Mundarij a kirish I. bob. Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari
Download 216.4 Kb.
|
Mundarij a-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning maqsadi
Darsning maqsadi: Alisher Navoiy hayoti va ijodi, shoir shaxsi misolida yoshlarda vatanparvarlik, go’zal insoniy fazilatlarga ega bo’lishlik tuyg’usini o’stirish.
Darsni jihozlashda Alisher Navoiy yashab, ijod etgan shahar, viloyatlar xaritasi, hamda sinxronologik jadvallardan foydalanildi. Darsda suhbat, ma’ruza usullaridan foydalanildi. O’qituvchi o’z ma’ruzasini “O’zbek adabiyoti tarixi” darsligi asosida bayon etdi. O’qituvchi A.Qayumovning “Alisher Navoiy”, M.Murodovning “Allomalar ibrati”, I.Haqqulning “Zanjirband sher qoshida”, “Kamol kasb etkim...” kabi hamda boshqa adabiyotshunoslikka doir asarlardan o’z ma’ruzasini tuzishda yetarlicha foydalangan. O’qituvchi Navoiyning hayoti va ijodiga doir uch xil pozisiyada turib baho berdi: birinchidan, Alisherning bolaligi o’smirligi, yigitlik yillari va 60 yillik umri davomida ilmga, komillikka intilgan haqiqiy insonning namunasi bo’lganligini; ikkinchidan esa, o’zbek mumtoz adabiyotimizdagi eski o’zbek tili ravnaqi yo’lidagi buyuk hizmatlari haqida, umuman olganda, serqirra ijod sohibi bo’lgan buyuk mutafakkir ekanligi, uning nafaqat tilimiz va adabiyotimiz, balki insonshunoslik, axloq masalalariga doir fikrlarining talqiniga to’xtaldi; uchinchidan, Alisher Navoiy davlat arbobi sifatida mamlakat farovonligi, el-yurt tinchligi yo’lida buyuk hizmatlar qilgan inson ekanligi haqida yetarlicha ma’lumot berdi. O’qituvchi ma’ro’zada o’rni bilan Alisher Navoiy hayoti va ijodining solnomasi haqidagi sinxronologik jadvaldan foydalandi. O’qituvchi dars davomida Navoiy g’azallaridan baytlar, ruboiy va tuyuqlardan o’qib sharhlab berdi. Yana shunday darslardan biri Qarshi shahridagi Qishlok xo’jalik kasb-hunar kolleji o’qituvchisi Mamanazarova Zamiraning 2- bosqich « 06-01» guruhida “Alisher Navoiyning lirik merosi” mavzuidagi dars davomida ko’zatildi. Darsning maqsadi: Alisher Navoiyning lirik asarlari asosida o’quvchilarda vatanparvarlik, baynalminallik fazilatlarini xamda ota-onaga muhabbat, mehr-oqibatlilik singari go’zal axloqiy sifatlarni tarbiyalash. Darsni jihozlashda Alisher Navoiy qadamjolari xaritasi, Alisher Navoiy hayoti va ijod yo’liga doir sinxronologik jadval, Alisher Navoiy g’azallari o’qilgan audiokasseta namunalaridan foydalanildi. O’qituvchi shu paytgacha o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarni mustahkamlash maqsadida viktorina uyushtirdi. O’qituvchi o’z ma’ro’zasini bayon etishda ko’plab ilmiy, badiiy adabiyotlardan foydalanilgan. Jumladan, A.Qayumovning “Alisher Navoiy”, M.Murodovning “Allomalar ibrati”, N.M.Mallayevning “O’zbek klassik adabiyoti tarixi” asarlaridan unumli foydalangan. O’qituvchi o’z ma’ruzasi davomida Alisher Navoiyning ijodi hayotga, Vatanga insonlarga muxabbatning yaqqol ifodasi ekanligi haqida batafsil to’xtalib o’tdi. Uning ruboiylari, tuyuqlarida hayotga, Vatanga, insonlarga muhabbat yaqqol ko’rinib turadi. Bu tuyg’u o’quvchiga sodda, tushunarli tilda bayon qilinganligi o’qituvchi tomonidan keltirilgan misollar yordamida tushuntirib berildi. Jumladan, shoirning “G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish”, Jondan seni ko’p sevarman, ey umri aziz” deb boshlanuvchi ruboiylarini yoddan o’qib berildi. “Xamsa” dostonlaridagi obrazlarda, shoir lirikasidagi she’riy timsollarda Vatanga muhabbat, insonlarga hayotga muhabbat, to’g’ri munosabat, adolatparvarlik, rostgo’ylik, millatlararo do’stlik munosabatining yoritilganligi Navoiy ijodining yuksak ma’naviyatli, go’zal axloqli insonlarni tarbiyalashda manba bo’la olishini ko’rsatadi, bu esa o’qituvchining dars davomida o’quvchilarga bergan savollariga yoshlarning javoblarida, fikrlarida sezilib turdi. Tajribali o’qituvchilar Alisher Navoiy ijodi o’rganilayotganda mutafakkirning dunyoqarashi, haqiqiy mukammal insonga xos fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan buyuk daho ekanligiga asosiy e’tiborini qaratdilar. Shoir ijodidagi komil inson tarbiyasiga oid fikrlarni yoritishga va shu orqali materialni o’quvchilarga yetkazishga harakat qildilar. Haqiqatdan ham, Alisher Navoiy hayotiy ijodini o’rganish jarayonida shoir asarlari yuzasidan dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarning o’tkazilishi Navoiy ijodini o’rganishni osonlashtiradi. O’quvchilarda Navoiy ijodiy merosiga nisbatan kuchli muhabbat hissini uyg’otadi. O’quvchilarda ilm-ma’rifatga intilish, ona Vatanni sevish, ota-onaga, ustozga hurmat, komil insonga xos go’zal axloqiy fazilatlarni tarbiyalashda, go’zal axloqiy fazilatlarni shakllantirishda alloma ijodi muhim o’rin tutadi. Kasb-hunar kollejlarida ma’naviyatga oid darslarning olib borilishi, har oyda bir kun ma’naviyat kunlarining o’tkazilishi ham yoshlarimizga zamon talablariga mos xalqimiz urf-odatlari, an’analari asosida yuksak ma’naviy madaniyatli insonlar qilib tarbiyalashga yaqindan yordam beradi. Ma’naviyat har bir zamonda jamiyat xayotida shu jamiyatda yashayotgan insonlarning faoliyatida namoyon bo’ladi. Darhaqiqat, xalqimiz ma’naviy merosining eng kuchli tomonlaridan biri- uning komil inson tarbiyasi xususidagi qimmatli fikrlarga boy ekanligi, inson dunyoqarashini yanada boyitish, yuksak ma’naviy madaniyatli insonlarni tarbiyalashga qaratilgan sa’y-xarakatlardir. O’rta maxsus kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga “Ma’naviyat asoslari” hamda “O’zbek adabiyoti” darslarida ma’naviyatli, yetuk shaxs haqidagi orzu-fikrlar Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Husain Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muxammad Bobur kabi Sharq adabiyoti vakillari ijodida keng va atroflicha yoritilganligini, hamda yozma adabiyotning shakllanishida muhim o’rin tutganligini ko’rsatib berish salmoqli ahamiyat kasb etadi. Xalq og’zaki ijodi namunalarini o’rganish jarayonidan ham bu maqsad yo’lida foydalanish mumkin. Shu o’rinda “Alpomish”, “Yodgor”, “Go’ro’g’li”, “Bozirgon”, “Oychinor” kabi xalq dostonlarini mustaqil o’qishni, falklorshunos olim professor Malik Murodovning “Allomalar ibrati” asarini o’qishni tavsiya etish mumkin. “Ma’naviyat asoslari” va adabiyot darslarida o’qituvchi ma’naviy merosimizni tadrijiylik asosida o’quvchi yoshlarga tushuntirishi, axloqiy tushunchalarning mohiyati va mazmunini misollar bilan sharhlab berishi lozim. Yuqoridagilarni inobatga olib, tajribaviy darslar jarayonida o’quvchilarning “ma’naviyat”, “ma’naviy madaniyat” tushunchalarining qay darajada tushunishini anglash hamda mumtoz adabiyotimiz durdonalari namunasida o’quvchilar bilimini kengaytirish va mustahkamlashga diqqatini jalb qilish maqsadida o’quvchilarga quyidagi savollar bilan murojaat etildi: Mustaqillikning milliy-ma’naviy tiklanishiga ta’siri qanday? Yozma adabiyotimiz, mumtoz adabiyotimiz durdonalaridan qaysilarida axloq tushunchalari ko’prok aks ettirilgan? “Dil ba yoru, dast ba kor” (“Diling Ollohda, ko’ling ishda bo’lsin”) g’oyasini kim ilgari surgan va bu g’oyani qanday sharhlay olasiz? “Ma’naviy boylik” va “ma’naviy qashshoqlik” tushunchalarini qanday izohlaysiz? Bu gulshan ichra yo’qdur baqo guliga sabot, Ajab saodat erur, gar yaxshilik bila chiqsa ot. Ushbu baytning muallifi kim? uning mazmuni, g’oyasini talqin qilib bering. “Mahbub ul-qulub” asarida qanday insoniy fazilatlar talqin qilingan? Yuksak ma’naviy madaniyatli inson qanday bo’lishi kerak? Xalq qahramonlari deganda kimlar nazarda tutiladi. Ularni bilasizmi? Ma’naviy madaniyatning qirralari nimalardan iborat? Ma’naviy madaniyatning ko’rinishlari haqida nima deya olasiz? Shuningdek, o’quvchilarga “ma’naviyat”, “ma’naviy madaniyat” tushunchalarini teran anglashlari uchun hamda darsda olingan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar bilan murojaat etildi: “ma’naviyat” deganda nimani tushunasiz, bu so’zga qanday ta’rif bergan bo’lardingiz? “ma’naviyatli yoki yuqori ma’naviy madaniyatli kishilar” deb kimlarni aytsa bo’ladi? ma’naviyat, ma’naviy madaniyat bilan bog’lik insoniy fazilatlarga misollar keltiring. yuksak ma’naviy madaniyatga erishish uchun mumtoz adabiyot namunalaridan qaysilarini o’qish zarur, deb o’ylaysiz? o’zbek adabiyoti namoyandalaridan kimlarning hayoti, faoliyati ma’naviy madaniyatli insonlarga namuna bo’la oladi, deb o’ylaysiz? mutafakkirlar, shoir va yozuvchilardan kimlarning hayoti, faoliyati haqida ilmiy badiiy asarlarni o’qigansiz, bilasiz? O’tkazilgan tadbirlar hamda ilg’or o’qituvchilar darslarining tahlili o’rta maxsus kasb-hunar kollejlarida ham mumtoz adabiyotimiz qatorida zamonaviy ijodkorlarning asarlarini o’qib o’rganishni, ulardagi bebaho qadriyatlarimizni yoshlarga o’rgatish, insoniy fazilatlarni ruhiyatiga singdirishni yanada kuchaytirish, bu sohada dars jarayoni va darsdan tashqari o’tkaziladigan tadbirlarda alohida e’tiborni qaratish lozimligini ko’rsatadi. Jumladan, mumtoz adabiyotimiz durdonalarini o’rganish orqali yoshlarimizda ma’naviy madaniyatni tarbiyalashda ularning qanday saboq olayotganligini aniqlash maqsadida ular orasida savol-javoblar, intervyu, davra suhbatlari o’tkazildi. Eng avvalo, ularning “ma’naviyat”, “ma’naviy madaniyat” haqidagi tushunchalarini qanday tushunishlarini aniqlash uchun yakka tartibdagi suhbatlar va davra suhbatlari uyushtirildi. Suhbatlar davomida quyidagi savollarga javoblar olindi: 1. Kimlarni ma’naviyatli yoki yuqori ma’naviyatga ega bo’lgan kishilar deb hisoblaysiz? 2. Xalqimiz tarixida yoki zamondoshlar orasida ma’naviy madaniyatli insonlarga misollar keltiring. 3. O’z yeri, o’z tili va diniga ega bo’lish nima? 4. O’zbek milliy qkadriyatlari: “yigitlik sha’ni, qizlik iffati, kelin-kuyov axloqi, ota-ona qadri” haqida so’zlab bering. Tajribagacha suhbat davomida yakka tartibdagi va davra suhbatlarida 150 dan ortiqroq o’quvchi-yoshlar ishtirok etdi. Suhbatlarda ishtirok etgan yoshlarning 63 nafari bildirgan fikr mulohazalariga ko’ra ularning ma’naviyat, ma’naviy madaniyat bilan bog’liq insoniy fazilatlar haqida yetarli tasavvurga ega ekanligining guvoxi buldik. 87 nafar o’quvchi-yoshlar esa bu borada yetarli bilimga ega emasliklari, “ma’naviyat”, “ma’naviy madaniyat” haqida sayoz tushunchalarga ega ekanligi aniqlandi. Suhbat davomida berilgan savollarga javob berishga qiynalgan o’quvchi yoshlarning nafari esa bu haqda hech qanday tushuncha, bilimga ega emasliklari aniqlandi Og’zaki savol-javoblar, yakka tartibda olib borilgan suhbatlar, yozma so’rovnomalar natijasida o’quvchilar mumtoz adabiyotimiz namunalarini kam o’qiyotganligi, bu hol esa ularning ma’naviy ozuqa olishga to’sqinlik qilayotganligini ko’rsatdi. So’rov varaqalari quyidagicha savollardan iborat bo’ldi: 1. “Davlat ishlarining to’qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qilich bilan bajo keltirilur”, - degan jumla kimga tegishli va qaysi asardan olingan? 1. Yusuf Xos Xojibning “Qutadgu bilig” asaridan; 2. Nizomulkning “Siyosatnoma” asaridan; 3. Amir Temurning “Temur tuzuklari” asaridan; 4. Husayn Voiz Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” asaridan; 5. Xoja Camandar Termiziyning “Dastur ul-muluk” asaridan. 2. Quyida keltirilgan insoniy fazilatlar: ona vatanga muhabbat, odamlarga yaxshilik qilish, do’stlarga sodiqlik, vafodorlik, mehnatsevarlik, poklik, xalollik, vijdon bilan ish yuritish, rostgo’ylik, adolatparvarlik, ota-onaga muhabbat, qarindosh urug’lar, katta-yu kichiklarga hurmatda bo’lish, mehr-oqibatli bo’lish, ilm va hunarli bo’lish kabilar qaysi mutafakkirlar asarlarida ko’prok uchratish mumkin? Ushbu fazilatlarni guruhlarga bo’lib, izohlang. 1. Alisher Navoiy ruboiylarida. 2. Alisher Navoiyning “Xamsa” asarida. 3. Zahiriddin Muhammad Bobur ijodida. 4. Boborahim Mashrab g’azallarida. 5. Xalk og’zaki ijodi namunalarida. 6. Abdulla Qodiriy romanlarida 3. Turkiston ma’rifatchilik maktabi namoyondalari: Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqalarning faoliyati haqida nimalarni bilasiz? 4. Ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarini izohlang. 5. “Ma’rifatchilik harakati” qanday ma’noni anglatadi? 6. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Boborahim Mashrab va boshqa mumtoz adabiyotimiz namoyandalarining ijodini o’rganish jarayonida axloq, axloqiy madaniyatga oid qanday tushunchalar, bilimlarni o’rgandingiz? 1. Ilm o’rganish, unga intilish. 2. Ona yurtga muhabbat. 3. Insonparvarlik. 4. Halollik, diyonatli bo’lish. 5. Qalb tozaligi, ko’ngil pokligiga erishish. 6. Adolatparvar bo’lish. 7. Or-nomusli bo’lish. 8. Ma’rifiy – madaniy merosni anglay bilish. 9. O’z xatti-harakatlaridagi salbiy xislatlarni chuqur anglash, ulardan qutulish uchun intilish. 7. Mumtoz adabiyotimiz namunalarini o’rganish jarayonida ko’zatganlaringiz asosida insoniylikka yot bo’lgan qaysi xislatlarni qoralaysiz? 1. Ig’vo. 2. Yolg’onchilik. 3. G’iybat qilish. 4. Xiyonat. 5. Manmanlik, takabburlik. 6. Adolatsizlik. 7. Jur’atsizlik, beqarorlik. 8. Loqaydlik, befarqlik. Kasb-hunar kollejlari o’quvchilari orasida o’tkazilgan so’rovnomalar natijalari yoshlarda “ma’naviy madaniyat” tushunchasi ko’p hollarda xulq me’yorlari, odob- axloq qoidalari bilan chambarchas ravishda qaralishining guvohi bo’lindi. Termiz shahridagi 13-umumiy o’rta ta’lim maktabi va Angor tumanidagi -umumiy o’rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflari o’quvchilariga tarqatilgan anketa varaqalaridagi savollarga 150 nafar respondent “ma’naviyat”, “ma’naviy madaniyat” bilan bog’liq insoniy fazilatlarni yuqori darajadagi sifatlovchi belgilar, deb tan olishadi. Bular: vatanparvarlik, ona-yurtga, vatanga muhabbat va sodiklik, ilm o’rganish, o’z dunyoqarashini kengaytirish, halollik, diyonat va boshqalar. Qalb tozaligi, ko’ngil pokligiga erishish, til bilan dil birligiga erishish, adolatparvar bo’lish, or-nomusli bo’lish, ma’rifiy-madaniy merosni anglash, o’z-o’zini qayta tarbiyalash kabi tushunchalarni inson tarbiyasida juda zarur deb 150 nafar respondent javob berishgan Download 216.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling