kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillari bo‘lib, bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, artikulyatsiya, tovushlar, to‘xtashlar, duduqlanish, yo‘tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. Noverbal ta’sir «nutqsiz» ko‘rinishga ega bo‘lib, bunga - Noverbal ta’sir «nutqsiz» ko‘rinishga ega bo‘lib, bunga
Suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o‘rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar (shovqin, hidlar) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada kuchaytirib, suhbatdoshlarning birbirlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. - Empatiya (ingl.empathy – hamdardlik, o‘zini boshqaning o‘rniga qo‘ya olish mahorati) – bu insonning boshqalarning kechinma va his-tuyg‘ulariga nisbatan emotsional javob bera olish qobiliyatidir. Empatiyani namoyon qilishning 3 varianti mavjud:
- empatik ta’sirlanish (kuzatish orqali boshqa insonda namoyon bo‘layotgan
- emotsiyalarga o‘xshash emotsional ta’sirlarni boshdan kechirish), boshqa nuqtayi nazarni qabul qilish (o‘zini boshqaning o‘rnida
- tasavvur etish, simpatik ta’sirlanish (boshqa insonning his-tuyg‘usini tushunish g‘amho‘rlik, jonkuyarlik, rahmdillikni yuzaga keltirishi).
Passiv tinglash So‘zlayotgan insonning nutqiga minimal darajada aralashish, maksimal darajada diqqatini jalb qilishni anglatadi (diqqat bilan jim turish mahorati).Ushbu tinglashning muhim signali noverbal ta’sir, ya’ni ko‘z kontakti, bosh irg‘itmoq yoki silkitmoq hisoblanadi. Bu tinglash turi quyidagi vaziyatlarda maqsadga muvofiq: - – agar suhbatdosh o‘z nuqtayi nazarini aytishni xohlayotgan
- bo‘lsa;
- – agar suhbatdosh o‘z muammolari haqida so‘zlayotgan bo‘lsa;
- – keskin va tang vaziyatlarda;
- – sizdan yuqori lavozimdagi inson bilan suhbatda (masalan, sizni
- rahbaringiz tanqid qilganda);
Do'stlaringiz bilan baham: |