Mundarij a kirish I. bob. Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari
Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalash tizimini rivojlantirishning samarali usullari va vositalari
Download 216.4 Kb.
|
Mundarij a-fayllar.org
2.2. Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalash tizimini rivojlantirishning samarali usullari va vositalari.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarining faoliyati to’g’risida fikr yuritganda shu narsa alohida ta’kidlanishi lozimki, uning asosini ona tarbiyasi tahlil qiladi. Oiladagi an’analar farzandga ism qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib, savodini chiqarish, ilmliqilish; tabiatga o’rgatish; odob – axloqqa yo’naltirishlar boshlang’ich sinf o’quvchilari faoliyatining asosini tashkil qiladi. Bolalar oilada ijtimoiy hayot talabalarini anglaydi. Keyinchalik esa ularni to’laqon anglatdi pedagogning zimmasiga yuklanadi. Boshlang’ich sinf o’quvchisiga zamonaviy bilim berib, uning dunyoqarashini kengaytirish uchun pedagogdan avvalo, shunday bilimga yega bo’lish talab yetiladi. Bu borada u o’z ishining ustasi, tashabbuskor, pedagogik faoliyat mag’zini va negizini anglash talab qilinadi. Bunda har bir pedagog o’quvchilarni tarbiyalashda oila pedagogikasiga tayanib boshlang’ich ta’lim mazmunini go’zal bilim va go’zal fikrlar bilan yetkazib berish kerak. O’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish uchun yeng sodda ya’ni, bugungi jamiyatda, umuman, kundalik xayotda ko’p qo’llaniladigan «Yaxshi odam» iborasi, tushunchasidan kelib chiqqan holda yaxshi odam o’zi kim? U nima qilishga qodir? degan savollarga javob tariqasida o’quvchilarga batafsil tushuntirish ishlari amalga oshirilsa, o’quvchilar qalbida yaxshi insonlarga o’xshash ishtiyoqi paydo bo’ladi. Bunda yaxshi insonga xos ijobiy hislatlarini birmuncha yorqinroq ranglar bilan, salbiy xususiyatlarini qora ranglar asosida tasvirlab ko’rsatish orqali yanada yaqqolroq tasavvur hosil qildirish mumkin. Chunki boshlang’ich sinfda tahsil olayotgan o’quvchi uchun ranglar asosida tushunchalarni shakllantirish qobiliyati kuchli bo’ladi. Bu o’rinda bir mutafakkirning maktab haqidagi quyidagi fikrini keltirishim lozim: «Maktab voyaga yetayotgan avlod tafakkurini, dunyoqarashini shakllantirish ustaxonasidir…». Maktab haqidagi fikr yuritar yekanmiz, u ta’lim maskani sifatida pedagog va o’quvchining faoliyatini o’z ichiga oladi. Pedagogning fidoyilik fazilati, o’zini tutishi, fikri va nutqining sofligi yosh avlod tafakkurida o’ziga xos axamiyat kasb etadi. Yuqaridagi ta’riflardan shuni anglash mumkinki, o’qituvchi faoliyatida fidoiylik muhim fazilat hisoblanadi. Kimnidir fidoiy deb atash uchun kishi ayrim xususiyati milliy an’analar, qadriyatlarni o’zida shakllantirgan bo’lishi kerak, bundan tashqari o’zi boshqalarga yaxshilik qiladigan va yaxshilikka o’rgatadigan bo’lishi lozim. Fidoiy bo’lish insondan eng ulug’ ne’matlarni talab qiladi. Bu borada u o’sib ulg’ayib kelayotgan yosh avlod bilan ishlashda charchoq nima ekanligini sezmasligi uchun u bolalar dunyosi, bolalar olami bilan yashashi kerak. “Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun pedagog ularning xayotida asosiy rol o’ynaydi. Ayni shu vaqtlarda fikrimcha, pedagog bola dunyoqarashini shakllantirish uchun quyidagi 4 qoidaga amal qilishi kerak. Bular: 1. har bir bola xarakteri alohida ye’tibor berib aynan unga xos yo’nalishda ta’lim berish; 2. ta’lim bilan bir qator tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish, bu tamoyil bo’yicha o’zi namuna bo’lishi kerak; 3 «Mahalla-oila-maktab» yo’nalishi bo’yicha birgalikdagi ishlarini olib borish; 4. Yoshiga moslab bolalarga dars boshida yoki dars tugashidan bir necha daqiqa oldin kichik hikoya yoki afsona, tarixdagi mashhur qahramonlarimiz haqidagi bitiklardan keltirish; Bundan tashqari, dunyoqarashni shakllantirish va kengaytirish jarayonida pedagogni tashabbuskorligi muhim. O’quvchida yendigina shakllanayotgan qobiliyat talantni jonlantiradi. Yana bir xususiyat o’qituvchi-pedagogning san’atkorlik qobiloiyati, bu har qanday sharoitda vaziyatning to’g’ri tashkil qilish imkonini va o’quvchining izlanuvchanligini, o’qishga intilishni oshiradi. Mana shu yo’nalishlarini amalga to’g’ri qo’llay olishning taminlash maqsadida hozirda maktablarda pedagog bilan bir qatorda maktab ruhshunos bilan maslahatlashgan holda faoliyat yurgizishi, har bir bolani ichki dunyosi o’rganishda uning yordamida bevosita foydalanish zarur. Keyingi bosqichda, o’qituvchi pedagogning asosiy faoliyatidan biri bu bolalarga tabiat, oilaga mehr uyg’otishdir. Bola ongida o’zi yashab turgan zaminga, uning har bir xasisga, jondor hashoratiga, bir siqim tuprog’iga muhabbatni shakllantirish. Uning natijasida bizning yosh avlod biz qilib kelayotgan tabiatga noto’g’ri munosabatni takrorlamaydi. Biz duch kelgan muammolarni yechimini topadilar. O’quvchi dunyoqarashini shakllantirishda, ijtimoiy hayotda o’z o’rniga yega bo’lishni fidoiy malakali o’qituvchi pedagogning roli uning faoliyati muhim ahamiyat kasb yetadi. Bunga misol tariqasida yosh avlod trbiyasi sohasida o’z faoliyatlarini a’la darajada bajarib, davlatimiz mukofatlariga sazavor bo’lgan bir qancha pedagoglarni keltirish mumkin. Zero, ularning faoliyatini fikrlaydigan, dunyoqarash keng va iqtidorli yoshlar qiyofasida ko’rish mumkin”. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni har tomonlama tarbiyalashda quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga muofiq hisoblanadi.: Birinchidan o’quvchilarning ijtimoiy kelib chiqishi; Ikkinchidan oiladagi muhit, sharoit; Uchinchidan har bir o’quvchining individual xususiyati; To’rtinchidan dunyoqarashi; Beshinchidan qiziqishi; Oltinchidan ma’lumotlarni qabul qila olish va uni qayta ishlash ko’nikmasining shakllanganligi; O’quvchilarni o’z ustida ishlashni o’rgatishda mustaqil faoliyat yuritish ko’nikmasini shakllantirish lozim. Mustaqil ishlarni tashkil yetish va uni ilmiy metodik jihatdan samarali boshqarish ta’lim-tarbiya jarayonida, yosh avlodni har tomonlama kamol topishda, istagi bilan ongli ravishda o’qishi, tadbirlarda ishtirok etishi o’ziga xos ahamiyat kasb etadi. Unda milliy qadriyatdan foydalanish yaxshi samara beradi. O’quvchilar biron mavzuni mustaqil holda atroflicha o’rganib, mavzu bo’yicha fikr-mulohazalarni aniq, me’yoriga yetkazib bayon yetishda milliy qadriyatlardan keng foydalanish har bir pedagogning beradigan ilmiy-metodik yo’lanmasi alohida ahamiyat kasb yetadi, chunki yoshlar tafakkurini boyitishda o’qituvchi doimo yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham boshlang’ich ta’limda o’quvchilarni mustaqil ravishda dars topshiriqlarini bajarishga uyga vazifani o’zlari bajarishi, mustaqil ravishda rasm qalamlarni to’g’irlash, ranglarni tanlay olish, qarorlar qabul qilishi tashabbus bilan chiqishiga o’rgatib boriladi. O’quvchilarda mustaqil fikrni shakllantirishda odobnoma va o’qish kabi fanlarning o’rnini alohida ta’kidlash kerak. O’quvchilar ushbu darslarda bolalarga xos xayol og’ushida milliy qadriyatlarimiz bilan bevosita va bilvosita topishib boradi. Shuni unitmaslik kerakki, o’quvchilarda mustaqil fikr – mulohaza qobiliyatlarini dialektik holda rivojlantirishda ularga beriladigan muammoli savollarning mantiqiy aniq va tushunarli bo’lishi ham nazariy ham amaliy jihatdan muhim Ta’lim tarbiya jarayonida boshlang’ich sinf o’quvchilarini MMQ bilan qurollantirishda ularga nisbatan ongli yondashuvni amalga oshirmay turib, ta’limni samarali boshqarish, o’qitish qiyin. O’quvchilarda darsga bo’lgan qiziqishni faollashtirib borishda yeng samarali yo’l dars jarayonini qiziqarli qilib tashkillashtirishdir. Bunda birinchi navbatda o’quvchilar ongiga mos keladigan ma’lumotlardan foydalanish kerak. Ikkinchi navbatda uni o’zlashtirish jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni olib kirish kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilarga Fan mazmun mohiyatini singdirishda ota-bobolarimiz tomonidan bularga meros qilib qadirlangan ulkan boy-ma’naviy manbadan to’g’ri foydalanishni yo’lga qo’yish zarur bo’ladi. Shuni alohida qayd yetish lozimki, biz ushbu BMI da boshlang’ich sinf o’quvchilarga milliy - ma’naviy qadriyatlarni singdirish orqali ularda insoniy fazilatlarni tarkib toptirish bilan bir qatorda ota-bobolar me’rosiga jiddiy yondashuvi amalga oshiriladi. Bunda: - qadriyatlarning mazmuni; - milliy-ma’naviy qadriyatlar tizimi; - milliy-ma’naviy qadriyatlarni ahamiyati; - milliy-ma’naviy qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirish talab qilinadi. Chunki yuqorida qayd yetilganlarni hisobga olmasdan turib, maktab o’quvchilarini milliy qadriyatlarga qiziqtirib bo’lmaydi. Demak birinchi navbatda o’qituvchini tayyorgarligi yaxshi bo’lishi kerak boshlang’ich sinf o’quvchilariga milliy qadriyatlarni odobnoma va o’qish darslarida o’rgatish tizimi bo’yicha quyidagi takliflarni keltiramiz. Barkamol avlod dasturini amalga oshirishda boshlang’ich ta’limning o’ziga xos xususiyati bor. Bunda biz o’tmishimizga tegishli bo’lgan boy milliy merosimiz namoyandalari Abu Nosr Farobiy, Hoja Bahouddin Naqshbandiy, al-Xorazmiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Mirzo Bobur, Alisher Navoiy kabi buyuk daholarning pand-nasixatlariga tayanamiz. Komil inson tarbiyasi ham buyuk siymolarning diqqat e’tibori markazida turgan muammolardan biri bo’lgan. Bunga isbot sifatida birgina Abu Nosir Farobiyning «Fozil odamlar shahri» nomli asaridagi g’oyaning o’zi yetarli yoki Sohibo’iron Amir Temur bobomiz tomonidan butun dunyoga ma’lum bo’lgan sharoit barkamol avlod tarbiyasiga ye’tiborning yorqin dalillaridir. Demak, mamlakatimiz xalqlari milliy qadriyatimizni ulug’lovchi urf – odatlaridagi, mafkurasidagi ma’roifat tushunchasi, ilm va bilimga intilish xislati xullas komil inson bo’lishga harakat qilish jarayoni bir necha ming yillik tarixga yega. Respublika o’z mustaqilligini qo’lga kiritdi. «Mustaqillik – o’zaro hurmat, bir – birini tan olish bir – birini qadirlash asosida mamlakat fuqorolari o’zaro munosabatida ham, jahon davlatlari o’rtasidagi aloqalarda ham anna shu umuminsoniy qadriyatlarga tayanish, anna shu umumiy mezonlar asosida yashashdir». Bugungi kunda “Barkamol avlod dasturi”ning o’z vaqtida qabul qilinganligi ta’lim-tarbiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda yosh avlodning har tomonlama yetuk shaxs sifatida shakllanishda milliy-ma’naviy qadriyatlar dasturul amal bo’lib xizmat qiladi. Bular: - barkamol avlod orzusini amalga oshirish; - orzuga erishish maqsadi va vazifalarini to’g’ri belgilash; - orzuga yerishmoq yo’li bo’yicha tushunchalar berish; - uzluksiz ta’lim tizimini to’liq amalga oshirish; - kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish bosqichlari; - milliy modelni amalda joriy yetish yo’llari; - raqobatbardosh mutaxassis tayyorlashga erishish. Albatta bu qayd yetilgan ketma – ketlik orqali yosh avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirishga erishiladi. Shuning bilan birga Respublikamiz ma’naviya va ma’rifat kengashi ham barkamol avlod tarbiyasi mafkurasini xaqimiz qalbi va ongiga singdirish borasida o’z Amaliy ishlarini muvofiqlashtiribborsa, Ushbu yo’nalishdagi ishlar yanada rivojlanar yedi. Jumladan, inson huquqlari milliy markazi, ma’rifatparvarlar jamiyati, Oila ilmiy-amaliy markazi, faylasuflar milliy jamiyati, ijtimoiy fikr markazi kabi tashkilotlar o’z ish faoliyatlarini barkamol avlod tarbiyasi bilan uyg’un holda tashkil etib borsa barkamol avlod tarbiyasida qayta yutuqlarga erishish mumkin. Milliy qadiriyatlar o’rganish o’zlikni anglashning asosiy bosqichlaridan biri bo’lib, ularni o’rganishning bir qancha uslublari mavjud. Jumladan: oila tarbiyasi – yo’nalishida halqimizning boy tajribasi o’rganilgan. Vatanparvarlik yo’nalishida halqimizning buyuk siymolari faoliyati, ularning yel oldidagi xizmatlari ko’rsatilgan va shunga o’xshsh milliy qadriyatlar o’rganib chiqilgan. Ma’lumki XXI asr intellektual salohiyatni yuksaltirish asri bo’lib, u halq ho’jaligi tarmog’ining barcha sohalariga o’z informasion texnologiyalari bilan kirib kelmoqda. Shu jumladan ta’lim sohasida ham yangi zamonaviy axborot va telekomunikasion texnologiyalardan keng foydalanilmoqda. Inson tafakkuri har ishga qodir. Shuning uchun ham yeng asosiy muammolarni ijodkor o’z tafakkuri orqali yechishga harak qiladi va bunda kompyuterlar qo’yilgan maqsadga tezroq va qulayroq usul bilan yetib olishga imkoniyat yaratadi. Mana shu holatni inobatga olgan holda o’z izlanishlarimizda kompyuterlardan kengroq foydalanish tizimini yo’lga qo’yishni o’z oldimizga vazifa qilib qo’ydik. Milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yoshlar ongiga singdirishda, ayniqsa boshlang’ich ta’limda har tomonlama qiziqarli usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bizlarga berilgan keng imkoniyatlardan to’g’ri foydalanib, yoshlarni barkomol avlod darajasiga ko’tarishda, o’qituvchining pedagogik mahoratga va pedagogik qobiliyatga ega ekanligi muhim ko’rsatkich hisoblanadi. Milliy-ma’naviy qadriyatlarni boshlang’ich sinf o’quvchilariga odobnoma va o’qish darslarida singdirish borasida bir qancha ishlar amalga oshiriladi. Undan foydalanib dars mazmunini boyitish texnologiyasi to’g’risida keyingi bobda alhida to’xtalib o’tamiz. Quyidagi donolarimiz bisotidan keltirilgan jumlalarni o’qing va mushohada qiling. Axloq katyegoriyalari Odob Xulq Madaniyat Nazokat Ma'naviyat «Axloq ilmi insonlarni yaxshi xulqlarga chaqirub, yomon xulqlardan qaytarmoq uchun yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini bayon qiladurgan, bildiradurgan bir ilmdir» 13«Har kim axloq ilmini bilib amal qilsa, bu dunyoda aziz, oxiratda sharofatlik bo’lur» «Agar bir kishining o’zidan, ishidan, so’zidan boshqa kishilar ozor topmasalar, yaxshi xulq deyulur. Agar ozor topadurgan bulsalar yomon xulq deb atalur» «Axloq- insonlarni yaxshilikka chaqirguvchi, yomonlikdan qaytarguvchi bir ilmdir. Yaxshi xulqlarning yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur» «Agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsif bo’lib, «yaxshi xulqlar», agar tartibsiz o’sib, yomon ishlar qiladurg‘on bo’lib ketsa, yomonlikka tavsif bo’lib, «yomon xulqlar» deb atalur» «Axloq tarbiyasi insonni axloqiy barkamollikka yetkazish va uning bashariyat jamiyatiga foydali inson qilib tarbiyalashdan iboratdir... Bolalar suvga o’xshaydilar. Suv qaysi rangdagi idishda bo’lsa, o’sha rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo’lsalar o’sha muhitning shunday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko’proq yaxshi va yomon axloqni o’z uylaridan, ko’chadagi o’rtoqlaridan, maktabdagi o’quvchilardan qabul qiladilar» . Axloq, axloqiy sifatlar haqida gapirdik, endi axloqiy tarbiyaning mazmuni nimadan iborat? degan savolga javob bersak. . Axloqiy tarbiya mazmuni asosan quyidagilarda o’z ifodasini topadi: 1.Jamiyatga, Vatanga muhabbat va sadoqatni tarbiyalash. Bu xildagi munosabatlar shaxsning vatanparvarligi, fuqaro yetukligi, baynalminallik kabi fazilatlarda aks etadi, uning maqsadlarida Vatan boyliklarini ko’paytirish, mustahkamlash va himoya qilishga qaratilgan amaliy ishlarida namoyon bo’ladi. 2.Mehnatga axloqiy munosabatni tarbiyalash. Bu axloqiy munosabat shaxsning mehnat jarayonida namoyon bo’ladigan yuksak ongida, mehnatning hayotdagi rolini anglashida, xususiy va jamoa mehnatiga tayyorlik, mehnatsevarlikda ifodalandi. 3.Atrofdagi kishilarga axloqiy munosabat. Shaxsning jamoatchilik, ko’pchilik manfaatini o’z shaxsiy manfaatidan ustun qo’yishidir. 4.Shaxsning o’ziga, o’z xulqiga axloqiy munosabatni tarbiyalashi - bu o’quvchini ongli intizom ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Axloqiy tarbiyani qanday yo’llar bilan amalga oshirish mumkin? Maktabda o’quvchilarga axloqiy tarbiya berishda xilma-xil usullar qo’llaniladi: - dars, ta‘lim jarayonida axloqiy tarbiyani qo’shib olib borish; - ahil, inoq uyushtirilgan intizomli jamoa orqali axloqiy tarbiya berish; - to’g‘ri rejalashtirilgan tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish orqali; - Maktabda ijobiy emotsional sharoit yaratish orqali. Insonning ma‘naviyati uning odobi, xulqi, madaniyatidan tashkil topadi. Ma‘naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Sifat alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi kategoriyadir. Fazilat - alohida shaxs, el, elat, xalq ulusga taalluqli bo’lgan ijobiy axloqiy sifat majmui. Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamolat darajasi odob, axloq, madaniyat, ma‘naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlashganligi bilan belgilanadi. Shu o’rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida to’xtalib o’tish joizdir. Odob - har bir insonning o’zi bir inson yoki jamoa bilan bo’lgan muloqotida hamda yurish - turishida o’zini tuta bilishidir. Axloq - jamiyatda qabul qilingan, jamoatchilik fikri bilan ma‘qullangan xulq - odob normalari majmui. Madaniyat - jamiyat va unda yashovchi fuqarolarning faoliyati jarayonida to’plangan barcha ijobiy yutuqlar majmuasi. Ma‘naviyat - inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy, ruhiy, intellektual fazilatlar majmuasi. Mushohada qilish aqlning peshlanishiga olib keladi. Aql ongni sayqallaydi, ong esa moddiy va ma‘naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson sekin - asta takomillashib, komillikka erishib boradi. Musulmon axloqining asoslari mazmunan boy va rang - barang ko’rinishlarda namoyon etadi. Qur‘oni Karimdagi, Hadisi Sharifdagi asrlar davomida ota - bobolarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf - odatlar, ma‘naviyatimiz sarchashmalari Forobiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy va boshqa olimu yozuvchilarning axloq haqidagi fikr-mulohazalari hozirgacha o’z qadr- qimmatini yo’qotmagan. Milliy istiqlol mafkurasining ma‘naviy, madaniy va yuksak axloqiy - ruhiy qadriyati shundaki, u hamma vaqt har qanday sharoitda kishini halollikka da‘vat etadi. Zotan, uning siyosiy ahamiyati va ma‘naviy qadriyati ham xuddi shu bilan belgilanadi. Ma‘naviy-axloqiy tarbiyada vijdonning o’rnini qanday tushunasiz? Tarbiyada vijdon eng oliy ma‘naviy - insoniy sifatdir. Vijdon tushunchasi, insonning vijdoniy sifati, uning ongi, qalbi, aqli va irodasiga bog‘liqdir. Chunki insonning ichki ruhiy kechinmalarida yaxshilik va yomonlik doimo kurashda bo’ladi. Agar inson biror ma‘naviy vaziyatda o’z qalbiga quloq solib, irodasini ishga solsa, g‘arazgo’ylik, mansabparastlik, molparastlik kabi g‘ayri insoniy illatlardan ustun chiqib oqilona ish ko’rsa uning vijdoniy sifati yuqoriligini ko’rsatadi. Inson qalbida g‘ayri insoniy illatlarning ustun bo’lishi aslida ma‘naviy kasallikdir. "Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasida shunday deyiladi: «Milliy mafkura insonga faqat moddiy boyliklar va ne‘matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql - zakovat, iymon - e‘tiqod tufayli yuksak ma‘naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo’lini yoritadigan mayoqdir»1 . Har bir kishi o’z - o’ziga, kasbiga, davlatiga, xalqiga, insoniyatga, olamga vijdoniy munosabatda bo’lishi lozim. Jamiyat mafkurasi - milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda katta rol o’ynaydi. Ularning merosini o’rganish talabalarni ruhiy - ma‘naviy barkamol inson etib tarbiyalashga katta yordam beradi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning ilmiy - amaliy, ma‘naviy - ma‘rifiy qimmati, eng avvalo, shundan iboratki, u jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. Mamlakatimiz Prezidenti "Tafakkur" jurnali bosh muharririning savollariga bergan javobida aytgandek, bunday odamlar uyushgan jamiyatni, u barpo etgan ma‘naviy - ruhiy muhitni soxta aqidalar, baqiriq - chaqiriqlar, havoi shiorlar bilan aslo buzib bo’lmaydi. Ularni aql - idrok va qalb amri bilan o’zlari tanlab olgan hayotiy maqsadlaridan ham chalg‘itib bo’lmaydi. « «Komillikning asosiy belgilari» mavzusida kichik munozara tashkil eting. «Aqliy hujum» usulidan foydalangan holda mazkur muammoga javob izlanadi. Bunda M. Mahmudovning fikrlarini e‘tiborga olishingiz lozim. U Islom Karimovning «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat qilsin» asarida komil inson shaxsi kontekstida qaraladigan yuzdan ortiq deskriptor2 mavjudligini aytib, ularni qisqartirilgan holda keltiradi. Bular: 1) o’zini anglash; 2) o’zligini anglash; 3) an‘analarini anglash; 4) xalqning orzu-istaklarini bilish; 5) jamiyat oldidagi maqsadni tushunish; 6) yagona milliy bayroq ostida birlashish; 7) xalq va davlat xavfsizligi to’g‘risida qayg‘urish; 8) vatanni sevish; 9) el-yurtga sadoqat; 10) insonparvarlik hissi; 11) odamiylik fazilatlari; 12) o’tmish va kelajak o’rtasidagi vorislik; ulug‘ ajdodlar merosini egallash; 14) milliy qadriyatlarni bilish; 15) umumbashariy qadriyatlarni egallash; 16) yurt birligi to’g‘risida qayg‘urish; 17) o’z oldiga maqsad qo’ya bilish; 18) ta‘lim-tarbiya birligi; 19) ta‘lim-tarbiyaning ongni o’zgartirishi; V. Franklning asarlari shuni ko’rsatadiki, ma'naviyatni tarbiyalash nazariyasini yaratish uchun eng samarali narsa bu inson hayotiga qadriyatlar prizmasi orqali yondashishdir. "Shuning uchun qadriyatlar dunyosi shaxsning nuqtai nazari bilan ko’rinadi va har bir vaziyat uchun bitta mos ko’rinish mavjud. Shunga ko’ra, biron bir narsaning mutlaqo to’g'ri g'oyasi individual nuqtai nazarlarning nisbiyligiga zid emas, balki ular tufayli mavjud" . Qadriyatlar mavjudligining bu dalili bizni ma'lum bir shaxs tomonidan umuminsoniy qadriyatlar tizimini o’zlashtirish uchun sharoit yaratish kerak degan xulosaga olib keladi. Ushbu qadriyatlar berilgan va shaxs rivojlanadigan madaniy sohada. Biroq, har bir bola o’ziga xos ma'noga ega, uni o’zi o’qituvchi tomonidan unga etkazilgan qadriyatlar tizimidan tanlaydi. Har qanday vaziyat har xil odamlar uchun har xil ma'noga ega, ammo har biri uchun bu yagona, noyob va haqiqatdir. Shaxsiyatdan shaxsga, vaziyatdan vaziyatga, ma'no o’zgaradi. Bu uning dinamikasi va optimizmidir, chunki xususiyatlar ijtimoiy-madaniy kontekst bilan belgilanadi va hayot qadriyatlarini o’zlashtirish insonga mavjudlikning o’zining potentsial ma'naviy kuchlarini namoyish etadi. Shunday qilib, xorijiy psixologik fikrning asosiy yo’nalishlari tahlili shuni ko’rsatadiki, ma'naviyatning shakllanishi eng umumlashtirilgan shaklda ma'lum bir ma'noni voqelik fonida imkoniyatni anglash, ya'ni ma'lum bir vaziyatga nisbatan nima qilish mumkinligini anglash sifatida idrok etish uchun kamaytirilishi mumkin. V. Franklning yozishicha, biz qila oladigan narsa - bu ma'nolarga ochiq bo’lish, vaziyat bizga taqdim etadigan barcha mumkin bo’lgan ma'nolarni ongli ravishda ko’rishga harakat qilish va keyin birini tanlash (bizning cheklangan bilimimiz hukm qilishiga imkon beradigan darajada) biz berilgan vaziyatning asl ma'nosini ko’rib chiqamiz. Biroq, ma'no topgandan so’ng, uni amalga oshirish kerak. Natijada, inson o’z hayotining noyob ma'nosini amalga oshirish uchun javobgardir. Boshqa faylasuflar va psixologlar, masalan, K. Yaspers va K. Jung ham xuddi shunday gapirishgan. Ma'lum bo’lishicha, bu jarayon juda oddiy emas, chunki u odamdan ma'lum bir vaziyatda ma'noni amalga oshirish uchun doimiy qaror qabul qilishni talab qiladi. Ma'noni amalga oshirish inson uchun majburiy zaruratdir, chunki uning hayoti dunyoviy dunyoda cheklangan, cheklangan va qaytarilmasdir. Kelajakda ma'lum bir vaziyatda qoldirilgan narsalarni ko’paytirishning mumkin emasligi, unda mavjud bo’lgan imkoniyatlarning o’ziga xosligi bilan tavsiflanadi. O'z hayotining ma'nosini amalga oshirib, inson o’zini o’zi amalga oshiradi, shuning uchun o’z-o’zini anglash faqat ma'noni amalga oshirishning yon mahsulotidir. Download 216.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling