Mundarij a kirish I. bob. Qadiriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashning nazariy-metodologik asoslari


Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashga doir tajriba-sinov ishlari dasturi


Download 216.4 Kb.
bet10/19
Sana20.11.2023
Hajmi216.4 Kb.
#1788403
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Mundarij a-fayllar.org

3.1. Qadriyatlar nazariyalari asosida o’quvchilarni ma’naviy axloqiy tarbiyalashga doir tajriba-sinov ishlari dasturi
O’quvchilarda axloqiy xislatlar bilan birga, umuminsoniy fazilatlarni, ma’naviy sifatlarni tarbiyalashda pedagogik diagnostika va kooreksiyalash faoliyatiga murojaat etish zarur. Buning uchun, eng avvalo, inson fazilatlarining o’zaro munosabatlarini va o’rnini aniqlab olmog’i lozim. Ma’naviyat esa aqliy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o’z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi.
Badiiy adabiyotimiz xalqimiz tarixi, ma’naviy madaniyatining solnomasidir. Mumtoz badiiy adabiyotimiz durdonalari xalqimizning avlodlar uchun hayot darsligi, hayot maktabi sanaladi.
Adabiyot namunalarida aks ettirilgan komil inson tarbiyasi tushunchasining mohiyatini ochib berish, o’quvchilarda odob-axloq, kategoriyalarini, milliy ruh va qadriyatlarning o’ziga xosligi va betakror ekanligini anglab yetish va o’z shaxsida ham shunday fazilatlarni tarbiya qilish imkoniyatlarini yaratadi. Bu esa “Ma’naviyat asoslari”, adabiyot darslarida ta’lim tarbiya vazifalarini uyg’unlikda hal etishga yordam beradi. Ayniqsa, adabiyot darslarining bu boradagi imkoniyatlari kattadir. O’qituvchi odob-axloqqa oid tushunchalarining insonlar va jamiyat hayotidagi o’rni va rolini ko’rsatib, e’tiqodning kishi ongi va xulqiga ta’sirini, voqealar rivojidagi rolini ko’rsatib beradi, shuningdek, o’quvchilarga bu mavzuda ilk tushunchalarni beradi, axloq tushunchalariga, ma’naviy merosga, ma’naviyatga nisbatan munosabatni shakllantiradi.
Shu sababli, biz avvalo maktablarda ma’naviy merosimizga nisbatan ijobiy munosabatni, o’qituvchilarning bu vazifani qanday amalga oshirayotganliklarini kuzatishga harakat qildik.
Kuzatishlardan maqsad, o’qituvchilarning ma’naviy madaniyatini tarbiyalashda “Ma’naviyat asoslari”, adabiyot darslarida o’rganilayotgan mavzu va taqdim qilinayotgan didaktik materiallarning tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishdagi samarali natijalarini tahlil qilishdan iborat bo’ldi. Dastlabki so’rov varaqalari yordamida, o’qituvchilar va o’quvchilar bilan olib borilgan suhbatlar natijasidan quyidagilar aniqlandi.
Kuzatilgan 60 ta darsning 36 tasida deyarli ahloq tushunchalari to’g’risida o’quvchilarga keng va har tomonlama ma’lumot beriladi, ammo ayrim darslarda ushbu etik kategoriyaning mohiyati to’laqonli o’rganilmayotganligining ham guvohi bo’lindi.

Download 216.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling