Mundarij a kirish I. Nazariy qism


To’rsimon tuzilishli polimerlar va ularning olinishi


Download 0.71 Mb.
bet13/23
Sana05.04.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1275416
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
BMI

1.8. To’rsimon tuzilishli polimerlar va ularning olinishi.
Ko’p miqdorda ishlab chiqarilayotgan polimer asosan chiziqli polimerlardir, ularga-poliolefinlar [–CH2 – CH2(R) –] n polivinilxlorid [–CH2 – CHCl–] n, polistrol [–CH2 – CH-C6H5–] n kiradi.
Qisman tikilgan tuzilishli polimerlarga yuqori bosim usulida hosil qilingan polietilen misol bo’ladi.
Yupqa qavat bo’lib tikilgan (parketsimon) polimerlarga grafit va slyudalarni misol qilish mumkin. Grafitda uglerod atomi Sp2 – gibridlangan bo’lib, makromolekulalari yupqasimon tikilgan yoki (qavatsimon) parketsimon konfiguratsiyaga ega. Grafit elektr tokini yaxshi o’tkazuvchi hisoblanadi. Bu uglerodning R-elektronlarini tutashuvidandir. Fazoviy, ya`ni uch o’lchamli tikilgan polimerga olmos misol bo’ladi. Olmosda uglerod atomi SP3gibridlangan, ya`ni har bir uglerod atomi to’rt tomonidan boshqa uglerod atomi bilan -bog’lar bilan bog’langandir. Shuning uchun ham eng mustahkam polimer olmosdir. Grafit esa yumshoq. Bu sinflanish makromolekulalarning skeletini tushuntiradi.
Reaktoplast polimerlarni qizdirilganda kimyoviy jarayon, ya`ni polimer tarkibidagi reaktsion faol funktsional guruhlarning ta`sirlashuvi sodir bo’ladi. Natijada kichikroq molekulyar massali polimerda tikilish sodir bo’ladi. Hosil bo’lgan “Tikilgan” yoki “To’rsimon” polimerlarni qaytadan qizdirib biror-bir mahsulotni hosil qilib bo’lmaydi.
To’rsimon tuzilishli polimerlarni radikal polimerlanidh reaksiyasi yordamida ham hosil qilish mumkin. Buning uchun tikuvchi agtntlardan foydalaniladi. Bundan tashqari tikuvchi agtntlarsiz ham to’rsimon tuzilishli polimerlarni radikal polimerlanish reaksiyasi yordamida hosil qilish mumkin. Bunda reaksion faol guruh tungan yoki reason faolligi yuqori bo’lgan, hatto initsiatorlarsiz ham polimerlana oladigan monomerlar mavjud bo’lib, ularni polimerlanishi natijasida hosil qilinadi. Hatto chiziqli tuzilishli polimerlarni qizdirish natijasida ham tikilgan holatga o’tkazish mumkin. Bunday polimerlarga ko’pincha akril kislota, arilamid hosilalarining polimerlari va sopolimerlari kiradi. Masalan, metilolakrilamidning gomo va sopolimerlari juda faol bo’lib, tikuvchi agentlarsiz ham tikilgan polimer hosil qilishi mumkin. Yoki chiziqli polimerini qizdirish natijasida tikilgan holatga o’tkazish mumkin. Ushbu tikilgan polimerlardan gidrogellar olinadi.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling