Mundareja
Download 447.02 Kb.
|
Kurs ishi Pardozlash1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 .KIR I SH. “Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari ”
Mundareja 1.Kirish ………………………………………………………………..................... 2 2.Texnalogik qism ………………………………………………………………… 6 3.Buyum tavsifi ......................................................……………………………….10 4.Texnologik sxema .........……………………………………………………..… 13 5.Hisob-kitob qismi .........................................………………………………….. 14 a) Korxonaning ish rejimi ..................................….…………………………… 14 b) Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ……………………………..……….. 15 v) Buyum turiga bog’liq holda xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar hisobi... 16 g) Texnalogik asbob-uskunalarnitanlashva hisoblash ………………………… 17 6.Xomashyo va tayyor maxsulotlar ombori hisobi………………………………. 19 7.Texnika xavsizligiva mexnat muxofazasi……………………………………… 21 8.Mehnat xavsizligi………………………………………………………………..22 9.Atrof muhitni muhovaza qilish……………………………………………….…23 10.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………….24 1
1.KIRISH. “Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari” fani bo‘yicha kurs ishini bajarishdan maqsad talabalarning aniq na’munaviy misollarni yechish orqali tipik qurilmalarni hisoblashni va texnik shartlar, davlat standartlari talablarini o‘rgatishdan, materiallarning issiqlik fizik xossalarini o’rganishdan iborat. Mamlakatimizda sanoat va uy-joy qurilishi yildan-yilga tobora o‘sib bormoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining ko‘lami va sur’ati ko’p jihatdan kapital qurilish sur’atlari va sifatiga, kapital mablag‘lardan samarali foydalanishga bog‘liq. Qurilish hajmini ko‘paytirish bilan bir qatorda qurilish-montaj va pardozlash ishlarining sifatini oshirish ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Pardozlash ishlaridan eng qiyini suvoq ishlari boisa, eng muhimi bo‘yoqchilik ishlaridir. Suvoq qatlami binoni issiq saqlash, tovush izolatsiyasini yaxshilash, binoni to la yoki qisman yonmaydigan qilish va uning yog’och qismlarini chirishdan saqlash uchun zarur. Suvoq ishlarini m exanizatsiyalashtirish ularni bajarishdagi m ehnat sarfini qisqartirishga va mehnat unumini oshirishga imkon beradi. Bo'yoqchilik ishlari bino va inshootlar konstruksiyalarining xizmat muddatini uzaytirish, xonalarning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va tashqi ko'rinishini kobrkamlashtirish uchun ularning sirtiga surtishdan iboratdir. Sirtlarni gulqog‘oz yopishtirib pardozlash ham b o ‘yoqchilik ishlariga kiradi. Hozirgi vaqtda qurilish materiallari sanoati pardozlash m ateriallarining keng nom enklaturasini ishlab chiqarm oqda, shuningdek ko‘p mehnat talab qiladigan pardozlash ishlarini qo‘lda bajarish o‘rniga m exanizatsiyalashtirilgan zam onaviy usullardan, gipsdan iborat bog’lovchi moddalar qo‘shilgan qorishmalar, tarkibida sun’iy qatronlar bo'lgan bo‘yoqlardan foydalanilmoqda Yuzaga kelgan barcha imtiyozlardan unumli va oqilona foydalanish uchun samarali ishlab chiqarish turlarini loyihalashtirish va ularni tadbiq etish talab qilinadi. Respublikaning asosiy tarmoqlari orasida qurilish materiallari salmoqli o‘rin egallaydi. Bu esa o‘z xom ashyo bazasiga egaligimiz, sanoat, qurilish materiallari va 2
borligi bilan belgilanadi. Issiqlik izolyatsiya materiallari deb, yuqori gʼovakkka ega va oqibatda kam issiqlik oʼtkazuvchan qurilish materiallariga aytiladi. Yuqori gʼovak deyarli barcha issiqlik izolyatsiya materiallarining bosh va umumiy xususiyati boʼlib, ularning asosiy texnik xossalarini aniqlaydi. Turli texnologik usullarni qoʼllab, issiqlik izolyatsiya materiallar gʼovakligini nazorat qilish va shu yordamida materiallarga kerakli sifatlarni berish mumkin. “Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari” fanidan kurs ishi bajarish mohiyati turli xususiyat va koʼrinishdagi xom ashyodan keskin farqlanuvchi ishlab chiqarish texnologik sxemalari boʼyicha olingan va xalq xoʼjaligida turli sohalarda qoʼllanuvchi materiallarni oʼrganish bilan bogʼliq. “Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari” fanining alohida boʼlimlari oʼxshash oʼquv fanlar bilan uzviy bogʼliq, masalan: bogʼlovchi moddalar, qurilish materiallari va buyumlari texnologiyasi va boshqalar. Qoʼllanilayotgan xom ashyo va ularni qayta ishlash usullari turli-tumanligiga qaramasdan, barcha issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarishda bitta umumiy va shu bilan birga muhim texnologik masala mavjud bu yuqori gʼovak material olishdir. Bu esa “Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari” fanining bir oʼzida bunday materiallar ishlab chiqarishning koʼp sonli usullarini oʼrganishga imkon beradi bular ma'lum miqdorda binolarni yengillashtirish masalalarini hal qiladi. Konstruksiyalarini yengillashtirish armatura va sement miqdorini tejashga, konstruksiyalarni ko‘ndalang kesimini kamayishiga va ularning oralig‘ini uzaytirishga olib keladi va shu bilan bir qatarda eng asosiy omil energiya tejash imkoni,pardozlash mexnat va xarajatlarini iqtisod qilib beradi. Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirishda asosiy yo‘llanmalar qo‘yidagilar bo‘lishi kerak: Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat sarfini kamaytirish, yuqori sifatli materiallar ko‘plab ishlab chiqarishni tashkil etish, Pardozlash va issiqlik izolyasiya 3 materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik jarayonlarni keng ko‘lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni ishlatish; Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari hossalarini aniqlashda xom ashyo mahsulotlarning sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo‘llash; hisoblash texnikasidan keng foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo‘llash; sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko‘lamda qo‘llash; ishchi, energiya va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan foydalanish darkor. Qurilish materiallarining sifati doim uning tuzilmasi bilan aniqlanadi. Shuning uchun, materialni oldindan berilgan xossalari bilan olish uchun, uning oldindan berilgan texnik xarakteristikasiga javob beruvchi tuzilmasini yaratish lozim. Bunday uslubiy asosda turli xil noorganik va organik qurilish materiallarini o‘rganish birlashtirilgan. Qurilish materialshunosligi o‘ziga xos tarixga ega. Eng qadimgi va juda keng tarqalgan giltuproq asosidagi qurilish materiallari insoniyat tarixining ilk davridayoq ishlatilgan. Giltuproqdan pishirilgan g‘isht ishlab chiqarish tarixi 5 - 6 ming yilga teng. В ino va inshootlarni tabiiy tosh materiallaridan qurish antik dunyo tarixi bilan bogiangan. Misr piramidalari, Buyuk Xitoy devori, Rim Kolizeyi bunga yaqqol misol bo‘ladi. Tabiiy toshlarni maydalab, pishirib ohak, ganch, gips va sh.k. mineral bog‘lovchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bir necha ming yil avval yaratilgan. Shahrisabz, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi tarixiy shaharlarimiz qurilishiga nazar tashlasak, shoh saroylari, madrasava masjidlar, qal’a devorlari, suv inshootlari tabiiy toshlardan, pishiq g‘ishtdan bo‘lgan qorishmalar asosida terilib, barpo etilganini ko‘ramiz. Qadimdan qurilishda yog‘och materiallar sifatida eman, qarag‘ay, pixta, qayin, dub, buk, yasen, Markaziy Osiyoda esa terak, qayrag‘och, archa, yong‘oq, tut va tol kabilar ishlatilgan. Qurilish materiallari tarixida portlandsement va u asosida betonlar alohida o‘rin tutadi. Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarish qurilish industriyasining asosiy vazifasi hisoblanadi. Qurilish materialshunosligining dolzarb masalalariga yuqori sifatli, tannarxi arzon, 4 mustahkam, umrboqiy, mahalliy xomashyo zaminida ishlab chiqarilgan ekologik buyumlar, qismlar, konstruksiyalarni tayyorlash va ishlatish sohalarini belgilash kiradi. 0 ‘zbekistonda ishlab chiqarilgan energiyaning 50 foizi yoki yiliga 17 million tonna neft ekvivalenti aynan binolaming energiya iste’moliga to‘g‘ri keladi. Shunga mutanosib ravishda pamik gazlarining 40 foizi binolarga xos jarayonlardir. Bu soha 0 ‘zR «Davarxitektqurilish» qo‘mitasi, BMT ning rivojlantirish Dasturi va Global ekologik fond bilan hamkorlikda binolar energiya samaradorligi muammolari sohasida ustuvor dasturlami bajarmoqda. Ushbu muammoning asosiy yechimi issiqlikizolyatsiyasimateriallarinitakomillashtirish, issiqlik-fizikxossalarinikeskin yaxshilash, yangi turlarini ishlab chiqarishdir. Qurilish materiallari ishlab chiqishda kam energiya sarflash ham energiyani tejashning asosiy omili hisoblanadi. Global muammoning yechimida bo‘lajak arxitektor va quruvchilaming talabalik davridan e ’tiboran energiya samarador loyihalar yaratishga yo‘naltirish yaxshi natijalar beradi. Qurilish materiallari va buyumlariga qo‘yiladigan talablar davlat standartlarida (Dst), texnik shartlarda (Tsh), va boshqa me’yoriy hujjatlarda qayd etilgan. Standartlarda qurilish materiali haqidagi asosiy ma’lumotlar keltiriladi. Qurilish me’yor va qoidalari (QMQ) quruvchilar uchun rasmiy hujjat hisoblanadi, unda unda asosiy qurilish materiallarining turlari va o‘lchamlari, sifatiga qo‘yiladigan talablar, qurilayotgan bino yoki inshootdan foydalanish sharoitlariga qarab materiallar tanlash va ishlatish bo‘yicha ko‘satmalar beriladi. “Pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallari” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarda pardozlash va issiqlik materiallarning xossalari, pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarining turi va tarkibi, pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasi, pardozlash va issiqlik izolyasiya materiallarini o‘rganishi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasida pardozbob materiallar asosida konstruksiyalar ishlab chiqarishni va shu kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‘z aksini topgan. “Pardozlash va issiqlik izolyasiya 5
muhim rol o‘ynaydi. Download 447.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling