimizda ko‘zda tutilgan mansublik doiralarida ham murojaat shakllarini farqlash mumkin. Download 203.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling